Yo‘l ta’mirlash bo‘limlarida yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bilan shug’ullanuvchi brigadalarni shakllantirish va texnik qurollantirish




Download 329.26 Kb.
Sana23.03.2024
Hajmi329.26 Kb.
#175493
Bog'liq
6-7 maruza
1-laboratoriya ishi (3), jaloliddin 2 tay, PEDAGOGIK JARAYONNI LOYIHALASHTIRISH VA ULARNI TASHKIL ETISH BOSHQARISHNING NAZARIY ASPEKTLARI, strategik menejment, 1, QX Iqtisodiyoti M.Mirzaeva, 2-kurs (ekspluatatsiya yo\'nalishig), Geografiya, SKET Mustaqil ish ishlanishi, 3506-Article Text-6846-1-10-20210712, 3 (2), Doc1, 1 ON (6) (1), Расчетный листок без табельного номера (PDF) (2), vektor

YO‘L TA’MIRLASH BO‘LIMLARIDA YO‘LLARNI JORIY TA’MIRLASH VA SAQLASH BILAN SHUG’ULLANUVCHI BRIGADALARNI SHAKLLANTIRISH VA TEXNIK QUROLLANTIRISH


Ishchi kuchiga, mashina va mexanizmlar ma’qul soniga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun yillik reja bilan aniqlangan ishlar hajmi, ta’mirlash ishlarini uni mexanizastiyalashni haqiqiy darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish texnologiyasi, shu bilan birga texnologik jarayonlarni amalga oshirish kalendar muddati boshlang’ich ma’lumotlar hisoblanadi.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar yillik hajmini 4-bo‘limga muvofiq aniqlash zarur.
Rejalashtirilgan davrda bajarilishi lozim bo‘lgan hamma ishlar turi bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan ishlarni ishlab chiqarish sxemasi yoki texnologik xaritalari ishlab chiqiladi:

  • brigadalar yillik yoki smenadagi ish unumdorligi; ishchilar soni; zarur bo‘lgan mashina va mexanizmlar; ishlarni amalga oshirish kalendar muddati; energiyani iste’mol qilish; texnologik kelishilgan bo‘sh turishlar.

Ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarni topish uchun oldin ishlab chiqilgan va qo‘llashga tavsiya qilingan texnologik xaritalar ham foydalanilishi mumkin. Joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarni ishlab chiqish grafigi texnologik jarayonlarni amalga oshirish kalendar muddatlari asosida tuzish kuzatiladi. Bunda hamma ish turlari bajarilishiga ob-havo sharoitining ta’siri hisobga olinadi va unga ko‘ra ish vaqti oylik fondidan kelib chiqib yildagi (soatdagi) ta’mirlash ishlari davomiyligi aniqlanadi. Namuna sifatida Toshkent viloyati uchun ba’zi bir turlar bo‘yicha ishlarni tashkil qilish grafigi berilgan. Bitta hududdagi barcha yo‘l xo‘jaligi korxonalari uchun grafik deyarli bir xil bo‘lishi mumkin.
Toshkent viloyati sharoiti uchun avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarni ishlab chiqarish grafigi


Yo‘l mashinalarini, ishchi kuchlarini zarur bo‘lgan sonini aniqlash va butun yo‘l xo‘jaligi korxonasi bo‘yicha joriy ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha ularni ma’qul taqsimlash o‘ziga ichiga oladi:

  • ish yurituvchi mashinalar ish vaqti yillik balansini, mashina, mexanizmlar va ishchi kuchlarini zarur bo‘lgan miqdorini aniqlash; - ish turlari bo‘yicha taqsimlanishi.

Ish yurituvchi mashinalar ish vaqti yillik balansini ishlar yig’indisi bo‘yicha hisoblash zarurdir, chunki ishlarni bajarishda qaysiki texnologiyani aniqlovchi sifatida xuddi usha ish yurituvchi mashina (mexanizm) qabul qilingan. Bunda ishlarning mavsumiyligiga, ob-havo sharoitiga, rejalashtirilgan ta’mirlashlarga, halokatlarga va boshqalarga bog’liq bo‘lgan bekor to‘xtab turishlar hisobga olinadi. (qar. 10.6-jadv).
10.6-jadval Avtogreyderning ish vaqti yillik balansi

Ishlar turi

Ishlarning mavsumiylig idan kelib
chiqadigan bekor
to‘xtab
turishlar, soat/yil

Ishlarning mavsumiylig idan kelib
chiqadigan mashina
vaqti fondi, soat/yil

Ichki mashina vaqtida bekor to‘xtab turish

Ish vaqti yillik
balansi,
soat/yil









Yo‘l chetini pardozlash

774

1570

55

7

3

1505

Yo‘l uchun ajratilgan mintaqan pardozlash

i 972

1372

55

7

3

1307

Ko‘tarma va o‘yma yon qiyaligini pardozlash Va boshq.

972

1372

55

7

3

1307

Yo‘l mashinalari (mexanizmlari) sonini ish vaqti yillik balansidan, mashinalar ish unumdorligidan, yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik topshiriqdan kelib chiqib aniqlash kerak. 3-jadvalda avtogreyderlar soni hisobi keltirilgan.
10.7-jadval
Mashina va mexanizmlar sonini aniqlash

Ishlar turi

Ish vaqti yillik balansi,
soat/yil

Mashinalar o‘rtacha soatlik ish
unumdorligi, m2/soat

Mashinalar o‘rtacha
yillik ish
unumdorlig i, ming m2/yil

Alohida ish turlari uchun yillik
topshiriq, ming m2

Mashina lar zarur soni, dona

Mashinalar qabul
qilingan soni, dona

Yo‘l chetini pardozlash

1505

1200

1806

2880,0

1,59

2

Yo‘l uchun ajratilgan mintaqani pardozlash Ko‘tarma va o‘yma yon qiyaligini pardozlash Va boshq.

1307
1307

600
500

784,2
653,5

648,0
432,0

0,826
0,661

1
1

7-grafadan ma’lum bo‘ladiki, yo‘l xo‘jaligi korxonasiga ta’mirlash ishlari uchun 4 ta avtogreyder zarur.
Mashinalar, ishchi kuchlaridan bir tekis foydalanish va transportda tashish va ko‘chirishni qisqartirish maqsadida tashkilotning yo‘l qurilish mashinalariga bo‘lgan umumiy ehtiyoji aniqlanadi (4-jadv.). Olingan ma’lumotlar va ta’mirlash ishlari uchun muvofiq keladigan texnologik ko‘rsatkichlar asosida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash zarur.
10.8-jadval
Optimallashtirishgacha yo‘l qurilish mashinalariga bo‘lgan ehtiyoj

Ishlar turi

















O‘yiq ta’mirlash

-

-

5

-

1

-

-

Ustki yuza ishlov berish

3

-

-

2

10

1

-

Yo‘l chetini pardozlash

-

2

-

-

-

-

-

Yo‘l uchun ajratilgan mintaqani pardozlash

-

1

-

-

-

-

-

Ko‘tarma va o‘yma yon qiyaligini pardozlash

-

1

-

-

-

-

-

Va boshq.

-

-

-

-

-

-

-

Hammasi:

3

4

5

2

11

1

-

3-5 qatorlar avtogreyder bilan bajariladigan ishlar ruyxati. 7- qator ma’qul taqsimlanguncha ba’zi oylarda TYEK avtogreyderga bo‘lgan ehtiyoji.
Ushbu ehtiyojdan kelib chiqib, ma’lum bir jarayonlarga band qilingan muayyan mashinani (mexanizmni) va ishchi kuchini, ularni texnologik jarayonlar oralig’ida ma’qul taqsimlashni amalga oshirish lozim. Mashinalarni ish turlari bo‘yicha taqsimlashni uslubiy xususiyatlari avtogreyder misolida ko‘rib chiqilgan (10.9-jadv.).
10.9-jadval
Avtogreyderlarni ma’qul taqsimlash



Ishlar turi




Oylar













Yildagi mash.- oy

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

1

Yo‘l chetini
pardozlash



2

2

2

2

2

2

2

2



16

2

Yo‘l uchun
ajratilgan mintaqani pardozlash



1

1

1

1

1

1

1

1



8

3

Yo‘l yon
qiyaligini pardozlash



1

1

1

1

1

1

1

1



8

4

Taqsimlashdan oldingi ehtiyoj



4

4

4

4

4

4

4

4



32

5

Oylik o‘rtacha
ehtiyoj



4

4

4

4

4

4

4

4



32








Mashinalar taqsimlanishi














6

Yo‘l chetini
pardozlash



2

2

2

2

2

2

2

2



16

7

Yo‘l uchun
ajratilgan mintaqani



1

1

1

1

1

1

1

1



8




pardozlash








































8

Yo‘l yon
qiyaligini pardozlash



1

1

1

1

1

1

1

1



8

9

Taqsimlashdan keyingi ehtiyoj



4

4

4

4

4

4

4

4



32

Ma’qul taqsimlashga erishilgan deb hisoblash mumkin, agar mart oyidan oktyabr oxirigacha avtogreyderlardan bir tekis foydalanish ta’minlangan bo‘lsa.
5-qator – oyiga 4 ta mashina bo‘lganda bir tekis foydalanishga erishiladi. 6-9 qator – oylar bo‘yicha avtogreyderlarni ma’qul taqsimlash (qar. 10.9-jadv.).
Bunda kalendar muddatga muvofiq ta’mirlashni amalga oshirish imkoniyatida ishlarni bajarish majburiy shart hisoblanadi.
Avtogreyderni ma’qul taqsimlash uchun yo‘l chetini va ko‘tarma, o‘yma yon qiyaligini pardozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish muddatlarini aniqlashtirish lozim. Mazkur texnologik jarayonlar uchun kalendar davri mart oyidan oktyabr oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g’ri keladi va bunda muddatlarni tuzatish ushbu vaqtinchalik davrlar chegarasida olib borildi. 5-jadval asosida ishchi kuchlarini ma’qul taqsimlashni amalga oshirish zarurdir.
Shunday qilib, avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlashga band qilingan mashina va mexanizmlar, TYEK ishchilarining aniqlangan ma’qul soni 5-10 yil davomida o‘zgarmasdan saqlanishi mumkin, chunki muvofiq keluvchi ko‘rsatkichlar yoxud umumiy qabul qilingan texnologik sxemalar asosida, yoxud mazkur korxona uchun keyingi yillarda tavsifli bo‘lgan ishlar asosida hisoblandi.
Ishlarni yillik rejalashtirish. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaligi korxonasining yillik rejasini tuzishning quyidagi ketma-ketligi tavsiya qilinadi:

  • davriylik ko‘rsatkichi asosida xizmat ko‘rsatilayotgan har bir yo‘l bo‘yicha ishlarning talab qilinadigan yillik hajmini hisoblash;

  • ishlarning talab qilinadigan hajmini bajarish uchun mehnat sarfini va ishchilar mehnatiga to‘lov haqini aniqlash;

  • ish hajmini qiymatlardagi ifodasini hisoblash;

  • xizmat ko‘rsatiladigan hamma yo‘llar bo‘yicha ishlar talab qiladigan yillik hajmini umumlashtirish;

  • yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bilan shug’ullanuvchi xizmatchilar sonini va ish haqi fondini hamda ish hajmlarining rejaviy ko‘rsatkichlarini yuqori tashkilot bilan kelishish va tasdiqdan o‘tkazish;

  • xizmat ko‘rsatilayotgan yo‘llar bo‘yicha ishlar rejali hajmining tasdiqlangan ko‘rsatkichlariga muvofiq, yil mavsumlari va bo‘linmalar bo‘yicha rejali topshiriqlarni taqsimlash;

  • rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun material-texnik resurslarga bo‘lgan talabni hisoblash.

Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar yillik hajmi 4 bo‘limda bayon qilingan uslubiy tavsiyalarga muvofiq davriylik ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanilishi lozim.
Davriylik ko‘rsatkichlarini aniqlashda yo‘llarni kuzgi ko‘rik ma’lumotlari va joriy hamda ilgarigi yillarda bajarilgan ishlarni hisobga olish materiallaridan foydalaniladi. Ba’zi bir holatlarda ish hajmi bahorgi ko‘rik natijalari bo‘yicha aniqlashtirilishi mumkin.
Ishlar nomenklaturasi “1” noyabr 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №226 farmoyishi bo‘yicha tasdiqlangan “Umumiy foydalanishdagi yo‘llarni ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar klassifikastiyasi bo‘yicha qo‘llanma”, “31” dekabr 2011 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №352-sonli qarori “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishalri tasnifiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ga va MShN-24 “Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha texnik qoidalar” ga muvofiq qabul qilinadi.
Xizmat ko‘rsatiladigan yo‘llardagi yo‘l bo‘laklari bo‘yicha ishlarning tuzilmaviy hajmlarini avtomobil yo‘llarining pasporti tarkibiga kiruvchi muhandislik jixozlanish darajasini tavsiflaydigan yo‘llarning transport-foydalanish ko‘rsatkichlari asosida aniqlash lozim.
Yillik ish rejasi butun yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha tuzilib, natural va pullik ko‘rsatkichli rejalarni o‘z ichiga oladi. Buning uchun har bir xizmat ko‘rsatiladigan TYEK avtomobil yo‘li bo‘lagi bo‘yicha “Avtomobil yo‘li bo‘lagining foydalanish varaqasi” tuziladi (01 shaklga qarang). Yillik ish hajmlarini aniqlashda 6 gr. dagi qiymatlarni 7 gr. da keltirilgan davriylik koeffistientlariga ko‘paytiriladi.
Avtomobil yo‘lining bo‘lagiga bir necha brigada xizmat ko‘rsatgan hollarda foydalanish varaqasida ish hajmlarini xizmat ko‘rsatiladigan yo‘llarga muvofiq brigadalar bo‘yicha bo‘lish lozim (01-shakl, 4,5 grafalar).
Ish va ish haqi me’yorlariga asos sifatida ENiR, VNiR, TNiR, ish turlari bo‘yicha mujassamlashgan kalkulyastiyalar, me’yoriy hujjatlar to‘plamlari, mahalliy me’yorlar va boshqalar xizmat qilishi mumkin.
01 shakl tuzilgach, yo‘l bo‘laklari bo‘yicha jami ma’lumotlarni 02 shakl “Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik ish hajmlarining yig’ma hisobi”ga kiritish lozim.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash uchun sarf-harajatlar, xizmatchilar soni va ish haqi fondining rejali ko‘rsatkichlari yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, kerak bo‘lgan hollarda ishlarning davriylik koeffistientlari va TYEK bo‘limlari, brigadlari bo‘yicha rejali topshiriqlarning taqsimlanishi hisobiga avtomobil yo‘li bo‘laklari bo‘yicha hisoblarga tuzatma kiritish lozim.
Rejali ko‘rsatkichlarning choraklar bo‘yicha taqsimlanishini aniq iqlim sharoitlarining ta’sirini hisobga olib, tuziladigan yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarni bajarishning davriylik grafigi asosida tuzish lozim. Ishlarni bajarishning davriylik grafigi 03 shaklda keltirilgan. Har bir ishning bajarish kunlari soni haqidagi ma’lumotlarni yillik ish hajmiga nisbatan chorakdagi ish hajmini solishtirishda (% larda) foydalaniladi. Hisoblangan foizlarni avtomobil yo‘llarining har bir bo‘lagi nomenklaturasi bo‘yicha chorakdagi ish hajmlarini hisoblash uchun foydalanish lozim. Hisob 04 shakl bo‘yicha bajarilishi lozim.
03 va 04 shakldagi ma’lumotlar asosida yo‘l tashkilotining avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik ish rejalari tuziladi (05-shakl). Unda yo‘l tashkiloti bo‘yicha rejali yillik topshiriqlar va choraklarlar bo‘yicha sarfharajatlar hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, hamda tashkilotning har bir bo‘limi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilayotgan yo‘llarning muhim, yirik bo‘laklari bo‘yicha sonlarni ajratib ko‘rsatilgan holda yig’ma ma’lumotlar keltirilish lozim. 06 shakl bo‘yicha yig’ma rejaning ko‘chirmalarini avtomobil yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini bajarayotgan har bir bo‘limga jo‘natish lozim.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini chorak bo‘yicha rejalashtirish.
Ishlab chiqarishni tezkor rejalashtirish avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini boshqarish tizimidagi yakunlovchi bosqich bo‘lib, o‘z ichiga chorak, oy va yanada qisqa muddatlardagi rejali topshiriqlarni hisoblash va bajaruvchilarga etkazish, hamda shu topshiriqlarning bajarilishini tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Chorak rejalarini ishlab chiqishda yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yig’ma yillik ish rejalarini choraklar bo‘yicha taqsimlanishi asos bo‘ladi (05-shakl). Bundan tashqari bahorgi va kuzgi ko‘rikdan o‘tkazish materiallari, mehnat va moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanganlik haqidagi materiallardan ham foydalanish mumkin.
Chorak rejalari chorak boshlanishidan 20 kun avvaldan kechiktirmay ishlab chiqiladi va yo‘l tashkilotining bo‘limlariga etkaziladi.
Yo‘l tashkiloti bo‘yicha yig’ma chorak rejasi 07 shakldagi ko‘rsatilgan. Uning 06 shakldagi ko‘chirmasini yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini bajaruvchi har bir bo‘limiga yuborish lozim.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini oylik rejalashtirish.
Oylik rejalarni tuzishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi: chorak rejasining oylar bo‘yicha nazorat sonlari (07 shakl), xizmat ko‘rsatiladigan yo‘l bo‘laklarini tekshirish ma’lumotlari, sifatni nazorat qilish xizmatining mulohazasi va takliflari; yo‘llardan foydalanish varaqalari ma’lumotlari; yillik yoki choraklik rejalarni bajarishdan orqada qolish mavjud bo‘lganda, bu ishlarni to‘liq yoki qisman bajarish uchun mehnat va material resurslar bilan qo‘shimcha ta’minlash imkoniyati; mehnat sarfi va boshqa resurslar rejali me’yori.
Oylik ishlab chiqarish dasturlari loyihasi katta ish yurituvchilar tomonidan tuziladi, yo‘l korxonasi rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqib tasdiqlanadi va rejalashtirilgan oy boshlanishidan 5 kun oldin ijrochilarga etkaziladi.
Yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar dasturlarini ko‘rib chiqishda yo‘llarni mukammal va o‘rtacha ta’mirlash bo‘yicha ishlar bilan ularni bog’liqligi amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish dasturi yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar me’yoriy ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, bunda rejali hajmlar, mehnat sarfi, ish haqi sarfi ko‘rsatilib o‘tiladi. Bu bilan yillik va choraklik ishlarni tezkor rejalashtirishda o‘zaro bog’liqlik ta’minlanadi. Tezkor reja ko‘rsatkichlari ijrochiga 06 shaklda etkazilishi lozim.
Brigadalar bo‘yicha ishlar hajmini va ko‘rsatkichlarini taqsimlashni xuddi usha tartibda yo‘llarga xizmat ko‘rsatayotgan brigadalarga biriktirilgan ish hajmlariga muvofiq amalga oshirish kerak. Brigadalar bo‘yicha tezkor reja ko‘rsatkichlari vaqtbay-ishchilarga me’yorlashtirilgan topshiriqlarni va ishbay ishchilarga naryadlarni tuzishda ko‘rsatma hisoblanadi. 08 shaklda taqdim etiladigan brigadalar ishlari oylik reja-grafiklari iqqi qismdan tashkil topadi: yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarni, ularni mehnat hajmini ko‘rsatgan holda va ishlarni bajarish ketma-ketligini hamda ular bo‘yicha ishchilarni taqsimlanishini ko‘rsatish bilan to‘plash. Ishlarni bajarishning va ularni rejalashtirish ta’sirini oshirishning haqiqiy sharoitini maksimal hisobga olish maqsadida grafikni hafta bo‘yicha bajarish talab etiladi. Rejalashtirilayotgan oy boshlanishidan oldin ushbu oy birinchi haftasi grafigi taqdim etiladi, grafik bajarilish davomida ikkinchi hafta grafigi tuzib bo‘linadi va xuddi shunda davom etadi. Zarur bo‘lgan hollarda alohida qatorda ish yurituvchi mashinalar va mexanizmlar belgilanadi. “Izoh” grafasida asosiy materiallarga va yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlariga bo‘lgan talab ko‘rsatiladi.
Brigada ishlari grafik-rejasida nazarda tutilgan mashinalarni yuklash va materiallarni etkazib berish bosh mexanik xizmati va yordamchi xo‘jalik ishlari rejasini tuzishda hisobga olinishi lozim. Hamma bo‘linmalar (yo‘l ustalari va ish yurituvchilar) bo‘yicha ish rejasini bajarishni har oyda nazorat qilishni rejalashtirish bo‘limi, ishlab chiqarish-texnika bo‘limi va hisob bo‘limi bilan birgalikda amalga oshiradi. Qurilish mashinalari va mexanizmlariga bo‘lgan ehtiyoj rejasini 3 bo‘limda bayon qilingan tartib, hisoblashlar natijalaridan foydalanib tuzish talab etiladi. Joriy ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha asosiy materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish materiallar sarfini ishlab chiqarish me’yori asosida ishlab chiqiladi. Asosiy materiallarga bo‘lgan ehtiyojni tavsiya etilayotgan shakli 09 shaklda keltiriladi. Tuman yo‘l ekspluatastiya korxonasi (TYEK) avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha yillik yig’ma rejani (05 shakl) hududiy yo‘ldan foydalanish tashkilotiga (HYFT) kelishish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
AYHBB TYEK ning 05 shakldagi ma’lumotlari asosida yillik choraklar bo‘yicha (10 shakl) avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha yig’ma reja tuzadi va kompaniyaga taqdim etadi.
AYHBB ning 10 shakldagi ma’lumotlari bo‘yicha kompaniya tomonidan rejalashtirilayotgan yilga avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha 11 shaklda yig’ma jadval tuziladi.
Download 329.26 Kb.




Download 329.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l ta’mirlash bo‘limlarida yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bilan shug’ullanuvchi brigadalarni shakllantirish va texnik qurollantirish

Download 329.26 Kb.