• 19-jadval B O SH D A F T A R
  • 3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja




    Download 127,45 Kb.
    bet12/19
    Sana26.01.2024
    Hajmi127,45 Kb.
    #146199
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
    Bog'liq
    3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hiso-fayllar.org

    Memorial - order shakl
    Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, «Kassa» schyotining debeti va u bilan korrespondentsiyalanadigan schyotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-order, «Kassa» schyotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schyotlar bo‘yicha ularni oy oxirida sintetik schyotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
    Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga ilova qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi. Ro‘yxatga olish daftarining jami oylik summasi sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi. Shu bilan sintetik hisob tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab olinishini tekshirishga erishiladi. Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schyotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schyot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schyot bo‘yicha korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
    Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi. Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat vedomosti deb ham ataladi. Bosh daftar schyotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar hisobga olinadi.
    Bosh daftar schyotlarining shakli har bir korrespondentsiyalanuvchi schyot bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga ega:
    19-jadval
    B O SH D A F T A R

    Debet 5100-«Hisob-kitob schyoti» Kredit


    Sana

    Memorial-orderlar №

    Schyotlar kreditidan


    Debet bo‘yicha jami


    Sana

    Memorial-orderlar №

    Schyotlar debetidan


    Kredit bo‘yicha jami








































    Bosh daftar schyotlari bo‘yicha sintetik hisob schyotlarini oborot vedomosti tuzilib, unda schyotlar bo‘yicha hisobot oyining boshi va oxiriga qoldiqlar aniqlanadi. Ular buxgalteriya balansini tuzish uchun qo‘llaniladi.



    Download 127,45 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 127,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja

    Download 127,45 Kb.