Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi.
Reja:
1. Ishlab chiqarish binolari uchun umumiy sanitariya-texnik talablar.
2. Korxonalarning turar-joy zonalari.
3. Bir xodimga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish binolari hajmi.
4. Sanoat binolarini ventilyatsiya qilish.
Ishlab chiqarish sanitariyasining asoslari.
Mexnat gigiyenasi – tibbiyot fanining bir qismi bo’lib, ish sharoitlarining inson sog’lig’iga va ish qobiliyatiga ta'sirini o’rganadi, shuningdek, mexnat sharoitlarini sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo’naltirilgan sanitariya-gigiyena, jarohatlanishni, kasb kasalligini oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.
Teri – inson tanasining tashqi qoplamasi bo’lib, uni turli mexanik shikastlanishlardan saqlab, tana xaroratini bir maromda bo’lishini ta'minlab turadi. Balog'at yoshidagi kishi 180-200 C xaroratda engil jismoniy mexnat qilganda, sutkasiga o’rtacha 11340 J issiqlik sarflaydi. Inson uchun ko'rish, eshitish, nafas olish, sezish, asab sistemalari muxim omillar xisoblanadi. Inson 20 Gts dan 20000 Gts chastotali tebranishgacha bo'lgan tovush to’lqinlarini eshita oladi. Quloqning sezish qobilyati ancha yuqori bo'lib, 2000 Gts dan 4000 Gts gacha diapazondagi tovushlarni normal eshitadi. Biroq 8000 Gts dan pastroq va 6000 Gts dan yuqoriroq chastotada sezish qobilyati bir muncha pasayadi. Hid bilish kabi sezgi organlari bilan kishi havoning zararli moddalar bilan ifloslanganligini aniqlaydi. Bu hidlar uzoq vaqt ta'sir etishi natijasida odamning sezish qobiliyatini pasaytiradi.
Atrof muxitdagi o'zgarishlar (issiqlik va sovuq, namlik, shovqin, tebranish) odamning fiziologik ruhiy holatiga ta'sir o'tkaza boshlaydi.
Ishlab chiqarish sharoiti yoki holatini asosan 4 guruh omillarga ajratish mumkin:
1- guruh – atrof muxitning sanitariya gigiyena holati. Bularga havo harorati, atrof-muhitning tozaligi, Yorug’lik, tovush va boshqalar kiradi.
2- guruh – mehnat vositalari: ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbob va moslamalar.
3- guruh – tashkiliy formalar kiradi. Ular ish rejimi va dam olishga hamda mehnat taqsimotiga asoslanadi.
4- guruh – odamlarning o’zaro munosabatlari, ish sharoitlari va mehnat natijasiga bo’lgan munosabatiga bog’liq ijtimoiy omillarni o’z ichiga oladi.
Tog'-kon va metallurgiya sanoati korxonalarini ko'rishda sanitariya va gigiyenaviy umumiy talablari va zararli moddalardan himoya qilish.
Korxonalarning loyixalarida: 1) xona havosiga, atmosferaga va oqova suvlarga zararli yoki yomon hidli moddalarning qo'shilmasligini yoki juda oz miqdorda bo’lishini, shuningdek, ish xonalarida issiq va namlikning ajralib chiqmasligini yoki juda oz miqdorda bo'lishini.
2) shovqin, titrash, ultratovush, radiochastotalarning elektromagnit to'lqinlari, statik elektr va ionlovchi nurlanishlar bo'lmasligi yoki juda oz miqdorda hosil bo'lishini ta'minlaydigan texnologik protsess va jixozlar ko'zda tutilishi lozim. Yuqorida sanab o'tilgan zararliklarni ajratib chiqadigan yoki shu zararliklarning manbalari hisoblangan korxonalarni turar joy binolaridan sanitariya-himoya zonalari bilan ihotalash lozim. Sanitariya-himoya zonasining o’lchami korxona ajratib chiqaradigan zararli moddalar miqdoriga bog'liq bo’lib 50 ... 1000 m ni tashkil etadi. Ishlab chiqarishda sanitariya-himoya zonasi 5 klassga bo’linadi (SN 245-71)
I kl – 1000 m, II kl – 500 m; III kl – 300 m; IV kl – 100 m; V kl - 50 m
I, II, III kl – kimyo, metallurgiya, ayrim ruda va rudasiz ishlab chiqarish korxonalari kiradi.
IV kl ga – kimyo va metallurgiya korxonalari bilan bog’liq ishlab chiqarish, elektr asbob-uskunalar ishlab chiqarish va metallarni ishlov berish korxonalari.
V kl ga – tipografiya, mebel fabrikalari, yengil sanoat korxonalari (Shvey, XBK, pitshevoy va boshqalar). Bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish xonalarining hajmi 15 m3 dan, xonalar sathi esa 4,5 m2 dan kam bo’lmasligi kerak.
Ishlab chiqarish binoalari va inshootlarining derazalarida shamollatish uchun yorug'lik tushadigan joylar umumiy saxnining 20% ini tashkil qilishi, ochiladigan tabaqalar qilinishi kerak.
Sanitariya – maishiy xonalarning 1 kishiga to’g’ri keladigan sathi quyidagicha hisoblanadi. (me'yorlangan)
- Gardirob va yuvinish xonalari – 0,6 m2
- Dushlar (bir dush xonaga 5 ta odam hisobida ) – 0,43 m2
- Dam olish, isinish va ovqatlanishga mo’ljallangan xonalar – 1m2
- Korjomani kuritish xonalari – 0,2 m2
- Xojatxona – 40 kishiga 1 ta unitaz.
Agar ishlab chiqarishda ishlaydigan ayollar soni 100 dan ko’p bo’lsa, ayollarning shaxsiy gigiyena xonasi ko’zda tutiladi. Bu xonaning sathni 1 ta ayolga 0,18 m2 dan to’g’ri keladi.
Xulosa: Ishlab chiqarishdagi korxonalar qurilganda ularni har tomonlama ishchi xizmatchilar uchun qulay ish sharoitini yaratilgan xolda kurilishini ta'minlash, hamda sanitar ximoya zonasini to’g’ri o’rnatish, korxona joyini to’g’ri tanlash to’g’risida to’la ma'lumot berildi.
|