Dunyodagi eng katta biomassa yoquvchi
elektrostansiya
«Alholmens Kraft Ab» nomli Finlandiya kompaniyasi 550 MW issiqlik energiyasi hamda 240
MW elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng katta biomassa yoquvchi stansiyani ishga
tushirdi.
Stansiya asosan yog‘och qoldiqlari va torf yoqilg‘ilaridan
foydalanadi
Stansiya 1 soatda 1000 m3 bioyoqilg‘ini yoqib energiya oladi. Yoqilg‘i
yoqiladigan qozonning
pastki (asosi) diametri 8,5 m va 40 m balandlikdagi yuqori diametri 24 m ni tashkil qiladi.
Stansiyani bioyoqilg‘i bilan ta’minlash uchun 1 kunda 120 dona
yuk tashish mashinalaridan
foydalaniladi. Stansiya yoqilg‘i sifatida toshko‘mirdan ham foydalanishi mumkin [14].
Hozirgi kunda insoniyat tomonidan noana’naviy va qayta tiklanuvchi
energiya m anbalaridan
energiya ishlab chiqaruvchi xilmaxil qurilm alar va usullar ishlab chiqilmoqda.
Oddiy suv va
shamol g‘ildiraklaridan foydalanib energiya olishdan boshlangan ushbu yo‘nalishda kvantli
tezlatgichlar bilan jihozlangan turbinalardan foydalanilmoqda.