• Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol elektrostansiyasi
  • Dunyoda eng katta quvvatli shamol elektrostansiyasi




    Download 143,9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana27.11.2023
    Hajmi143,9 Kb.
    #106358
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3. Mavzu

    Dunyoda eng katta quvvatli shamol elektrostansiyasi 
    2009-yilning kuzida «E.ON Climate and Renewables» kompaniyasi tomonidan AQShning Texas 
    shtati markaziy qismida joylashgan Rosko shahri yonida, dunyoda eng quvvatli «Roscoe Wind 
    Farm» shamol energoqurilmalari parki ishga tushirildi [14]. «Roscoe Wind Farm» shamol 
    energoqurilmalari parkidagi har birining quvvati 1,25 MW bo‘lgan 627 ta shamol 
    energoqurilmalari 400 km 2 maydonga o‘rnatilgan bo‘lib, umumiy quvvati 781,5 MW ga teng (12- 
    rasm). 
    «Roscoe Wind Farm» shamol energoqurilmalari parkigacha eng katta 
    quvvatli- shamol energoqurilmalari parki «Horse Hollow Wind Energy Center» hisoblangan. 
    AQShning Dallas shahridan 160 km uzoqlikdagi 190 km2 maydonga o‘rnatilgan 394 dona shamol 
    turbinalarining umumiy quvvati 735,5 MW ni tashkil qiladi. Ulardan 1,5 MW li 291 dona turbina 
    «General Electric» firmasi tomonidan, 2,3 MW li 103 dona turbina «Siemens» firmasi tomonidan 
    ishlab chiqarilgan. 
    Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol 
    elektrostansiyasi 
    2009-yilning sentabr oyida, Shimoliy dengizning Daniyadagi Yulian diya yarimoroli 
    qirg‘oqlarida. 91 dona shamol energoqurilmalaridan tashkil topgan dunyoda eng quvvatli «Horns 
    Rev-2» offshor shamol elektrostansiyasi ishga tushirildi [14], «Siemens» kompaniyasi ishlab 
    chiqargan har bir shamol energoqurilmalarining quvvati 2,3 MW ga, «Horns Rev-2» offshor 
    shamol elektrostansiyasining umumiy quvvati esa 209,3 MW ga teng. Shamol energoqurilmalari 
    dengiz suvi sathiga nisbatan 114,5 m balandlikka o‘rnatilgan (13-rasm).«Horns Rev-2» offshor 
    shamol elektrostansiyasigacha dunyoda eng katta offshor shamol elektrostansiyasi qirg‘oqdan 5,2 
    km uzoqda hamda Angliyaning Linkolnshir grafligidagi Skegness shahri yaqinida joylashgan 
    «Lynn and Inner Dowsing» shamol energoqurilmalari parki hisoblanardi. Shamol 
    energoqurilmalari parki «Siemens» kompaniyasi ishlab chiqargan, har biri 3,6 MW quvvatga ega 
    bo‘lgan 54 dona shamol turbinalaridan tashkil topgan. Shamol energoqurilmalari parkining 
    umumiy quvvati 194,4 MW ga teng bo‘lib, ular dengiz suvi sathidan 107 m balandlikka 
    o‘rnatilgan. Energoqurilmalarning minorasi dengiz tubiga qoqilgan qoziq-fundamentlarga 
    o‘rnatiladi. Qoziq-fundamentlarni o‘rnatish uchun maxsus kema qurilgan. Kema chayqalmasdan 


    ishlashi uchun, dengiz tubiga tayanadigan 6 dona gidravlik tayanch bilan jihozlangan. Offshor 
    shamol energoqurilmalari o‘rnatiladigan suvning chuqurligi 30 m dan oshmaydi. 

    Download 143,9 Kb.
    1   2   3   4




    Download 143,9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyoda eng katta quvvatli shamol elektrostansiyasi

    Download 143,9 Kb.
    Pdf ko'rish