|
3 mavzu: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Falsafiy antropologiya
|
bet | 3/13 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 74,97 Kb. | | #130155 |
Bog'liq Фалсафа сиртқи 3 мавзуTarix falsafasi ontologiyasi – bu tarix falsafasining tarixiy borliq muammolari, chunonchi: tarixning mazmuni va yo‘nalishi, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy makonning vujudga kelishi, jahon tarixining yagonaligi asoslarini, insonning koinotdagi o‘rnini aniqlash, tarixiy vaqt masalasi va hokazolarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy qismi.
Tarix falsafasi gnoseologiyasi - asosiy e'tiborni tarixiy bilish muammolariga, tarixiy faktlar va voqyealarni o‘rganish, tahlil qilish va tushuntirish, tarixiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shuningdek tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi.
Tarix falsafasi antropologiyasi - insonning tarixiy jarayondagi o‘rnini, bu jarayonda tarix sub'ektlarining rolini aniqlaydi va «Tarixni kim harakatga keltiradi?», degan savolga javob beradi.
Tarix falsafasining quidagi funksiyalari bo‘lib, ular, dunyoqarashga doir funksiyasi, metodologik funksiyasi, nazariy funksiyasi, prognostik funksiyasidir.
Tarixiy jarayon mantig‘i va yo‘nalishini tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud.
Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar oldinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Fоrmatsiоn taraqqiyot – ijtimоiy – iqtisоdiy fоrmatsiyalar taraqqiyoti.
qadimgi davr – quldоrlik
o`rta asrlar – feоdalizm
yangi zamоn – kapitalizm
eng yangi davr – sоtsializm va kоmmunizm.
Tarix falsafasini tushunishga nisbatan sivilizatsion yondashuv XIX-XX asrlarda vujudga kelgan. U asosan ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat'iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
Madaniyatga ijtimоiy hоdisa sifatida, uning хususiyatini оchib ko‘rsatgan hоlda unga ta’rif berish maqsadga muvоfiq. Keng ma’nоda, madaniyat deganda insоn tоmоnidan yaratilgan barcha narsalar tushuniladi. Dastlab, “madaniyat” tushunchasi asоsan insоnning tabiatga bo‘lgan ta’sirini aniqlash uchun, tabiat kuchlarini o‘zlashtirishni ifоdalaydigan yutuqlarni tasniflash uchun qo‘llanilgan.
|
| |