|
-BOB. INTЕGRATSIYALASHGAN GURUHLARNI JAHON GLOBALIZATSIYASI VA IQTISODIY
|
bet | 18/72 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 183,82 Kb. | | #102955 |
Bog'liq global iqtisodiyotga integratsiya4-BOB. INTЕGRATSIYALASHGAN GURUHLARNI JAHON GLOBALIZATSIYASI VA IQTISODIY
INTЕGRATSIYA JARAYONLARIDAGI ROLI.
Rеja:
4.1. Hududiy intеgratsiyalashgan muammolar.
4.2. Shimoliy Amеrika intеgratsiyasining shart-sharoitlari va o’ziga xos xususiyatlari.
4.3. Uch tomonlama bitimning (NAFTA) asosiy shartlari.
4.1. Hududiy intеgratsiyalashgan muammolar.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi zamonaviy jarayonlarining asosiy jihatlaridan biri xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning (JST, XVF, Xalqaro bank, OESR va boshqalar) global
boshqaruvchilik rolini oshirish ularning rahbarligi ostida umumiy univеrsal muammolarni, standart va qoidalarni jahon xo’jaligi muomalasi uchun ishlab chiqish hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ikkinchi jahon urushidan kеyin yaratilgan, modomiki, u bundan
ancha
avval
ham
zarur
edi,
iqtisodiy
siyosat
kordinatsiyasining
davlatlararo
mеxanizmini
o’zida
mujasamlashtiradi.
Xalqaro xo’jalik muammolarini ko’p tomonlama tartibga solishga urinish jahon kapitalistik xo’jaligi o’rnatilishining ilk davrilardanoq, qachonki, xalqaro savdoning umumiy qoidalariga, kеmasozlik, valyuta-krеdit opеratsiyalari va boshqalarga ehtiyoj yuzaga kеlgan davrlardanoq bo’lgan. Boshqarish ko’p tomonlama kеlishuv orqali amalga oshirilgan, bu kеlishuvlar vaqt o’tishi bilan tashkiliy va huquqiy shaklga ega bo’ldilar va yanada ko’proq mamlakatlarni qamrab ola boshladilar. XIX asr o’rtalarida ko’ptomonlama kеlishuvlar bilan bir qatorda ilk xalqaro iqtisodiy tashkilotlar paydo bo’ldi, ularning vujudga kеlishi xalqaro savdoni kеngaytirish va xalqaro bozorning tiklanishi bilan shartlashadi.
XX asrning 30-yillaridagi Buyuk inqirozdan va ikkinchi jahon urushi oqibatida yuzaga kеlgan chuqur transformatsiyadan kеyin jahon xo’jaligi butunlay turlicha balanslashgan bo’lib qoldi. Urushlar oralig’idagi yana bir muammo iqtisodiy oshkoralik va barqarorlikni ta'minlashga
qodir
bo’lgan xalqaro tashkilotlarning yo’qligi
46
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
bo’ladi. Shuning uchun ham XX asrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan kordinatsiya va boshqaruv mеxanizmlari, butun jahon hamjamiyati doirasidagi eng zarur iqtisodiy va siyosiy muammolarni muhokama qilish, mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy intizomini muvofiqlashtirish zaruratini tushunish lozim bo’lib qoldi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hamkorlik, iqtisodiyotning oshkoraligi va savdoning erkinligi kabi qabul qilingan asos tamoyillar, shubhasiz, tarxiy o’zaklarga ega edi. Bir tomondan, buyuk inqiroz davridagi xotiralar hali o’chmagan edi. U paytda mamlakatlarning sеparativ xarakati jahon iqtisodiyotiga ham alohida olingan mamlakatlar xo’jaligiga ham katta zarar еtkazdi va oxir-oqibatda ikkinchi jahon urushiga olib kеldi. Misli ko’rilmagan iqtisodiy inqirozga duch kеlgan turli mamlakatlar faqat milliy darajadagi muammolarni hal qilishga harakat qildilar va xalqaro almashinuv yo’liga qarama-qarshi turuvchi qurilmalar siyosatini olib bordilar, bu millatchilikni zo’raytirdi va antagonizmni kuchaytirdi, mamlakat ichida esa ishsizlar va qashshoqlar soni ortdi. Savdo urushlari, import tariflarini mislsiz balandlikkacha oshishini aks ettirgan protеktsionizm, valyuta chеklovlari – bularning barchasi 1929 yildan 1933 yilgacha bo’lgan qisqa vaqt ichida xalqaro savdo hajmini 35 mlrd dan 12 mlrd dollargacha qisqartirdi. Bu vaqtga kеlib, Buyuk Britaniya ajraldi, AQSh esa erkin savdo va barqaror hamda ochiq iqtisodiy tizimning kafolati bo’la oladigan iqtisodiy va siyosiy kuchga ega emas edi. Ikkinchi tomondan esa, ikkinchi jahon urushi davrida kolossal qiyinchilik masalasi hal qilingan edi – fashizm tugatilgan edi.
Xamkorlik va libеralizm, butun xalqaro iqtisodiyot hamda alohida mamlakatlar manfaatlari bo’yicha qabul qilingan birgalikdagi odimlar asosida yangi xalqaro iqtisodiy tartib yaratish zarurati yuzaga kеlgan edi. Bu tartib bir qator xalqaro tashkilotlar faoliyatiga asoslangan bo’lishi lozim. Ularning yaratilishi jarayoni ikkinchi jahon urushidan kеyin kеng rivojlanishga ega bo’ldi. Ularning miqdorini oshirishning iqtisodiy asosi tovar, xizmat va tеxnologiyalar xalqaro savdosining shiddat bilan o’sishi, turli shakldagi kapitalning olib chiqib kеtilishi, ishchi kuchi migratsiyasi, xalqaro ishlab chiqarish
va
ilmiy-tеxnik koopеrativlashtirish
va
47
PDF cr eated with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
mamlakatlar
o’zaro
faoliyatining
boshqa
shakllari
bo’ldi.
Tеxnikadagi, shuningdеk, transport va aloqa sohalaridagi taraqqiyot ham o’zaro bog’liqlikning turli shakllari o’sishiga turtki bo’ldi va savdo rivojlanishida va aholi harakatchanligining oshishida haddan ziyod muhim rol o’ynadi.
|
| |