|
3-Modul: Atmosfera havosini muhofaza qilish asoslari. Mavzu: Atmosferaning tarkibi va tuzilishi reja
|
bet | 3/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 387,63 Kb. | | #243900 |
Bog'liq 3-LECTURE3.1.2-rasm. Elektromobil “TESLA”.
Abtomobilimni “tokka ulab”, batareyasini toʹliq quvvat olishini kutsam, eh-he, bunga qancha vaqt ketadi? TESLA bosh direktori Ilon Maskning aytishicha, “tez orada TESLA avtomobil batareyalarini sanoqli soniyalarda toʹliq quvvatlantirishga qodir “SUPERCHAGER V3” nomli yangi avlod quvvatlantirgichlari ommaviy ishlab chiqariladi”1.
Kimyo sanoati korxonalarining atmosferani ifloslashini bir necha guruhlarga boʹlish mumkin:
1. Mahsulotni toʹliqsiz chiqishi voki xomashyoning 100% ini ishlatishga imkon bermaydigan reaksiyaning oʹziga xos xususiyatlari, (masalan, kontakt usulida H2S04 ishlab chiqarish) yoki soʹnggi mahsulotni yoʹqotish (sement yoki koʹmir sanoatidagi chang. NH3 ni oksidlash yoʹli bilan HNO3 ishlab chiqarishda N0x ning toliqsiz yuvib chiqarilishi);
2. Xomashyoda mavjud boʹlgan chiqindi va boshqa zararli moddalarning atmosferaga tashlash. Masalan, ftorni tabiiy fosfatdan, ruda va keramik xom ashyodan NF va SiF4 koʹrinishida, oltingugurtni tabiiy gaz, xom neft va toshkoʹmirdan va yana SO2 va H2 S koʹrinishida sulfid saqlovclii rudadan, kaliy birikmalarini tsement, margimush, selen ishlab chiqarishda va H 2S04 ishlab chiqarishda oltingugurt kolchedonini atmosferaga tashlash;
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan qator moddalarni, masalan sunʹiy shoyi va viskoza tayyorlashda uchuvchan organik erituvchilar, CS2 va H2S larni, kamerali va minorali usullarda H2S04 ishlab chiqarishda NOx larni, AL ishlab chiqarishda Fe birikmalarini yoʹqotish.
4. Oksidlanish jarayonlari, qizdirish yoki quritish natijasida atrof-muhitga hidli yoki oksidlanish mahsulotlarining tushishi, natronniy selluloza tayyorlashda qaynatish jarayonida merkaptan va H2S ajralishi, nordon azot tuzlaridan olinadigan katalizatorlarni kuydirishda NO2 larning, karbonatlardan CO, CO2 larning tushishi.
Atmosferani ifloslanishi oqibatlari. Ular quyidagilardan iborat:
1. Tirik organizmlar uchun zarur boʹlgan havoning sifati buziladi;
2. Insondar salomatligining yomonlashishi va kasalliklar turlarini ortib boradi;
3. Kislotali yomgʹirlarni yogʹishi natijasida oxakli, marmar, metall qoplamali qurilish inshoatlarining yemiradi;
4. Karbonat angidridning (CO2) koʹpayib borishi natijasida iqlimni isishi (parnik effekti) sodir boʹladi;
5. Oltingugurt (IV) oksidini (SO2) ortib borishi xisobiga iqlimni sovib ketishi sodir boʹladi;
6. Freon gazini havoga tushishi natijasida ozon qatlamining yemirilishi kuzatiladi.
3.3. Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi. Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga meteorologik omillarnmg taʹsiri: Tutun quvurlari, oʹchoq yoki avtomobillarning chiqaruv quvurlaridan ajralayotgan gazlar atmosfera havosiga aralashib ketadi. Uning darajasi faqatgina masofaga emas, balki shamol va ob-havo sharoitlariga ham bogʹliqdir.
Sanoat korxonasini joylashtirish uchun hudud tanlashda chiqindi manbayi bilan aholi punkti orasidagi masofani yoʹqolib ketishi yoki kamayishi xavfini hisobga olish kerak.
Aholi zich joylashgan mavze yaqinida, ishlab chiqarish jarayoni muqarrar ravishda Atmosfera havosini nihoyatda qoʹlansa hidli moddalar bilan ifloslantirishi bilan bogʹliq boʹlgan sanoat korxonasi joylashtirilsa, texnikaning ilgʹor, zamonaviy rivojlanish darajasini hisobga olinganda ham, insonlar uchun albaita turli noqulayliklarni tugʹdirishi miqarrardir.
Koʹpincha chiqindi gazlar manbayigacha boʹlgan masofani uzoqlashtirish uchun maʹlum yuqorilikdagi tutun quvurlari oʹrnatiladi, ular chiqindi gazlarning qoʹshimcha shimilishini va ularni quvur orqali atmosfera havosi bilan aralashib ketishini taʹminlaydi.
Alohida qiyinchiliklarni inver siyalar tugʹdiradi. Odatda havo harorati yuqoriga koʹtarilgan sari pasayadi, buning natijasida yer yuzasi qavatidagi havo bilan uning ustida joylashgan sovuqroq va ogʹirroq havo oʹrtasida vertikal havo almashinishi yuz beradi. Bunga teskari vaziyat, yer yuzasidagi sovuq havo qatlami ustida issiqroq havo joylashib, sovuq havoning koʹtarilishiga toʹsqinlik qilsa, bu jarayon - inversiya deb ataladi. Koʹpchilik hollarda inversiya yilning sovuq mavsumida va barqaror yuqori atmosfera bosimda kotlovanlarda va daryo oldi pastliklarida kuzatiladi va u zich, hamda, barqaror tuman hosil boʹlishi bilan kechadi.Bunday hollarda yer yaizasi qatlamida toʹplanayotgan chiqindilar yetarlicha siyraklashmaydilar ayniqsa, tutun gazlaridagi oltingugurt gazi va kuyindilarning kumulativ taʹsiri oqibatida, sogʹliq uchun jiddiy xavf tugʹdirishi mumkin.
Har doim ham tutun, quvurlarining balandligi, chiqindi gazlarning inversion qavatidan chiqish jarayonida zararlilik darajasini pasayishini va shu tariqa xatarli zonadan chiqib kctishini taʹminlamaydi.
Yomgʹir va qor havoni tozalashga anchagina samarali taʹsir koʹrsatadi. Shuning uchun yogʹingarchilik pavtida yoki, yomgʹirlar mavsumida, havo tarkibini tekshirish toʹgʹri natijalar bermaydi.
Meteosharoitlarga (havo namligi, quyosh radiatsiyasi) bogʹliq ravishda atmosferada havoni ifloslantiruvchi moddalar oʹrtasida turlicha reaksiyalar sodir boʹlib turadi. Shu tariqa koʹpgina zaharli moddalar atmosfera havosidan qisman ajralib chiqadi (masalan chang, SOi? NO?) ammo bunda zaharli mahsulotlar ham hosil boʹlishi mumkin.
Oʹz bilimini tеkshirish uchun savollar.
|
| |