Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi




Download 1,51 Mb.
bet2/14
Sana11.01.2024
Hajmi1,51 Mb.
#134664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-mustaqil ishi topshirdi D. Egamberdiyev Qabul qildi G`aniyev A
JORAYEV.SH, Tavsifnoma F, O`zbеkiston Rеspublikasi (1), 1-mavzu «Talaffuzi og‘ir bolalar bilan ishlash metodikasi» fani, Korrespondensiya (3), Korrespondensiya (3), 3-mavzu.google uchun vaqtincha, 1.1.1, Dunyoqarashning mohiyati1-mustaqil ish, O’rnatilgan tizimlarda rfid-fayllar.org, AZIMOVA DURDONA, KAMCHIBEKOVA RAYXONOY KKKK, 7- amaliy ish Mavzu Openssl kutubxonasidan foydalangan holda ma, www rkaiser de c-winforms-tutorial
Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi

«Bluetooth’ning otasi» Yap Xarsten (Jaap Haarsten) bo‘lib, Ericsson kompaniyasida ishlagan davrida, ya’ni 1994-yildayoq, yangi texnologiyalarni ilgari sura boshlagandi. Yap Xarsten Bluetooth’ni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida eng yaqin qurilmagacha masofani aniqlashdagi funksiyasini aniqlagan. Yapning fikriga ko‘ra, texnologiyalar zamonaviy olamda kommunikatsiya va joylashgan joyni bilishning mujassam ilg‘or funksiyalarini yaratish uchun ajralmas shart bo‘lib hisoblanadi. Masalan, noutbugingizdagi nimanidir bosib chiqarishni xohlasangiz, qidiruv asosida bir necha qurilmani topishingiz mumkin, biroq bundan foyda kam bo‘ladi. Agar foydalanuvchi, masalan, 5 metr masofada printer mavjudligidan boxabar bo‘lsa, bu juda yaxshi natijadir.
Bozorda Bluetoothga ega ko‘plab qurilmalar mavjud
Yap Xarstenning ma’lum qilishicha, undan ko‘pchilik qachon bo‘lsa ham hayotning barcha holatlari uchun va mavjud simli texnologiyalarni surib chiqara oladigan simsiz texnologiya yaratilishi mumkinmi, deb so‘raydilar. Yapning fikricha, yaqin orada bunday texnologiya yaratilmasa kerak. Hozirda mobil simsiz texnologiya uchun uch asosiy soha mavjud — katta maydonni qoplab oluvchi texnologiya, simsiz LAN va Bluetooth kabi personal tarmoqlar. Mazkur tizimlarning har biri o‘z vazifasini yaxshi bajaradi. Biroq barcha talablarga javob bera oladigan bir universal tizimni yaratish juda qiyin. Internet narsalar soha oldiga alohida talablarni qo‘yadi. Kelajakda bir kvadrat kilometrda millionlab IoT-qurilmalarga ega bo‘lamiz. Ular o‘zaro bir-birlari bilan qanday muloqot qiladilar? Xarstenning fikricha, bu borada router Cassia Hub-Bluetooth kabi qurilmalar istiqbolli bo‘lib ko‘rinadi. Ma’lumki, slave-qurilmalarining soni o‘sib bormoqda, foydalanuvchilar uchun ham barcha narchalarni birlashtira oladigan shunday xablar zarur.
Albatta, Yap Bluetooth tarixi haqida ham to‘xtalib o‘tgan, 1994-yilda undan ovos va ma’lumotlarni uzata oladigan raqamli simsiz tizim ishlab chiqishini so‘rab murojaat etadilar. Shu sababli Xarsten zamonaviy va shu bilan birga, yaqin radius ta’siriga ega texnologiyalar ustida tadqiqot yuritdi. Ko‘plab tizimlar juda murakkab, ko‘p energiya talab etar, bundan tashqari, ixcham edi. DECT kabi tizimlar bazoviy stansiya infrastrukturasi va uning atrofidagi qurilmalar talab etilganligi sababli to‘g‘ri kelmadi. Biroq oldinda teng bog‘lamali oraliq stansiyalarsiz aloqa o‘rnata oladigan peer-tarmoq yaratish vazifasi turardi. Mazmunan Bluetooth’ga eng yaqin qurilmalar bu bolalikdan ko‘pchilikka tanish «walkie-talkie» so‘zlashuv ratsiyalari edi. Biroq ularda faqat ikki qurilma o‘rtasida muloqot imkoniyati ko‘zda tutilgandi. Xarsten Bluetooth’ni taqdim etganida, bu qurilma «walkie-talkie»ga o‘xshash, faqat jahon miqyosidagi qurilmadir degandi. Aslida, aloqa modulining ta’sir radiusida bo‘lgan har qanday qurilmalarda o‘zaro muloqot qilish mumkin.
Bu boradagi ishlar 1994-yilda boshlandi va standart yaratuvchilari ilgari hech kim amalga oshirmagan bir chipda bajarish zarur bo‘lgan kelishuvga juda tez keldilar. Nihoyat uch yildan keyin ular o‘ylagan g‘oyalarini amalga oshirishga erishdilar. Ishlanma ustida faoliyat yuritgan bo‘linmalar rahbarlari bir kompaniya standarti sifatida bunday texnologiyani jahon bozoriga olib chiqishning uddasidan chiqolmasligi, balki butun ekotizim zarurligini tushunib yetdilar. Shu sababli 1997-yilda ular faol tarzda o‘zlariga hamkor izlay boshladilar. Loyihaga Nokia, Intel, Toshiba, IBM kompaniyalari qo‘shildi. Beshta kompaniya birgalikda Bluetooth SIG texnologiyasiga asos soldi. Faqat shundan keyingina dastlabki final spetsifikatsiyasi paydo bo‘ldi.
4 marta uzun va 2 marta tezkor — Bluetooth 5.0
Bluetooth SIG ijrochi direktori standartning yangi versiyasini ma’lum qildi. Kompaniya marketologlar fikriga tayanib, Bluetooth 5 versiyasini oddiylashtirib, odatdagidek emas, balki nuqtasisiz nomlashga qaror qilindi. Shunisi qiziqki, yangi versiya aloqani Bluetooth 4.2. ga nisbatan ikki marta tez ta’minlaydi, ta’sir radiusi esa to‘rt marta ortadi. Yana bir muhim yangiligi keng ma’lumotlar uzatuvchi paketlar (advertising packet) funksiyasi o‘rnatilganligidir: Bluetooth-qurilmalar u bilan bog‘liq bo‘lmagan gadjet orqali oshib boradigan axborot qismlarini jo‘nata oladi. APD: ko‘rsatkichlari sozlandi — Bluetooth SIG ma’lumotiga ko‘ra, yangilikda xatoga yo‘l qo‘yilgandi: dastlabki ma’lumotida ko‘rsatilganidek emas, balki aksincha radiusi 4 marta, tezligi esa 2 marta oshirildi.

1994-yildan boshlab Bluetooth texnologiyasi RS-232 kabelining o‘rniga simsiz texnologiya sifatida ishlab chiqarila boshlagan. Bu Ericsson bo‘lib, shved kompaniyasining ildizlari uning nomi va logotipida namoyon etilgandi: BlueTooth atamasi Xarald I Sinezubiy nomidan, logotipi esa skandinaviya run «xaglaz» va «berkana» belgilaridan kelib chiqqandi. Daniya qirolining— «Birlashtiruvchi» degan ikkinchi nomi sharafiga shu nom bilan atalgandi. Bluetooth qurilmasidan kompyuterlar va atrofdagi qurilmalardan, o‘yin pristavkalari va joystiklar, telefonlar hamda garnituralar, naushniklar, aqlli qurilmalardan ma’lumotlar uzatishda foydalaniladi. Ayrim foydalanuvchilar xali-xanus Bluetoothdan foydalanib, musiqa va suratlarni telefondan telefonga o‘tkazishni yoddan chiqarmagan bo‘lsalar ajabmas.

Ericsson T39 — Bluetooth qollab-quvvatlagan birinchi telefon 2000-yilda yaratilgan.
Texnologiya radioto‘lqinlardan foydalanishda ISM-diapazoniga (Industry, Science and Medicine) bog‘liq, 2,4–2,4835 GGts diapazonini litsenziualashdan erkin foydalanadi, unda o‘zgaruvchan qayta quriluvchi chastotalar (Frequency Hopping Spread Spectrum, FHSS) spektrini kengaytirish usuli qo‘llaniladi. Chastotalar orasida ketma-ket psevdotasodifiy ishga tushish xususiyati evaziga yonma-yon turgan bir necha qurilmalar xalaqitsiz tekis ishlaydi. Bluetooth 1.0 versiyasi 1998-yilda tayyor bo‘lgandi, biroq turli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari o‘rtasidagi yomon moslashuv turli muammolar yuzaga kelishining sababchisi bo‘ldli. Keyinchalik 1.1 versiyasida qator xatoliklar to‘g‘rilandi hamda qabul qilinadigan signallar quvvatli indikasiyasini olishga erishildi. Muvofiqlashtirish muammosini IEEE ishchi guruhi Bluetooth 1.2 versiyasi standartizatsiyada hal qildi. 2004-yilda ishlab chiqarilgan 2.0 versiyasi tezligi, Enhanced Data Rate (EDR) ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi evaziga 2,1 Mbit/s.ga yetdi, bazaviy tezligi esa 1.1 Mbit/s.ni tashkil etdi. 2007-yilda 2.1 qurilmasida batareya quvvati anchha tejaldi. 2009-yilda HS texnologiyasidagi Bluetooth 3.0 tezligi nazariy jihatdan 24 Mbit/s.gacha yetishiga erishildi. Hozirgi vaqtgacha qurilmaning ilg‘or versiyasi Bluetooth 4.2. bo‘lgandi. Olib yuriladigan qurilmalar smartfon qo‘llab-quvvatlovisiz mazkur versiya shunchaki ishlamaydi. Keyinroq Bluetooth 4.2 ning o‘rniga Bluetooth 5. ArsTechnica paydo bo‘ldi. Bluetooth SIG ijrochi direktori Mark Pauell yangi standart tezligi 4.2ga solishtirganda 2 marta, ta’sir radiusi — 4 marta ortadi, shuningdek, «keng xabar beruvchi paketlar uchun ancha katta imkoniyatga egalik imkonini beradi» — deya ta’kidlaydi. Hozir 4.2 versiyasida bunday paketlar ma’lumotlar yozish uchun 31dan 47 bayt o‘lchamga ega. Hozircha yangi versiya qanchalik kattalashishi ma’lum emas. Paketlarni noma’lum manzil egalariga uzatish imkoniyati ixcham uzatish moslamalariga ega keng foydalaniladigan «mayoqchalar» deb nomlangan qurilmalarni o‘rnatmay, bino ichida GPS tizimini almashtirmay turib, joylashgan joyi haqida axborot, reklama va boshqa ma’lumotlarning mahalliy joylashgan joyiga bog‘liq axborotlar, masalan, ko‘rgazma eksponatlari haqida ma’lumotlarni muntazam ravishda uzatishi mumkin. Ehtimol, dastlabki Bluetooth 5.0 qurilmalari 2017-yilning boshida paydo bo‘lishi mumkin. Ulardan tezlikni oshirish va energiyadan samarali foydalansh uchun «aqlli uy» va olib yuriladigan qurilmalar yangi gadjetlarida foydalanish mumkin.




Download 1,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi

Download 1,51 Mb.