• 3 - REFERAT Uzunlik o`lchov birligi etaloni Topshirdi: Orifov A Guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Qosimov A
  • Mavzu: Uzunlik o`lchov birligi etaloni . Reja: 1. SI
  • 3 referat uzunlik o`lchov birligi etaloni Topshirdi: Orifov a guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Qosimov A




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana02.06.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #69087
    TuriReferat
      1   2   3   4
    Bog'liq
    uzunlik-o0lchov-birligi-etaloni
    Hamlet


    MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    FARG’ONA FILIALI 
    “KOMPYUTER INJINIRING” FAKULTETI 
    "TABIIY FANLAR" KAFEDRASI 
    FIZIKA FANIDAN 
    3 - REFERAT 
    Uzunlik o`lchov birligi etaloni 
     
    Topshirdi: Orifov A 
    Guruxi: 651-17 
    Qabulqildi: assistent Qosimov A
     
     
     
    FARG’ONA – 2017 
     


    Mavzu: Uzunlik o`lchov birligi etaloni
    Reja: 
    1. SIning asosiy kattaliklari. 
    2. Uzunlik o`lchov birligi to`g`risida tushuncha. 
    3.  Yer meredianini o`lchash. 
    4. «G‘arib qolgan» metr tizimi. 
     
    SInig asosiy kattaliklari bu – uzunlik (masofa), massa, vaqt, tok kuchi, 
    ermodinamik harorat, yorug‘lik kuchi, hamda, modda miqdoridir. 
    Kelishuvga muvofiq, asosiy kattaliklar mustaqildir (yani, ular boshqa fizik 
    kattaliklardan keltirib chiqarilmaydi). Ularga muvofiq asosiy birliklar 
    sifatida O‘TXK metr, kilogramm, amper, kelvin, kandela va molni 
    tasdiqlagan. Asosiy birliklarning ta’riflari, quyidagi 2.1.1 bo‘limda 
    keltirilgan. Asosiy kattaliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy kattaliklarga 
    muvofiq ravishda, algebraik munosabatlar yordamida asosiy birliklardan 
    keltirib chiqarilgan hosilaviy birliklar quyida, 1.4 bo‘limda ko‘rib 
    chiqiladi.1889 yildan boshlab metr ta’rifi Platina-Irridiy asosidagi xalqaro 
    etalonga asoslangan edi. Lekin uni, 1960 yilda 11 – O‘TXK, Kripton-
    86 atomining vakuumdagi nurlanishining to‘lqin uzunligiga muvofiq
    keluvchi ta’rifi bilanalmashtirdi. Bu o‘zgarish metrni aniqlashni
    takomillashtirish, natijaning aniqligini oshirish maqsadida amalga 
    oshirilgan bo‘lib, u Kripton-86 atomining 2P10 va 5d5 sathlariaro o‘tishiga
    muvofiq keladigan vakuumdagi nurlanishning 1650763,73 to‘lqin 
    uzunligiga teng ekanligi belgilangan edi. Bu ta’rif ham O‘TXKning 17-
    Bosh konferensiyasida, (1983, Rezolyutsiya 1, CR-97 va Metrologia, 
    1984, 20, 25) quyidagi yangisi bilan almashtirildi: 
    Metr – yorug‘likning vakuumda soniyaning 1/299792458qismida bosib 
    o‘tadigan masofasiga teng.Bundan ma’lum bo‘ladiki, yorug‘lik vakuumda
    soniyasiga 299792458 metr/soniya tezlik bilan harakatlanar ekan. Metrning 
    1889 yilda 1-O‘TXQ (CR, 34-38) tomonidan rasman tasdiqlanganasl etaloni
    hali hamon O‘TXQ idorasida, 1889 yilda belgilangan sharoitlarda 
    saqlanmoqda.Dengiz mili – dengiz va havo navigatsiyasida masofani
    ifodalash uchun maxsus qo‘llaniladigan masofa birligi. Dengiz mili
    uchun xalqaro kelishilg an qiymatni, 1929 yilda Monakoda o‘tkazilgan
    Birinchi Ekstraordinar Xalqaro Gidrografiya Konferensiyasida, «xalqaro
    dengiz mili» nomi ostida tasdiqlangan. Hozircha hechqanday xalqaro 
    miqyosdagi kelishuvlar yo‘qligi sababli, dengiz mili uchun M, NM, va Nm
    belgilarining barchasi uchrab turibdi. Jadvalda ulardan faqat M belgisi 
    keltirildi. Ushbu birlikning avvaldan tanlangani va hozirgacha


    foydalanishda davom etib kelinayotganligining sababi shundaki, Yer
    sirtidagi 1 dengiz mili masofasi, Yer markaziga nisbatan 1 minut burchak 
    ostida yoy chizadi va u orqali, geografik kenglik hamda geografik uzunlik 
    o‘lchamlarini, burchak minuti bilan ifodalash qulayroqdir.Nemislar II jahon 
    urushida mutlaq so‘zsiz taslim bo‘lish haqidagi aktga imzo chekishudan 
    roppa rosa 155 yil avval, ya’ni, 1790 yilning 8 may kuni Farang
    Milliy Ta’sis Hay’ati o‘lchovlarni isloh qilish haqidagi Dekret qabul qildi 
    va uni qirol tasdiqladi. Dekret matni asosan Taleyran tomonidan tahrir
    qilingan bo‘lib, u o‘z mazmuniga ko‘ra, Taleyranning loyihasi hamda, 
    Fanlar Akademiyasiga tegishli tayyorgarchilik ishlarini olib borish 
    to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalardan iborat edi. Notinch inqilob zamoni 
    bo‘lishiga qaramay, Fanlar Akademiyasi va uning olimlari tezkorlik bilan
    ishchi guruh tashkil qilib, amaliy harakatlarni boshlab yuborishdi. Eng 
    obro‘li olimlarni o‘z tarkibiga qamragan bir necha nufuzli hay’atlar tashkil 
    qilindi. Ish eng avval va eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘lchov – uzunlik
    va masofa o‘lchovini standartlashtirishdan boshlandi.Mashhur matematik 
    olim J.-L Lagranj (1736-1813) boshchilik qilgan akademiya hay’ati, barcha 
    o‘lchovlar uchun, shu jumladan vaqt birligi – kun uchun ham, o‘nli sanoq 
    sistemasi va uning karrali va ulushli qiymatlariga asoslangan birliklar 
    tizimini qabul qilishni taklif etdi.
    Boshqa bir buyuk matematik P.-S.Laplas boshchiligidagi va
    tarkibida G.Monj, J.A. Kondorse, J.Sh.Borda va Lagranjning o‘zi ham 
    bo‘lgan ikkinchi bir hay’at esa, uzunlik uchuno‘lchov birligi sifatida, Yer 
    meridianining qirq milliondan bir qismini asos qilib olishni taklif qildi. 
    Qoyil qolish kerakki, faranglar uzoqni ko‘zlab ish boshlashgan: agar faqat 


    farang xalqiga xos biror unsur asosida o‘lchov birligi tanlab olinsa, boshqa 
    millatlar, xususan, xalqaro siyosat maydonida raqobatchi bo‘lgan ingliz va 
    ispanlar uni qabul qilmasliklari aniq edi. Agar, xech qaysi millat e’tiroz
    bildira olmaydigan, barcha insoniyat uchun umumiy bo‘lgan qandaydir 
    global va tabiiy, o‘zgarmas asosga tayanib ish tutilsa, bu borada muammolar 
    bo‘lmasligi, yoki, kamroq bo‘lishi mumkin... Albatta, keyinchalik bunday
    yondoshuv, ya’ni, Yer meridiani uzunligiga asoslanib metrni aniqlash usuli 
    o‘z dolzarbligini yo‘qotdi, bu usul ancha besamar va xatolik darajasi 
    nisbatan katta bo‘lib chiqdi. Biroq, 1790 yilda, yuqorida sanab o‘tilgan 
    fidoyi olimlar ishitirokidagi hay’at, metrni aynan Yer meridianiga asoslanib 
    aniqlash joizligi borasida qat’iy qarorga kelib bo‘lgandi. Shu tarzda olimlar, 
    xalqaro siyosatdan bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga erishgan 
    edilar.Farang Fanlar Akademiyasining bu borada bergan hisobotida
    shunday yozilgan: «Olimlarning takliflarida, o‘nli sanoq sistemasiga 
    asoslanish kerakligidan bo‘lak boshqa hech qanday tasodifiy narsa yo‘q va 
    hech qanday mutlaqo milliy yoki, mahalliy o‘lchov ham yo‘q!
    Agar, ushbu ishlarning qanday bajarilgani haqidagi barcha hujjat 
    dalillar yo‘q bo‘lib ketsayu, ularning faqat mahsuliy natijalari saqlanib 
    qolgan taqdirda, ularni qaysi millat o‘ylab topganligi va ularni amalga 
    oshirganligi haqida hech qanday belgi topib bo‘lmaydi.»Shu tarzda, 
    Farangistonda boshlangan o‘lchov birliklarining yagona tizimini joriy 
    etishga qaratilgan harakatlar, farang xalqi milliy ichki miqyosidan chiqib 
    ketdi va jarayonga haqiqiy tarixiy ahamiyat bag‘ishladi. Milliy Kengashda
    bu borada o‘ziga xos shior paydo bo‘ldi: «Barcha zamonlar va barcha
    xalqlar uchun!». Mavzuga oid bahs va muhokamalarda esa, mazkur 
    yangi tizim uchun, uning dastlabki va asosiy birligi – metrdan kelib chiqib 
    metr tiziminomi o‘rnashib qoldi. 


    Ta’kidlash joizki, metrning haqiqiy o‘lchashlarga asoslangan, tabiiy 
    aniqlanishi jarayoniga, farang olimlari katta ahamiyat va e’tibor qaratishgan. 
    Balki, Yer meridianining aniq o‘lchangan 1/40000000 qismiga teng
    o‘lchov asbobini o‘z qo‘li bilan tutish, olimlar uchun qandaydir ramziy 
    ma’no kasb etuvchi muhim yutuq sifatida qaralgandir. Akademik 
    hisobotning o‘lchovlar va birliklar haqidagi ilovasi Milliy Ta’sis
    Majlisi tomonidan 1791 yilning 26 mart kuni tasdiqlandi. Taleyran majlisda 
    qilgan chiqishida, o‘lchash amaliyotlariga mutaxassislarni jalb etish
    uchun, zudlik bilan Angliya Qirollik Jamiyatiga murojaat qilishni taklif
    etdi. Biroq uning bu fikrini hech kim ma’qullamadi va inqilobiy 
    Farangistonning yakka o‘zi metrning tabiiy qiymatini keltirib
    chiqarishga, ya’ni, Yer meridianining uzunligini aniqlashga kirishdi. 
    Geodeziya mutaxassislari avval boshdanoq, Yer meridianining, Parij
    orqali o‘tuvchi va shumolda Dyunkerk, janubda esa Barselona shaharlarini 
    tutashtiruvchi, kenglik bo‘yicha 9º 40’lik qismining uzunligini o‘lchashni
    taklif qilishgan edi. Qator sabablarga ko‘ra, aynan ushbu kesma eng maqbul 
    tanlov bo‘lib chiqqan: avvalo, mazkur shaharlaring joylashgan kengligini, 
    yulduzlarga qarab katta aniqlikda bilib olsa bo‘ladi; qolaversa, Dyunkerk 
    ham Barselona ham deyarli dengiz sathida joylashgan shaharlar bo‘lib, bu 
    esa o‘lchash natijalariga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritish ishlarini istisno 
    qiluvchi ijobiy faktor edi. Faqat bu ikki shahar o‘rtasidagi masofani katta
    aniqlik bilan o‘lcab chiqish qolgan edi xolos. U tahminan ming


    kilometrmasofani tashkil etardi va bunday ulkan miqyosdagi o‘lchash
    ishlarini, qandaydir chizg‘ich yoki, qadam o‘lchagich kabi asboblar bilan 
    bajarib bo‘lamydi albatta. Bunday masofalarni geodeziya mutaxassislari
    triangulyatsiya usuli bilan o‘lchashadi. Triangulyatsiya uslubining 
    mohiyati shundaki, bunda avvalo o‘lchash ishlarining boshlanish joyida,
    faqat ikkita nuqta orasidagi 5-7 km masofadagi kesmani bevosita
    aylanib turuvchi gardishli tasmasimon masofa o‘lchash asbobi (ruletka)
    orqali imkon qadar katta aniqlikda o‘lchab, qayd qilib olinadi. Bu
    o‘lchov natijasi asosiy o‘lcham hisoblanadi va u butun o‘lchanadigan
    masofa uchun tayanch o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Asos o‘lchovi
    belgilab olingach, masofaning har ikki tomonida o‘rnatilgan teodolitlar
    (katta aniqlikka ega gradus shkalasiga ega bo‘lgan kichikroq teleskop) 
    yordamida, asosiy o‘lcham chizig‘idan, masofaning ikkinchi uchi 
    yo‘nalishida 5-7 km uzoqlikda joylashgan biror balandlik nuqta
    tanlanadi. Bunday nuqta sifatida, istalgan balandlikning tepasi – minora 
    ustimi, tabiiy qir, adir yoki tog‘tepasimi, hullas, peyzajdan yaqqol ajralib
    chiqqan va ustiga chiqsa b o‘ladigan biror joy tanlanadi. Keyin esa, 
    mazkur uchinchi nuqtaning ustidan turib, teodolit yordamida avvalgi ikki 
    asosiy nuqta yo‘nalishida burchal o‘lchanadi. Dastlabki ikki nuqta orasidagi 
    masofa va uchinchi nuqtadan ushbu masofa yo‘nalishidagi 
    uchburchakning burchagini bilgan holda, maktab geometriya kursida 
    bo‘lgani kabi, uchburchaklarni yechish usuli bilan, uchburchakning qolgan 
    ikkala tomonini ham aniq hisoblab chiqish mumkin bo‘ladi. Shunday 
    tarzda, bitta eng boshidagi uchburchakning tomonlarini aniq belgilab olinsa, 
    keyingi uchburchaklarning ham ketma-ket ulab borish va ma’lum miqyos-
    masshtabda qog‘ozga tushirib davom ettirish orqali, butun boshli
    minglab kilometrlar masofani ham katta aniqlikda o‘lchab chiqish 
    mumkin. Farang olimlari, yuqorida aytilganidek, uchburchaklar bilan 
    qadamlab chiqish orqali, Dyunkerkdan Barselonagacha bo‘lgan masofani
    o‘lchab chiqishga kirishdilar. Bunday olamshumul va mashaqqatli
    ishning rahbarligi, masofaning bir tomonidan (Dyunkerkdan boshlab)
    J.B. Dalamber va ikkinchi tominidan (Barselonadan) P.F. Mishenlarga
    topshirildi. Tarkibida malakali geodezist va astronomlar bo‘lgan ishchi 
    guruhlar, manzillari tomon 1792 yilning 25 iyul kuni yo‘lga chiqishdi. 
    Umuman olganda bunday jarayonlar, ko‘p yillik mashaqqatli mehnat va 
    hisob-kitoblarda sabr toqatli bo‘lishni talab etadi. O‘lchash ishlarida, 
    ko‘zda tutilmagan qadaydir tabiiy va juz’iy muammolar yuzaga kelishi, 
    tushunadigan va tushunmaydigan kimsalarning halaqitlari paydo bo‘lishi 
    mumkin. Bunday ishlar tinchlik va hotirjamlik hukm surgan odatiy 
    sharoitlarda ham amaliy jihatdan juda murakkabdir. Yangicha g‘oyalar
    va anglashilmovchiliklarga to‘la Jan Batis Dalamber(1749-1822) inqilobiy 
    davrda esa, xavf-hatar ikki xissa ortadi. Lekin bu narsa, jasurolimlarni


    to‘xtatib qola olmadi. 1793 yilda Dyunkerkdagi qo‘gng‘iroq minorasidan
    boshlab, J.B. Dalamberning Barselona tomonga uchburchakli ulug‘vor
    yurishi boshlandi. Ayni vaqtniong o‘zida, unga qarama-qarshi
    yo‘nalishda, Barselonadan Dyunkerkka tomon P.Mishen ham yo‘lga chiqdi. 
    Rejaga ko‘ra, olimlar Farangiston janubidagi Rodez shahrida uchrashishlari
    kerak edi. Delamberning yo‘li ancha hatarli bo‘lib, u bir necha marta, 
    josuslik va ayg‘oqchilikda ayblanib, inqilobiy kayfiyatdagi kishilar 
    tomonidan hibsga olindi. Ularda hibs uchun vaj juda oddiy, shunday
    notinch zamonda, g‘alati asboblar bilan shaharning minoralariga chiqib-
    tushayotgan kimsa, ayg‘oqchi bo‘lmay yana kim bo‘lishi mumkin?! Har 
    safar olim, Fanlar Akademiyasi topshirig‘iga ko‘ra, Yerning meridianini
    o‘lchayotganligini tushuntirishga urinar edi. - «Hech qanday akademiya 
    yo‘q! Bundan buyon biz hammamiz teg huquqlimiz, sen biz bilan
    ketasan!!!» - deb olimniishlariga halaqait berardi mast holdagi
    inqilobchi. Shunga qaramay, ko‘p hollarda, olimlar bu kabilardahaqiqiy
    ma’noda bir bosh baland bo‘lib, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan 
    bajarishar edi. Ular, uzoq 7 yil davomida, tomlarda, minoralarda, cherkov
    va qasrlar qubbalarida o‘lchash va hisoblashlar olib borib, Dyunkerk va
    Barselona orasidagi masofani o‘lchab chiqishdi. Bu haqiqiy jasorat 
    namunasi edi. Endilikda faqat bir metrning uzunligini hisoblab chiqish 
    qolgan edi xolos. Dalamber va Mishenning mashaqqatli mehnatlarining
    samarasi o‘laroq tayyorlangan metr etaloni, ya’ni, Yer meridiani chorak
    qismining qirq milliondan bir ulishi (aslida, ish boshida Mishen tomonidan
    yo‘l qo‘yilgan ayrim xatoliklar tufayli bu biroz boshqacha hisob bo‘lib 
    chiqdi), sof platina metalidan tayyorlanib, Farang Milliy Arxiviga 
    topshirildi. Bu orada mamlakatda siyosiy va ijtimoiy ahvol battar 
    yomonlashdi. Og‘ir iqtisodiy sharoitda narh-navo juda ko‘tarilib ketdi va 
    xalqning g‘azabi yanada qaynab borardi. 10 avgust 1792 yil sanasida,
    ocharchilik va notinchliklarda sillasi qurigan olomon yana bir katta
    qo‘zg‘olonga qalqidi. Tyuilri qal’asi qamal bilan qo‘lga olindi va qirol
    Lyudovik XVI, Farangiston dushmanlari bilan aloqa qilganlikda
    ayblanib, Tampl qamoqxonasiga tashlandi. Ushbu to‘polonlarni, Tyuilri 
    qal’asi yaqinida hayrat bilan kuzatib turgan 23 yoshli past bo‘yli bekorchi 
    ofitser, qirol qal’asini taqdir aynan uning uchun bo‘shatib
    berayotganligini hayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. U shuningdek,
    bir necha yildan keyin, aynan uning imzosi bilan tasdiqlanadigan metr
    tizimi, keyinchalik siz bilan biz qabul qiladigan Xalqaro Birliklar 
    Tizimining poydevori bo‘lib xizmat qilishini ham o‘ylamagani tayin.
    Nima bo‘lganda ham, qaramog‘ida 7 nafar opa-uka va singillari hamda,
    onasi bilan birga, Tulon shahriga harbiy xizmatga qabul qilishlarini
    so‘rab borgan va anchayin tasodifiy ravishda, artilleriya 
    qo‘mondonligiga tayinlangan, o‘zining birinchi va hayotidagi eng mashhur


    jangini esa, 1793 yilning 17 dekabrida zafar quchgan ushbu past bo‘yli 
    chapaqay odam – Napaleon Bonpart edi. 1792 yil dekabrida Lyudovik XVI 
    ustidan sud mahkamasi boshlandi va 1793 yil yanvarida u qatl etildi.
    Avgustda Yakobinchilar diktaturasi o‘rnatildi, oktyabrda esa, qirolichia
    MariyaAntuanetta ustidan sud mahkamasi o‘tkazildi va u ham qatl
    etildi. Shundoq ham ichki notinchliklar bilan qiynalib turgan Farangiston
    tashqi dushmanlar zrbalarini ham qaytarishga majbur bo‘layotgan edi.
    Bunday og‘ir sharoitda, o‘lchovlar va birliklar tizimini isloh qilish 
    haqida gap bo‘lishi ortiqchadek tuyulardi go‘yo. Boshlab qo‘yilgan
    katta maqsadlarni ko‘zlagan ishlar to‘xtab qoldi. 1793 yilning avgustida,
    Fanlar Akademiyasining o‘zini ham tugatish haqida hukumat qarori
    paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan, barcha farang olimlari, harakatdagi 
    armiyani qo‘llab quvvatlash, texnik qurollantirish ishlari uchun 
    safarbarlikka jalb Dalamber bajargan triangulyatsiya chizmalari va 
    hisoblashlari etildilar. Kimyogarlar, fiziklar va matematiklar – Bertolle, 
    Monj, Perre, Lagranj va boshqalar, mudofaa ishlariga jalb etildi. Lagranj
    ballistik nazariya hisob-kitoblari bilan shug‘ullangan bo‘lsa, Bertolle 
    portlovchi moddalarni tayyorlash texnologiyasini, Monj esa, zambarak 
    quyush va to‘p tayyolash usullari bo‘yicha shug‘ullanishdi. Bunday
    sharoitda esa, o‘lchovlarni standartlashtirish masalalari o‘z-o‘zida 
    chekkada qolib ketar edi. Biroq, zamonning o‘zi taqozoqilib turgan, yagona
    birliklar tizimini ishlab chiqish loyihasiga bunday munosabat yaramas 
    ekanligini ko‘pchilik fahmlar edi. Ba’zi jur’atliroq olimlarning tashabbuslari 
    bilan, bu borada hech bo‘lmasa vaqtinchalik biror tizim ishlab chiqish
    va joriy etish masalasi ko‘rib chiqila boshladi.1657 yilda golland olimi
    Xristian Gyuygens o‘zi ixtiro qilgan matematik mayatnikli soatlarga
    patent oldi. Madaniylashgan Ovro‘paning barcha ziyolilari va
    olimlarning e’tibori mazkur asbobga qaratildi. Butun boshli ilmiy
    anjumanlarda, ekspeditsiya va tadqiqotlarda Gyuygensning mayatnikli
    soatlari asosiy ishtirokchilardan biriga aylandi. Ushbu soatlarda o‘ziga
    xos noyob bir jihat mavjud bo‘lib, ular mayatnik uzunligining berilgan
    muayyan qiymatga nisbatan har qanday kichik og‘ishlarini ham yig‘indi
    tarzida o‘z ko‘rsatkichlarida namoyon qilib berar edi. Ayanan shu xossaga 
    asoslanib, Danyalik astronom Olaf Remerva fransuz Pikar, tebranish davri
    bir soniyaga teng bo‘lgan soat mayatnigining uzunligini, o‘lchovlar
    uchun etalon sifatida qabul qilishni taklif etdilar. Ularning g‘oyasiga
    ko‘ra, agar mayatnikli soatning yurishini bir necha kecha-kunduz
    davomida kuzatib borilsa, ularning haqiqiy tabiiy vaqtdan qanchalik
    orqada yoki oldinda borayotganligiga qarab, muayyan mayatnikning
    uzunligini, aniq soniya mayatnigi uzunligiga nisbatan qisqaligi yoki 
    uzunroqligini bilib olsa bo‘ladi. Tegishli tuzatishlarni kiritish orqali,
    aniq soniya mayatnigi uzunliginiga teng bo‘lgan biror etalon yasab olib,


    undan Yer yuzining istalgan nuqtasida universial uzunlik o‘lchov birligi
    sifatida foydalanish mumkin bo‘lar edi. G‘oya anchayinzukkolik bilan 
    keltirilgan edi, lekin... Mana shu «lekin», Pikar va Remerlarning ishini 
    beliga tepdi. Gap shundaki, 1676 yilda, Parijda mahalliy astronomik vaqt 
    uchun uchun katta aniqlikda to‘g‘ri yuradigan mayatnikli soat, 
    Farangistonnig Janubiy Amerikdagi mustamlaka mulkyerining ma’muriy 
    markazi bo‘lmish Kayennada, sezilarli ravishda sekin yuriayotgani va tabiiy 
    kecha-kunduzdan orqada qolayotganligini xabar qilindi. Gyugens bu
    anomaliyani, oson va sodda tushuntirib berdi: soat mayatningining 
    tebranish davri, u turgan hududning joylashgan geografik kengligiga
    bog‘liq edi. Bu esa, soniyali mayatnikning etalon xossasi
    haqidagig‘oyalarni shubha ostiga qo‘ydi va masalani battar chigallashtridi. 
    Yakunda, soniya mayatnigi uzunligining etalon xossasi haqidagi ilhombahsh 
    g‘oyalarning hammasi puchga chiqdi. Biroq, ushbu jarayon va uning
    ichida kechgan muhokamalar izsiz ketmadi. Gyugens mayatniklisoatlari 
    va Remer hamda Pikarning takliflari siz va bizga kundalik turmshimizdagi 
    juda yaxshi tanish o‘lchov birligining nomi – metrni meros qoldirdi.Biz
    yuoqrida, soniya mayatnigi uzunligini, uzunlik o‘lchov birligi uchun
    etalon sifatida qabul qilishni Olaf Remer va Jan Pikar taklif etishgan
    degan edik. Aslida ular bu g‘oyani boshqalardan olgan bo‘lishsa kerak. 
    Chunki, soniya mayatnigining uzunligini etalon sifatida qabul qilish
    haqidagi ilk fikrlar muallifi aslida, Polshadagi Krakov universiteti
    o‘qituvchisi Stanislav Pudlovskiy (1597-1645) bo‘lgan. Biroq yosh 
    Pudlovskiyning erta vafoti munosabati bilan, uning g‘oyalari bir muddat 
    qog‘ozda qolib ketgan edi. Ularni bir necha yillardan so‘ng, shogirdi Tit
    Burattini (1615-1682) qayta jonlantirgan. Aynan Burattini, o‘zining
    1675 yilda Vilno2shahrida nashr etilgan ilmiy risolasida, soniya mayatnigi 
    etaloniga asoslangan uzunlik o‘lchov birligi uchun metr atamasini taklif 
    etgan. U qadimgi yunon tilidagi μέτροn (metron –o‘lchash, o‘lchagich 
    ma’nolarida) va lotincha metrum so‘zlaridan kelib chiqib ushbu taklifni 
    o‘rtaga tashlagan edi. Shu tarzda uzunlik o‘lchov birligi uchun yangi atama 
    yuzaga keldi va ommalashib ketdi. Uning o‘lcham qiymati hozirda siz va 
    biz ko‘nikib qolgan va oz vaqtida inqilobiy farang jamiyatining olimlari 
    tomonidan qabul qilgan metrdan tubdan farq qilsa ham, harholda, bu narsa
    mazkur atamani, o‘sha zamonlardayoq yangicha uzunlik o‘lchov birligi 
    uchun ham tadbiq etilishiga hech qanday to‘sqinlik qilmagan. Farang
    tili etimologik lug‘atlarida ham, metr so‘zi, farang tiliga yuqorida qayd 
    etilgan usulda, ya’ni, qadimgi yunon va lotin tillari orqali, XVII asrda kirib 
    kelgani izohlanadi.
    1. U Yupiter yo‘ldoshlarining Yerdagi kuztuvchiga ko‘rinish 
    vaqtining kechikishini tushuntirish asnosida, tarixda ilk bor 


    yorug‘lik tezligining nisbatan aniq qiymatini hisoblab chiqqan 
    olimdir. 
    2. Hozirgi Vilnyus shahri, Estoniya davlati poytaxti.

    Download 0.68 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3 referat uzunlik o`lchov birligi etaloni Topshirdi: Orifov a guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Qosimov A

    Download 0.68 Mb.
    Pdf ko'rish