Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari




Download 278.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi278.13 Kb.
#46330
1   2   3   4
Bog'liq
3- seminar mashg\'uloti
bioetika 1mavzu, Fan Algoritmlar va ma\'lumotlar strukturalari, Asosiy elementar funksiyalar., parrandachilikda-naslchilik-ishlarini-tashkil-etish, Suyunova Gulmira, 152709, 10 sinf zakovat, Kompyuter taminoti Mustaqil ish, naqshbandiya-ta-limotining-tarbiyaviy-ahamiyati, 3006ebdc-b129-42c5-ac06-6176fb2f9546, майыплыгы болганлар, 1 маруза, a4428e50-84ef-455f-8412-f2edbacbc876, qlLi5yDXVZzgF4oVKmbNpv47DmzrxZpNAQReYtQU
2.Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari

Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar 
o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, 
ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini 
o’zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim. 
Nazorat 
(ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, 
o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash tekshirish deb ham ataladi. 
Tekshirish 
– nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar 
o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida 
ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. 
Tekshirishning maqsadi nafa
qat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati 
hajmini ham aniqlashdan iborat. 
Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini 
oldindan aniqlash 
hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv 
yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, 
shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim (kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi 
mumkin va o’rinli. 
Bilimlarni teksh
irishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o’zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. 
Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni 
o’zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida 
olingan muayyan vaziyatni o’rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular 


o’quv materiali mazmuni, murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va 
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi. 
Oraliq tekshirish 
bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi sanalib, 
o’quvchilarning o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma 
va malakalari darajasi
ni aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni o’rganish bilan birga o’quvchilar 
avval o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga 
ko’maklashadi, biroq o’quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini 
tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo’llanilsagina 
ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi. 
Tizimning to’rtinchi bosqichi –o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki 
kursning al
ohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – 
kursning turli qismlarida o’rganilgan o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro 
aloqalarni o’zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va 
umumlashtirish. 
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha 
bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. 
O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o’quv yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni 
qo’shib, o’rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo’lmasligi lozim. Bu, 
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni 
tashhislashdir. 
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida) ham 
oladi. O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar 
shartli 
belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko’rinishida qayd etiladi. 
O’quvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. 
Bunda o’quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor 
ko’rsatkichlari ko’proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko’rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo 
baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) 
ma’lum ball, ko’rsatkich (masalan, o’rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o’lchash va 
hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini 
unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo’llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator 
mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega. 
Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko’ra 
o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida 
tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashtirish (ta’lim 
samaradorligi) ko’rsatkichi B A T yuz foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda: 

– o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi; 

– amalda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi; 

– o’zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarning to’liq hajmi. 
Ko’rinib turibdiki, o’zlashtirish ko’rsatkichi (baho) bu o’rinda 100 foiz – axborotni to’liq o’zlashtirish va 
0 foiz 
– uning umuman mavjud emasligi o’rtasida bo’ladi. Ma’dlumki, baholash funkstiyasi ta’lim 
darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho 
– ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, 
bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish 
vositasi. Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o’quvchilarda adekvat o’z-o’zini baholash, shaxsiy 
muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining 
xilma-
xilligi o’quvchilar o’quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni 
ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi. 
Hisobga olish 
ta’limning muayyan davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirish, 
xulosalash demakdir. 
O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: 
1.
o’quv dasturi asosida mavzu va bulimni o’rganishda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va 
malakalarini har tomonlama nazorat qilish; 
2.
har bir yakunlangan mavzu bo’yicha o’quvchilarning faoliyati to’g’risida xulosa chiqarish; 


3.
o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini 
baholamaslik; 
4.
o’quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir 
nec
ha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish. 
Demak, o’zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish 
vazifalarini bajaradi: 
O‘quvchilarning bilim 

Download 278.13 Kb.
1   2   3   4




Download 278.13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari

Download 278.13 Kb.
Pdf ko'rish