|
3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasi
|
bet | 2/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 65,3 Kb. | | #253537 |
Bog'liq 3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasiTadqiqot ob’yekti. Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf matematika darslari.
Tadqiqot maqsadi. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarda foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
. Pedagogik texnologiyalarni nazariyasining umumiy asoslarini o’rganish.
. Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish.
. Pedagogik texnologiyalarni va ularning turlarini tahlil etish.
. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash uslubini ishlab chiqish.
. Ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar asosida tajriba-sinov ishlarini o’tkazish.
Tadqiqot metodlari. Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik adabiyotlar hamda me’yoriy, o’quv-dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o’quv jarayonini kuzatish,suhbat,so’rovnoma, testlar o’tkazish, eksperiment uslublari, pedagogik tajriba-sinov natijalari umumlashtirildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi nazariy o’rganildi.
- pedagogik texnologiyalarning mohiyati uni tashkil etuvchi va mazkur jarayonga oid qismlari o’rganildi.
- boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar, taklif etilgan fikr-mulohazalardan yangi avlod darsliklar, metodik qo’llanmalar yaratishda foydalanish mumkin.
|
| |