• QISQA NAZARIY MA’LUMOTLAR
  • 4- – laboratoriya ishi vmware esxi da kerio control dasturini o‘rnatish va konfiguratsiyalarini sozlash ishdan maqsad




    Download 0,76 Mb.
    bet1/3
    Sana26.07.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #268717
      1   2   3
    Bog'liq
    VTT Lab 4 5 6 Uzb


    4- – LABORATORIYA ISHI
    VMWARE ESXI DA KERIO CONTROL DASTURINI O‘RNATISH VA KONFIGURATSIYALARINI SOZLASH


    Ishdan maqsad: WMware ESXi da Kerio Control dasturini o‘rnatish va sozlashni o‘rganish.


    TOPSHIRIQ:
    1. Kerio Control uchun virtual mashina yaratish.
    2. Kerio Control ni o‘rnatish.
    3. Kerio Control ning veb interfeysi bilan tanishish


    QISQA NAZARIY MA’LUMOTLAR
    Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funktsiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; qabul qilingan trafikni ichki tizimlarga yo‘naltirish; ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan hujumlardan himoyalash; barcha trafiklarni nazoratlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; ishonchli autentifikatsiyani ta’minlash. Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb yuritilgan. Umuman bularning hammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. Shuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan ham himoya qilish qobiliyatiga egadir.

    10.1-rasm. Firewallga asosida qurilgan tarmoq tuzilishi
    Tarmoqlararo ekranlarning quyidagi turlari mavjud:

    • Filtrlovchi;

    • Tarmoq sathi;

    • Amaliy sath

    Tarmoqlararo ekran (TE) o‘z funktsiyasini boshlashi uchun unga qoidalar to‘plamini kiritish lozim. TE funktsional qoidalari quyidagi ikkita asosiy printsiplarning biriga asoslangan bo‘lishi mumkin:

    • Taqiqlanganlarning hammasiga ruxsat bermaslik;

    • Taqiqlanmaganlarning hammasiga ruxsat berish.

    Yuqorida keltirilgan TE bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar bekorga keltirilmagan, ushbu laboratoriya ishidagi Kerio Control dasturi TE turlaridan biri hisoblanadi, ya’ni uning dasturi ta’minot turi. Shu bilan birgalikda Kerio Control dasturi eng ommabop TE larning biri hisoblanadi.
    Kerio Control (oldin KerioWinRoute Firewall va WinRoute Pro deb nomlangan) – bu dasturiy tarmoqlararo ekran bo‘lib, u Kerio Technologies va Tiny Software kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan. Uning asosiy funktsiyalari quyidagilar:

    • Internetga foydalanuvchilar tomonidan xavfsiz kirishni ta’minlash;

    • Lokal tarmoqlarni ishonchli himoyalash;

    • Tashkilot yoki korxona ishchilarining har xil veb-kontent kategoriyalariga kirishini taqiqlash hisobiga ish vaqtlarini va trafikni tejash;

    • va h.k.




    Download 0,76 Mb.
      1   2   3




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4- – laboratoriya ishi vmware esxi da kerio control dasturini o‘rnatish va konfiguratsiyalarini sozlash ishdan maqsad

    Download 0,76 Mb.