ISHNI BAJARISH TARTIBI
KerioControl nomli virtual mashina ishga tushuriladi, ishga tushushi bilan oldin ko‘rsatilgan .iso fayl yuklanadi va tegishli tarzda Kerio Control dasturi o‘rnatilishi boshlanadi 10.10-rasm.
10.10-rasm. Kerio Control.
Ishlatish qulayligi uchun jadvalda rus tili tanlanadi va dastur o‘rnatilishining keying bo‘limi ochiladi. Keyingi bo‘limda litsenziya shartlari keltirilgan bo‘lib, uni “F8” tugmasi orqali qabul qilish kerak bo‘ladi yoki “Enter” tugmasi orqali qabul qilinmaydi va dastur o‘rnatilishi bekorlanadi 10.11-rasm.
10.11-rasm. Litsenziya shartlari
Navbatdagi bo‘limda disk ichidagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketishi haqida ogohlantiruvchi xabar beriladi, ushbu xabarni inobatga olib dastur o‘rnatilishini davom ettirish uchun 135 raqamini terish talab qilinadi. Ushbu raqam kiritilgach “Enter” tugmasi bosiladi va o‘rnatish davom ettiriladi 10.12-rasm.
10.12-rasm. Ogohlantiruvchi xabar
Bundan keyin, Kerio Control dasturi o‘rnatilishi jarayoni ishga tushadi va yakunida “Enter” tugmasini bosib VM ni qayta ishga tushurish kerakligi ko‘rsatiladi 10.13-rasm.
10.13-rasm. O‘rnatish yakunlanishi ko‘rinishi
VM qayta ishga tushgach o‘rnatilgan Kerio Control dasturi ishga tushadi va quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi 10.14-rasm.
10.14-rasm. Kerio Control dasturi ishga tushirilishi
10.14-rasmda ko‘rsatilgan manzilga kirish imkoni bo‘lmaydi, chunki tarmoq interfeyslarining manziligi to‘g‘ri kelmaydi. Demak, ushbu muammoni bartaraf qilish lozim. Buning uchun “Enter” tugmasi bosiladi va quyidagi bo‘lim ochiladi 10.15-rasm.
10.15-rasm. Kerio Control dasturi konfiguratsiyasi
Bu yerda “Конфигурация сети” bo‘limi tanlanib istalgan bir interfeysga lokal tarmoq ip manzili beriladi (masalan: 192.168.1.11) 10.16-rasm. Shuni eslatib o‘tish kerakki, bu yerda yuqorida sozlanganidek 2 ta tarmoq interfeysi mavjud, ular oldin ta’kidlanganidek biri himoyalanuvchi ya’ni lokal tarmoq uchun ikkinchisi esa umumiy foydalaniladigan internet tarmog‘i uchun. Tegishli tarzda keyinchalik ikkinchi tarmoq interfeysiga amaliyotda internet provayderi tomonidan olinadigan statik ip manzil kiritiladi. Bu amaliyotda ichki tarmoq foydalanuvchilarini internet tarmog‘iga xavfsizlik tomonidan nazorat olinishi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi, chunki Kerio Control dasturining asosiy ishlash printsipi tarmoq xavfsizligini trafiklarni nazorat qilish orqali ta’minlash hisoblanadi.
10.16-rasm. Lokal tarmoq ip manzili
F8 tugmasi orqali ip manzil o‘zgartirilishi saqlanadi 10.17-rasm, bu yerda shlyuz manzili kiritilishi shart emas hisoblanadi. Endi ushbu manzilni brauzerning qidiruv bo‘limiga kiritish orqali Kerio Control dasturining web interfeysini ochsa bo‘ladi.
10.17-rasm. ip manzil o‘zgartirilishi
Brauzerda ushbu ip manzilga murojat qilishda ip manzil oldiga “https://” ko‘rsatilishi lozim, ko‘rsatilmasa dasturning web interfeysiga kirish imkoni bo‘lmaydi.
Kerio Control dasturining web interfeysi ochilishi bilan “Мастер активизации” ochiladi va u yerda yana bir nechta sozlamalarni amalga oshirish talab qilinadi. Bo‘limdagi “Разрешить Kerio Control передачу анонимной статистики” yonidagi bayroqcha olib tashlanadi, bu ko‘pchilik holatlarda kerak emas hisoblanadi. Keyingi bo‘limda “Admin” logini odatiy kiritilgan bo‘lib, faqat parol qo‘yish imkoni bo‘ladi, tegishli tarzda parol o‘rnatiladi va barcha bayroqchalar olib tashlanadi 10.18-rasm.
10.18-rasm. Admin uchun parol
Keyingi bo‘limda yana parollarni takrorlash ya’ni tasdiqlash talab qilinadi. Parollar takror kiritilgach sozlanmalar tugaydi va web interfeys ochilishi uchun o‘rnatilgan login va parollar talab qilinadi 10.19-rasm.
10.19-rasm. Login va parol
|