4 -laboratoriya ishi. Mavzu: flyus ostida avtomatik payvandlashni o‘rganish




Download 0.52 Mb.
Sana07.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#41362
Bog'liq
4 (3)
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira

4 -LABORATORIYA ISHI.

MAVZU:FLYUS OSTIDA AVTOMATIK PAYVANDLASHNI O‘RGANISH


Ishdan maqsad: Flyus ostida avtomatik payvandlash bilan tanishish va o‘rganish.
Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlashning unumli usullari yaratilsa-da og‘ir jismoniy mehnat, yuqori malaka talab etishi, chok sifatining bir tekisda bo‘lmasligi, ish unumdorligi pastligi va boshqa kamchiliklari payvandlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarurligini taqozo etdi. Bu usulda turli qalinlikdagi pulatlar, mis, aluminiy, titan va ularning qotishmalaridan tayyorlangan buyumlarni payvandlashda barcha ishlar mexanizatsiyalashtirganlik darajasiga ko‘ra payvandlash avtomatlarida va yarim avtomatlarda olib boriladi. Bunda kompleks mashinalar, mexanizmlar va moslamalardan foydalaniladi. 1-rasmda payvandlash avtomatining sxematik tasviri keltirilgan. Bu avtomatda elektrod simga tok keltiruvchi kontaktdan yoygacha oraliq bir necha santimetr bo‘lgani sababli avtomat zarur vaqtda yoyni o‘zi tiklaydi. Bu esa avtomatning muhim afzalliklaridan biridir, chunki elektrod simning issikligida qizishi kamayadi va deyarli katta tok zichligida o‘ta qizimay ishlashiga imkon beradi. Ma’lumki, payvand chok sifatli bo‘lishi uchun yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun elektrodning erish tezligi (K ) uning payvandlash joyi tomon uzatilishi tezligi ( V) ga teng bo‘lishi lozim ( V = K). Agar K > K bo‘lsa, elektrod qisqa tutashish va aksincha K < Ke bo‘lsa, yoy o‘chishi mumkin. Shuningdek, payvandlashda payvandlanuvchi metall sirtidagi notekisliklar, elektrod simning tutilish hollari bo‘lganda yoy uzunligi o‘zgarishi mumkin. Shu sababli payvandlash avtomati bunday hollarda o‘zi rostlanadigan bo‘lmog‘i lozim. Shu boisdan avtomatlar konstruksiyasiga ko‘ra yoy uzunligi quyidagicha rostlanishi mumkin: 1) elektrod simning erish tezligi ( K) o‘zgarmas bo‘lsa, uning uzatilish tezligi rostlanadi. 2) elektrod simning uzatilish tezligi ( K) o‘zgarmas bo‘lsa, uning erish tezligi rostlanadi.

4.1-rasm. Flyus qatlami ostida metallarni avtomatik payvandlash sxemasi: 1— elektrod sim; 2 — kasseta; 3 — uzatish mexanizmi; 4 — flyus po‘stlog‘i; 5 — bunker; 6 — shlak po‘stlog‘i; 7— erimagan flyusni so‘rish trubkasi; 8 — shlak; 9 — payvandlanuvchi metall
Elektrod simning uzatilish tezligi (V ) buyicha rostlanadigan avtomatlarning zanjirdagi tok va yoy kuchlanishi yoy uzunligi bilan chiziqli bog‘lanishga (U№= a + b + Lti) asoslangan. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra V > Kubo‘psa, yoy uzunligi uzayadi, natijada yoy kuchlanishi va elektrod simning uzatilish tezligi ortadi. Yoy uzunligi qisqarsa, yoy kuchlanishi kamayib, elektrod simning uzatilish tezligi kamayib, yoy uzunligi tiklanadi. 201-rasmda keltirilgan sxemadan ko‘rinadiki, payvandlashda elektr yoy elektrod sim bilan payvandlanuvchi metallning payvandlash joyi orasida flyus qatlami ostida yonib, ajratayotgan issiqlikda elektrod sim uchi hamda payvandlash joyi va flyusning bir qismi eriydi. Yoyning yonish zonasida erigan flyus bilan payvandlash vannasi orasida metall, flyus bug‘lari va gazlar bilan to‘lgan zona hosil bo‘ladi. Yoy esa vertikal holatdan payvandlash yo‘nalishiga teskari tomonga bir oz og‘adi. Suyuq metall yoy oqkan tomonga siqila borib, metall vannasini hosil qiladi. Ajralayotgan suyuqshlak esa metalldan yengilligi sababli uning sirtiga ko‘tariladi. Shlakning issiklikni yomon o‘tkazishi, metall vannaning suyuq shlak qatlami ostida bo‘lishi, vannaning sekin sovushi natijasida u erigan gaz va nometall qo‘shimchalardan ancha tozalanadi. Metallar payvandlab bo‘lingach, chok sirtidagi qotgan shlak katlami ajratiladi. Bu usulda metallarni payvandlashda payvandlanadigan metallar xiliga, qalinligiga ko‘ra flyus turi, elektrod sim markasi, diametri va payvandlash rejimi belgilanadi. Ma’lumki, flyuslar payvandlash yoyining barqaror yonishi, chok metalli tarkibini, strukturasini ta’minlash bilan puxta, ajralmaydigan payvand birikmalar olishda muhim rol o‘ynaydi. Flyus xili payvandlanuvchi metall xiliga, chokdan kutilgan puxtalikka va payvandlash usuliga ko‘ra tanlanadi. Metall buyumlarni flyus qatlami ostida elektr yoy yordamida metall elektrodlar bilan avtomatik payvandlash usuli dasta £ i payvandlashga qaraganda jarayonning mexanizatsiyalashtirilganligi, ish unumining yuqoriligi, qoplamasiz metall elektrod simlardan foydalanilishi, yoy vasuyuq metall vannaning tashqi muhitdan x^moya etilishi, metall vannaning deyarli sekin sovushi hamda gaz va nometall qo‘shimchalardan tozalanishi, ish sharoitiningyaxshiligi kabi afzalliklarga ega. Lekin qiyin choklarni \osil qilish, ayniqsa, montaj ishlarida ma’lum noqulaylnklarning tug‘ilishi kabi kamchiliklarga ega.

4.2 -rasm. Metallni flyus qatlami ostida elektrod sim bilan yoy yordamida uchma-uch avtomatik payvandlash chokining hosil bo‘lish sxemasi:
1 — elektrod sim; 2 — flyus; 3 — suyuq shlak; 4 — payvand chok; J — metall vanna; 6 —elektr yoy; 7— asosiy metall
Ish xaqida hisobot tuzing
Xisobot mazmuni.
Xisobotda quyidagilar yoritiladi.
Ishning maqsadi.
Flyus ostida payvandlashning mohiyati va texnologiyasi
Payvandlashda ishlatiladigan flyuslar turi
Flyus ostida ishlovchi payvandlash apparatining konstruksiyasi
NAZORAT SAVOLLARI
Flyus ostida payvandlash texnologiyasini aytib bering.
Flyus ostida payvandlashning afzalligi va kamchiligini aytib bering
Flyus ostida payvandlashtartibini aytib bering.
Download 0.52 Mb.




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4 -laboratoriya ishi. Mavzu: flyus ostida avtomatik payvandlashni o‘rganish

Download 0.52 Mb.