|
4- mavzu. Tizimli tahlil, strukturasi
|
bet | 1/2 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 144,54 Kb. | | #273883 |
Bog'liq 4- mavzu. Tizimli tahlil, strukturasi
4- mavzu. Tizimli tahlil, strukturasi (dekompozitsiya, analiz, sintez)
Reja
Tizim strukturasi, sinflari.
Tizimning struktura aspekti.
Tizimni tashkil etish.
Tizimli tahlil masalalari turlari va ularning tavsifi.
Tizimli tahlil prinsiplari.
Tayanch iboralar: tizim strukturasi (system structure), murakkab tizim(complex system), tizim sinflari(system classes), struktura aspekti(structural aspect), dekompozitsiya(decomposition), analiz(analysis), sintez(synthesis), tizimni tashkil etish(system organization), masalalari turlari(types of issues), tizimli tahlil prinsiplari(principles of system analysis).
Tizim strukturasi, sinflari
Tizimni har xil mezonlarga koʻra sinflash mumkin. Uni qat’iy ravishda amalga oshirish mumkin emas, u maqsad va resurslarga bogʻliq. Sinflashning asosiy usullarini (tizimlarni sinflashning boshqa mezonlari ham boʻlishi mumkin) keltiramiz:
Tizimning atrof-muhitga munosabatiga koʻra;
Tizimning kelib chiqishiga (elementlariga, aloqalariga, ichki tizimlariga) koʻra;
Tizim oʻzgaruvchilarining bayoniga koʻra;
Tizim ishlash qonuni (qonunlarining) bayoniga koʻra;
Aralash boshqarish (avtomatik, yarim avtomatik, avtomatlashtirilgan, tashkiliy) bilan tizimni (tizim ichida) boshqarish usuliga koʻra.
Agar tizimni tadqiq qilish yoki modellash uning katta oʻlchamiga (ya’ni tizim holatlari toʻplami S katta oʻlchamga ega) koʻra qiyin boʻlsa, bunday tizim katta deyiladi.
Agar tizimda holatlarni, ish bajarish qonuniyatlarini samarali bayon etish, tizimni boshqarish (aniqlash, boshqaruvchi parametrlarni bayon etish) yoki bunday tizimlarda qarorlar qabul qilish (ularda hamma vaqt qaror qabul qilish ichki tizimi boʻlishi kerak) uchun resurslar (asosan axborot resurslar) yetarli boʻlmasa, bunday tizim murakkab tizim deyiladi.
Ba’zan tizimning uch xil bayoniga koʻra uning trayektoriyasini, mohiyatini aniqlash mumkin boʻlmasa va shu sababli yana qoʻshimcha (harakatning integral modeli yoki konfigurator) – morfologo-funksional- infologik integral bayon zarur boʻlsa, bunday tizim murakkab tizim hisoblanadi.
Murakkab tizimlar har xil murakkablik turlarida boʻlishi mumkin:
Tasnifli yoki tashkiliy (tasnifni qurish, bayon etish, boshqarish uchun resurs yetishmaydi);
Dinamik yoki vaqtga bogʻliq (tizim harakati dinamikasini bayon etish va uning trayektoriyasini boshqarish uchun resurslar yetishmaydi);
Informatsion yoki informatsion-mantiqiy, infologik (tizimni informatsion, informatsion-mantiqiy bayon etish uchun resurslar yetmaydi);
Tadqiqotni hisoblash yoki amalga oshirish (tizim parametrlari hisoblashlarini samarali prognoz qilish uchun resurslar yetmaydi yoki ularni oʻtkazish resurslar yetishmasligi sababli qiyin);
Algoritmik yoki konstruktiv (ish bajarish algoritmini bayon etish yoki tizimni boshqarish uchun, tizimni funksional bayon etish uchun resurslar yetmaydi);
Rivojlanish yoki evolyutsiya, oʻz-oʻzini tashkil etish (barqaror rivojlanish, oʻz-oʻzini tashkil qilish uchun resurslar yetmaydi).
Tizimni tashkil etish
Tizimni tashkil etish, ishlab chiqish jarayoni:
Talablarni aniqlash. Har qanday tizimning rivojlanishi muammoning bayoni bilan boshlanadi. Tizimlar, qoida tariqasida, koʻp foydalanuvchilar uchun yaratilgan. Ularning har biri oʻz tizim talablariga ega. Ushbu bosqichda tizimning barcha potensial foydalanuvchilarini aniqlash kerak va ularning har biri uchun unga qoʻyiladigan talablar roʻyxati tuziladi. Bu tizim uchun asosiy funksional talablarni shakllantiradi.
Tahlil bosqichi. Analitik model tizim uchun funktsional talablarni tuzadi. U allaqachon ishlab chiquvchilar tilidan foydalanib, tizimning ichki koʻrinishini tasvirlab beradi. U har bir foydalanish holatini tahlil qiladi va undan keyingi bajarilishini belgilaydi.
Loyihalash bosqichi. Bu tizimni (axborot tizimini) ishlab chiqishda eng koʻp vaqt talab qiladigan bosqich. Bu bosqichda butun tizim va uning har bir blokining proektsion modelini ishlab chiqish zarur. Tizimda amalga oshiriladigan har bir vazifa uchun uni hal qilishning mumkin boʻlgan usullarini tavsiflash zarur. Bu usullar tizim nuqtai nazaridan muhim boʻlgan mezonlar boʻyicha bir -biri bilan taqqoslanishi kerak, buning asosida eng yaxshisini tanlash kerak. Aynan mana shu usulni keyinchalik dasturda amalga oshirish kerak. Shuningdek, bu bosqichda ma’lumotlar bazasini loyihalash amalga oshadi. Murakkab axborot tizimlari, qoida tariqasida, bir nechta funksional bloklar toʻplamidn tuzilgan. Loyihalash bosqichida har bir blokning funksionalligi qat’iy ta’riflanishi kerak. Shuningdek, u bloklarni yagona axborot kompleksiga birlashtirish usullarini tanlashni asoslaydi.
Amalga oshirish bosqichi. Amalga oshirish bosqichida dastur toʻg'ridan -toʻgʻri tanlangan dasturlash tilida yoziladi. Texnik topshiriqlar ushbu tilni tanlashni, shuningdek, MMBT (ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi) va boshqa dasturiy vositalarni tanlashni asoslashi kerak.
Sinov bosqichi. Sinov bosqichida tizim normal ishlash sharoitida (tizimga toʻgʻri dastlabki ma’lumotlar kiritilganda), chegara sharoitida (ruxsat etilgan, lekin kamdan-kam ishlatiladigan parametrlar yoki chegara parametrlari yetkazib berilganda) toʻgʻri ishlashini tekshirish kerak. kirish) va oʻta ogʻir sharoitlarda (tizimning kiritilishi notoʻgʻri ma’lumotlar boʻlsa). Sinov modeli ushbu ma'lumotlarni qayta ishlash natijasida olingan natijalarni tasvirlab berishi kerak.
Amalga oshirish va texnik xizmat koʻrsatish bosqichi. Bu bosqichda barqaror ishlash ta’minlanadi va axborot tizimlarining ishlashidagi nosozliklar xavfi kamayadi; tizimlarning ishlashidagi texnik muammolarni tezda tuzatish; axborot tizimlarining ishlashi va boshqarilishi boʻyicha yangi versiyalar, yangilanishlar va qoʻshimchalar, maslahatlar berish; yangi versiyalarni, yangilanishlarni, qoʻshimchalarni va boshqalarni oʻrnatish va sozlash boʻyicha maslahatlar beriladi.
Tizim samaradorligini baholash. Bu bosqichda mijozdan axborot tizimidan foydalanish jarayoni haqida fikr -mulohazalar yigʻiladi va uning faoliyatini takomillashtirish talablari aniqlanadi.
Tizimli tahlil, strukturasi
Tizimli tahlil – bu yirik koʻlamdagi murakkab masalalarni yechish metodologiyasi boʻlib, tizimlar nazariyasi gʻoyalari va uslublariga asoslangan tizimli yondashuvni aniq amalga oshirish, uni takomillashtirish maqsadida har xil murakkab tizimlarning ishlash jarayonini oʻrganish uchun foydalaniladigan ma'lum usul va uslublar toʻplami hisoblanadi.
Tizimli tahlil har xil fanlarda, sistemalarda foydalanish uchun qoʻyidagi tizimli metodlarni va protseduralarni beradi:
mavhum (abstrakt)lash va aniq (konkret)lash;
analiz va sintez, induksiya va deduksiya;
formallashtirish i aniq (konkret)lashtirish;
kompozitsiya va dekompozitsiya;
chiziqli koʻrinishga keltirish va chiziqli boʻlmagan tashkil etuvchilarni ajratish;
tasnif (struktura)lash va tasnifni buzish (restrukturlash);
maket yasash;
reinjiniring;
algoritmlash;
modellashtirish va tajriba (eksperiment);
dasturli boshqarish va yoʻnaltirish;
tanish (raspoznavaniye) va oʻxshatish (identifikatsiya);
qismlarga boʻlish (klasterizatsiya) va sinflash;
ekspertli baholash va testlash;
verifikatsiya
va boshqa metodlar hamda protseduralar.
Bular haqida keyngi mavzularda toʻliqroq toʻxtalib oʻtiladi.
Tizimni oʻrganish tasnifi
Tizimli tahlil bir qator umumiy tamoyil (prinsip)larga tayanadi, ularning ichida:
|
| |