|
MICROSOFT WORD DASTURIDA ISHLASH
|
bet | 25/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1MICROSOFT WORD DASTURIDA ISHLASH
Word dasturi matn muharrirlaridan biri bo‘lib, uning yordamida mukammal hujjatlar va ilovalar yaratishimiz mumkin. Word hujjat yaratish va uni yetarlicha samarali qilish imkonini beradi.
Ishni yangi hujjat yaratish yoki mavjud hujjatni ochishdan boshlaymiz. Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini tanlashimiz yoki bo‘sh (toza) hujjat hosil qilishimiz mumkin.
Word dasturini ishga tushirganimizda u bizga turli andozalar ro‘yxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu ro‘yxatni ko‘rish uchun, fayl menyusidan sozdat buyrug‘ini tanlash kerak bo‘ladi.
Bo‘sh yangi hujjat hosil qilish uchun “новый документ” ilovasini tanlaymiz yoki ESC tugmasini bosamiz.
Shunindek yaratilayotgan hujjatning mavzusidan kelib chiqib mavjud andozalardan birini tanlash mumkin. Agar andozalar orasidan keraklisi topilmasa, unda uni onlayn izlash va yuklab ollish mumkin.
Izlangan andoza topilgandan so‘ng uning ustiga sichqoncha tugmasini ikki marta bosib andozani faollashtiramiz.
Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki marta bosish yoki “Создать” buyrug‘ini tanlash orqali ushbu andoza asosidagi hujjat yaratiladi. Agar tanlangan andozadan tez-tez foydalanish zarurati bo‘lsa, unda eskizning pastki o‘ng burchagidagi tugma belgisini bosib qo‘yish lozim. Shunda Word dasturi ishga tushganda har doim ko‘rinib turadi.
Mavjud hujjatni ochish uchun “Файл” menyusidan “Открыть” buyrug‘ini tanlaymiz. Bunda bizga bir necha havolalar taklif etiladi:
- Oxirgi yaratilgan yoki tahrirlangan fayllar ro‘yxati
- OneDrive virtaul disk sohasidagi fayllar ro‘yxati (undan foydalanish uchun https://profile.live.com adresidan ro‘yxatdan o‘tish kerak).
Lokal kompyuterdagi fayllar
- Bundan tashqari turli boshqa virtaul manzillarni ham qo‘shish mumkin.
Word dasturining asosiy menyulari
- Главная – bu menyuda matnni tahrirlash uchun zarur bo‘lgan buyruqlar joylashgan;
Matn qismini qalinlashtirish uchun, Главная вкладкасининг Шрифт guruhidan Полужирный tugmasi sichqoncha chap tugmasi yordamida bosiladi.
Matn rangini o‘zgartirish uchun, Цвет шрифта tugmasi bosiladi. Boshqa rang tanlash uchun strelkani bosib, sichqoncha tugmasini xarakatlantirgan holda ranglarni oldindan ko‘rish va yog‘gan rangni tanlash mumkin.
Matn shriftini o‘zgartirish uchun ro‘yxatdan kerakli shrift tanlaniladi.
Yoki Shrift (Главная→шрифт) guruhi tanlanib, muloqotli oynaning mos bo‘limlari yordamida matn formatlanadi.
Belgilarni formatlash atributlariga quyidagilar kiradi:
• shrift turi (Times New Roman, Arial. Tahoma),
• shrift o‘lchami,
• shrift shakli (полужирное, курсивное, подчеркнутое),
• matnni belgilash rangi,
• matn rangi,
• registr (harflarni katta-kichikligi),
• so‘zdagi belgilararo interval va h.
Shu bilan birga ushbu harakatlarni barchasini bir vaqtda amalga oshirish uchun garniturlarni, shrift o‘lchami va rangini tezgina o‘zgartirish uchun ishlatiladigan tayyor formatlash parametrlari to‘plami - экспресс-стилni qo‘llash mumkin.
Matnni biror-bir stilga solish uchun, avval matn belgilanadi, so‘ng lentadan Главная вкладкаси Стил guruhi tanlanadi va sichqoncha ko‘rsatkichini xarakatlantirib kerakli stil tanlanadi.
Tanlanayotgan stil hujjatda qanday ko‘rinishda bo‘lishini sichqonchani stillar to‘plami ustida xarkatlantirib ko‘rish mumkin.
Agar kerakli stil akslanmasa, ekspress-stil to‘plamini ochish uchun Дополнительно tugmasi bosiladi va kerakli stil tanlaniladi.
|
| |