|
Belgilangan matnni ko‘chirish yoki undan nusxa olish
|
bet | 27/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Belgilangan matnni ko‘chirish yoki undan nusxa olish
Belgilangan matn qismini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun (1) matn qismi belgilanib Главная вкладкасидан (Вырезать) elementi tanlanadi so‘ng kerakli joyga kursor o‘rnatiladi va Вставить elementi bosiladi; (2) matn qismi belgilanib, uning ustida sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi, kontekstli menyudan Вырезать tanlaniladi, kerakli joyga kursor o‘rnatiladi va yana sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi, Вставить bo‘limi tanlaniladi; (3) matn qismi belgilanib, klaviaturadan Ctrl+X bosiladi, kerakli joyga kursor o‘rnatiladi va Ctrl+V bosiladi; (4) belgilangan matn qismi sichqoncha chap tugmasini bosish yordamida ushlab olinadi va qo‘yib yubormasdan kerakli joyga sichqonchani harakatlantirib o‘rnatiladi.
Belgilangan matn qismini bir joydan ikkinchi joyga nusxasini ko‘chirish uchun (1) matn qismi belgilanib, Главная вкладкасидан Копировать elementi tanlanadi va kerakli joyga kursor o‘rnatiladi va Вставить elementi bosiladi; (2) matn qismi belgilanib, uning ustida sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi, kontekstli menyudan Копировать tanlaniladi va kerakli joyga kursor o‘rnatiladi va yana sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi, Вставить bo‘limi tanlaniladi; (3) matn qismi belgilanib, klaviaturadan Ctrl+S tanlaniladi, kerakli joyga kursor o‘rnatiladi va Ctrl+V tanlaniladi; (4) belgilangan matn qismi sichqoncha chap tugmasini bosish yordamida ushlab olinadi va qo‘yib yubormasdan kerakli joyga sichqonchani harakatlantirib o‘rnatiladi.
Hujjatdan matn qismini qidirish yoki boshqa matnga almashtirish
Hujjatdagi matndan biror bir so‘zni yoki so‘z birikmasini qidirib topish uchun (1) Главная вкладкасида редактирование guruhining Найти elmenti tanlaniladi yoki (2) klaviaturdan Ctrl+F klavishalari bosiladi va muloqotli oynaning Найти qismiga qidirilishi lozim bo‘lgan matn qismi kiritiladi va Найти далее tugmasi bosiladi.
Qidiruv natijalari ro‘yxati akslanadi va shu ro‘yxatdan birma-bir ko‘rib chiqish imkoni paydo bo‘ladi.
Matn tarkibidagi matn qismini boshqa matnga almashtirish uchun Ctrl+H tugmasi bosiladi va Найти и Заментиь muloqotli oynasining Заменить блоки yordamida Найти qismiga matn qismi заменить на qismiga boshqa matn yoziladi va заменить yoki заменить все tugmasi bosiladi. заменить tugmasi bosilgan vaqtda avval matn qidirilib so‘ng almashtiriladi va jarayon bittalab amalga oshiriladi заменить все tugmasi esa barcha matn qismlarini bir galda almashtirish imkonini beradi.
Hujjatda biror bir matn ostiga qizil chiziq chizilgan bo‘lsa, ushbu matnda qandaydir imloviy xato mavjud, ushbu xatoni to‘g‘rilash uchun matn ustida o‘ng tugma bosiladi va berilgan variantlardan biror-biri tanlaniladi.
- Вставка – hujjat tarkibiga kiritilishi lozim bo‘lgan obyektlar (rasm, chizma, jadval, diagramma va hokazo) shu yerdan tanlanadi;
Xujjatga jadval qo’shish
Таблица tugmasi bosilgan vaqtda jadval yaratish va quyishning barcha beshta usuli akslanadi.
Jadval qo‘yish uchun "Вставка таблицы" muloqotli oynasidan foydalanish mumkin. Ushbu usulni qo‘llash uchun ochilgan ro‘yxatdan "Вставить таблицу" buyrug‘i tanlaniladi. Keyin hosil bo‘lgan oynada ustun va satrlar soni kiritiladi, ustunlar kengligi tanlaniladi va OK tugmasi bosiladi. Masalan 5X2 jadval hosil qilish uchun
Jadvalni tahrirlash va formatlash uchun Макет va Конструктор вкладкаlarida joylashgan instrumentlardan foydalanish mumkin. Bu вкладкалар esa jadval belgilanda yoki uning ichidagi biror-bir katakka sichqoncha ko‘rsatkichi qo‘yilgan vaqtda hosil bo‘ladi.
|
| |