|
Veb brouzerlar va veb sahifalar
|
bet | 37/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Veb brouzerlar va veb sahifalar
• Veb brouzerlar – bu Internet resurslari va ma’lumotlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturlar bo‘lib, ularning quyidagi turlari mavjud:
– Internet Explorer, Firefox Mozilla, Netscape Navigator, Opera, Google Chrome.
• Veb sahifalar asosan o‘zida ma’lumotlarni jamlovchi konteyner hisoblanib, ularni ikki turi mavjud:
– Statik – o‘zgarmas veb sahifalar
– Dinamik – murojatga nisbatan shakllantiriladigan veb sahifalar
Veb sahifalar va texnologiyalar
• Statik veb saytlar
– HTML, CSS, Java va VB skript
• Dinamik veb saytlar
– HTML, CSS, PHP, MySQL, Java script, AJAX
– HTML, CSS, ASP, SQL Server, Java script
• Veb saytlar yaratish texnologiyalari
– MS FrontPage, Dreamviewer, HomeSite, Adobe Flash
WAP texnologiyasi
• WAP (wireless application protocol) – mobil telefonlar va qurilmalar orqali Internet ma’lumotlarini uzatish protokoli.
• WML (Wireless Markup Language) – simsiz qurilmalar uchun ma’lumotlarni joylashtirish tili.
• WAP brauzer – WAP saytlarga mobil qurilmalar orqali murojat qilish dasturi.
ELEKTRON POCHTA
• Elektron pochta - bu Internet tarmog‘i orqali xabarlar almashish xizmati hisoblanib asosan ikkita komponent ishtirokida tashkil etiladi:
– Elektron pochta serveri (SMTP, POP) - xabarlarni jo‘natish va qabul qilishni ta’minlash
– Elektron pochta kliyenti - xabarlarni yaratish, o‘qish va javob qaytarish
• Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
– Xabarlarni tezkor almashish (bir necha daqiqa)
– Xabarlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni ilova qilish
– Xabarlarga rasm va multimedia ma’lumotlarini joylashtirish
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari
• Internet–xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi.
• Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, elektron signallarning ma’lum tartibdagi ko‘rinishiga keltiradi.
• Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha soniyalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin.
• Bundan tashqari ma’lum talablar mavjud, ya’ni bunda xat jo‘natayotgan foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
|
| |