|
4-Amali ish Guruhi: cao001-1 Bajardi: Xamidullayeva m tekshirdi: Javliyev Sh toshkent 2024 topshiriqlar!
|
bet | 1/8 | Sana | 07.07.2024 | Hajmi | 3,22 Mb. | | #266920 |
Bog'liq xamidullayevamx4T
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Kompyuterni tashkillashtirish
4-Amali ish
Guruhi: CAO001-1
Bajardi: Xamidullayeva M
Tekshirdi: Javliyev Sh
TOSHKENT 2024
TOPSHIRIQLAR!
Operatsion tizim tushunchasi (Windows, Linux, MacOS, Android va hokazo …).
CISC (Complex Instruction Set Computer) buyruqlar tizimi haqida batafsil ma’lumot bering.
RISC (Reduced Instruction Set Computer) buyruqlar tizimi haqida batafsil ma’lumot bering.
VLIW (Very Long Instruction Word) buyruqlar tizimi haqida batafsil ma’lumot bering.
Xotira tushunchasi?
Kesh xotira (L1, L2 va L3)
RAM (. SRAM va DRAM xotira) haqida batafsil ma’lumot bering.
Ichki va tashqi xotiralar haqida batafsil ma’lumot bering.
Assembler dasturlash tilida regisr xotira va ram xotiradan foydalanish.
Javoblar
1. Operatsion tizim - kompyuter resurslarini, maʼlumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy taʼminotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirishchiqishni va maʼlumotlarni boshqararish kabi vazifalarni taʼminlaydigan dasturiy vosita. Аsosan operatsion tizimlar koʼproq dasturiy boʼlsalar ham, biroq, qisman apparat vositalarida ham qoʼllanishi mumkin. Qisqacha qilib aytganda Operatsion tizim foydalanuvchi va qurilma oʼrtasidagi muloqotni taʼminlab beradigan vositadir.
Operatsion tizimning asosiy vazifalari
Fayl tizimini boshqarish (yozish, oʼzgartish, fayllardan nusxa koʼchirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
Dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli taʼsirni tutib olish va boshqalar);
Xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, maʼlumotlar butligi nazorati va boshqalar);
Foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni oʼqish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va boshqalar);
|
| |