4-amaliy mashg`ulot. Urbanizatsiya: tushunchalari, miqdoriy ko‘rsatkichlari




Download 13,91 Kb.
Sana03.09.2024
Hajmi13,91 Kb.
#270159
Bog'liq
4-amaliy


4-amaliy mashg`ulot.Urbanizatsiya: tushunchalari, miqdoriy ko‘rsatkichlari
1. Jamiyat taraqqiyotining XIX asrida sanoat inqilobi natijasida aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘plab ko‘chib borishi, yirik shaharlar sonining ko‘payishi, shahar aholisi salmog‘ining ortib borishi va qishloq joylarga shahar turmush tarzi hamda madaniyatining kirib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan urbanizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlana bordi. 1800-yilda yer shari aholisining 3 foizi, 1900-yilda 13,6 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, XXI asrga kelib bu ko‘rsatkich 50 foizdan ortib ketdi. 2009-yilda jahon shahar aholisining soni 3.4 mlrd. ni tashkil etib, ilk marotaba qishloq aholisi soni bilan tenglashdi. Shu yildan e’tiboran, shahar aholisining soni qishloq aholisiga nisbatan yildan-yilga ortib bormoqda. 1800-1850-yillar orasida shahar aholisi 50 mln. ga, keyingi asming dastlabki 50 yili ichida 500 mln. ga ko‘paygan bo‘lsa, so‘nggi 50 yil davomida esa bu ko‘rsatkich 2,5 mlrd. dan ortiqni tashkil etdi.
Xususan, dunyoning qator rivojlangan davlatlarida urbanizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. «Urban» (lot. urban - shahar), «zatsiya» (rus.) jarayon demakdir. Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko‘rsatkich bilan ifodalash, o‘lchash mumkin emas. Ammo shunday bo‘lsa-da, barcha uchun qulay bir o‘lchov kerak. U ham bo‘lsa, mamlakat va boshqa hududlar aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi, ulushi, nisbiy hissasidir. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkich 51%, Tojikistonda - 32%, Afgonistonda - 19%, Turkmanistonda - 48% va h.k
Urbanizatsiyaning umumiy ko‘rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma’lum aloqadorlik bor. Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsiyenti taxminan 70-75 va undan ortiq bo‘lsa, u holda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi; 50-70% - bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar; 30-50% - rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan past bo‘lsa, sust rivojlangan agrar mamlakat holatida bo‘ladi. Urbanizatsiya va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi munosabatlar kompleks bo‘lib, iqtisodiy o‘sish urbanizatsiyaning yuqori darajalarida natija berishi mumkin, urbanizatsiyaning yuqori darajalari, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishni yanada kuchaytiradi. Milliy iqtisodiyotdagi har bir sektor iqtisodiy faoliyati tabiati urbanizatsiyaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, qishloq xo‘jalik tashkilotlari turli urbanistik makon o‘lchamiga, unumdor ekinlar fermer va ishchilarga yaxshi foyda keltirib, intensiv fermerlik tizimi mahalliy urbanistik markazlaming keskin o‘sishiga olib keladi. Madaniy turmush tarzi turlari afzalliklari urbanizatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, iqtisodiy rivojlanish darajalari va urbanizatsiya darajasi o‘rtasida qalin bogiiqlik bor ekan, potensial ta’sir darajasi turli milliy sharoitda turli omillar muhim bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, urbanizatsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillar bog‘liqligi muhimligi vaqt o‘tishi bilan mamlakatni yanada urbanizatsiyalashgan qilib qo‘yadi.
Ammo, shuni alohida ta’kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi ko‘rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda ham real hududiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettirmaydi, Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o‘lkasida yoki Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o‘zimizning Qoraqalpog‘istonda urbanizatsiya ko‘rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan va “soxta urbanizatsiya” deyiladi. 0‘zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik ko‘rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko‘ra ancha yuqori. Vaholanki, iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo‘lardi. Urbanizatsiyaning ikkinchi asosiy ko‘rsatkichi - yirik shaharlarning mavjudligidir. XIX asr boshida jahon urbanizatsiyasining asosiy manzarasini ko‘rsatuvchi aholi soni 100 mingdan ziyod shaharlar 65 ta bo‘lgan bo‘lsa, keyingi asr o‘rtasida ular 360 ta va XXI asr bo‘sag‘asida 2000 dan ortdi. Millioner shaharlar esa hozirgi kunda 220 ta bo‘ldi. BMT prognoziga ko‘ra, 2030-yilga borib yer yuzi aholisining uchdan ikki qismi jahon YalM ning 80 foizini beruvchi yirik shaharlarda yashaydi.
Zamonaviy urbanizatsiya yer yuzida shaharlaming urbanizatsiyaning sifat jihatlari ham kam emas. Bu - shahar turmush tarzi, shahar madaniyatining yoyilishida o‘z ifodasini topadiki, uni qishloq va shahar joylami taqqoslaganda ko‘rish mumkin. Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan qiyoslaganda quyidagilarga e’tibor berish lozim: - shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmanistonda buning uchun 5 ming aholi kerak, 0 ‘zbekistonda - 7 ming); - shaharlaming umumiy soni va zichligi; - yirik shaharlaming mavjudligi; - shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi; - qishloq - shahar va mayatniksimon migratsiya; - aholining bandlik darajasi va tarkibi; - qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash tarzining mavjudligi va h.k.
Urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlaming “shaharlashuvini” anglatadi. U o‘ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir.
Download 13,91 Kb.




Download 13,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-amaliy mashg`ulot. Urbanizatsiya: tushunchalari, miqdoriy ko‘rsatkichlari

Download 13,91 Kb.