• Mashg’ulot davomida talaba
  • Botanikadan tuzilgan davlat ta’lim standarti mazmunining o’quv dasturi bilan uzviyligini tushunishi;
  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan DTS, o’quv dasturi va darsliklarni tahlil qilish ko’nikmasini egallashi;
  • Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan pedagogik texnologiya
  • 4 chisi mavzu Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan dts, o’quv dasturi va darsliklarning tahlili. Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi




    Download 92.5 Kb.
    Sana29.09.2023
    Hajmi92.5 Kb.
    #85677
    Bog'liq
    4 va 5
    Bialogiya may oyi natija kotta gruh, Abdumannonova Guloyim

    4 chisi mavzu
    Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan DTS, o’quv dasturi va darsliklarning tahlili.
    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi:
    Talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan DTS, o’quv dasturi bilan tanishtirish, darsliklarda berilgan mavzularni tahlil qilishga o’rgatish;
    Mashg’ulot davomida talaba:
    Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tuzilgan davlat ta’lim standartini bajarish Respublika hududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy ekanligini bilishi;
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan tuzilgan davlat ta’lim
    standartining mazmuni va mohiyati, ularni ishlab chiqish va joriy etish asoslarini anglashi;
    Botanikadan tuzilgan davlat ta’lim standarti mazmunining o’quv dasturi bilan uzviyligini tushunishi;
    Botanikadan tuzilgan davlat ta’lim standartida o’quvchilarning bilim va ko’nikmasiga qo’yilgan minimal va maksimal talablarni o’rganishi, ularni nazorat qilish va baholash ko’nikmalari;
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan DTS, o’quv dasturi va
    darsliklarni tahlil qilish ko’nikmasini egallashi;
    Botanikadan tuzilgan davlat ta’lim standartini laboratoriyaotga joriy etish yo’llarini belgilashi lozim.
    Zarur jihozlar: Biologiyadan tuzilgan davlat ta’lim standarti, o’quv
    dasturi, 5 va 6-sinf uchun “Botanika” darsliklari,
    “Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturining uzviyligi” jadvali.
    Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan pedagogik texnologiya: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi. Laboratoriya mashg’ulotining borishi:
    Tashkiliy qism.
    Talabalarni laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
    Botanikadan tuzilgan davlat ta’lim standartining mazmuni va mohiyati bilan tanishtirish.
    Botanikadan tuzilgan davlat ta’lim standartida berilgan o’quvchilarning egallagan bilim va ko’nikmasiga qo’yilgan minimal va maksimal talablarni o’rganish.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan o’quv dasturi va darsliklarni tahlil qilish.
    Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash.
    O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni joriy etishning ilmiy-nazariy asosi bo’lgan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida “Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir” deb belgilab qo’yilgan.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida yuqorida qayd etilgan ta’lim muassasalari uchun DTS ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi Qaroriga binoan laboratoriyaotga joriy etildi.
    Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi prinsiplar asos qilib olingan:
    davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
    o’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-ma’rifiy,
    ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;
    umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
    umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
    ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;  umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovasiya texnologiyalariga tayanish;
    o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan
    “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;

    5

    Biologiya – tirik tabiat, hayot, uning kelib chiqishi, taraqqiyotining barcha jihatlari haqidagi fanlar majmuasidan iborat bo’lib, umumta’lim maktablarida biologiya ta’limining roli shu fanning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan belgilanadi.


    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiyani o’qitish 5-sinfda “Botanika” ni o’rganishdan boshlanib (haftasiga 1-soatdan, jami 34-soat), 6-sinfda “Botanika”ni o’rganish (haftasiga 2-soatdan, jami 68-soat) davom ettiriladi. Biologik ta’limning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
    o’quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, etakchi g’oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish;
    tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan moslanishlarning mexanizmlari haqida ma’lumot berish;
    o’quvchilarni organizmlarning hayoti, ularning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populyasiya, tur darajalaridagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, ularning biologiyani o’rganishga bo’lgan qiziqish va qobiliyatlarini o’stirish kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
    o’quvchilarni o’zlarining va o’zgalarning salomatligini saqlashga, sog’lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo’naltirish;
    biologiya ta’limi mazmuni hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika taraqqiyoti bilan mustahkam bog’lanishini ta’minlash asosida o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish;
    tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo’lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
    biologiya ta’limi mazmunini o’lkashunoslik materiallari bilan boyitish, biologiya bilimlar zaminida mahalliy o’simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
    YUqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan davlat ta’lim standarti o’quv fani bo’yicha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning biologik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
    “Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar” umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmunining negizini ifodalaydi. Mazkur ko’rsatkichlar umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.
    Biologiya ta’limi standartidagi “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, laboratoriya ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib xizmat qiladi.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan davlat ta’lim standartida keltirilgan ko’rsatkich va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to’liq qamrab oladi va o’zaro bog’lanuvchi uch yo’nalishga bo’linadi:

    1. Organizm – biologik sistema;

    2. Ekologik sistemalar;

    3. Organik olam evolyusiyasi;

    Ushbu ta’lim standartining “Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar” va “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” biologiya ta’limi mazmunining yuqorida keltirilgan har bir yo’nalish bo’yicha umumiy o’rta ta’lim uchun ko’rsatkich va talablar ifodalanadi.
    Biologik ta’limning dastlabki o’quv fani bo’lgan “Botanika”dan o’quvchilarning bilim malakasiga bo’lgan asosiy talablar etib quyidagilar belgilangan.
    O’quvchilar:
    Gulli o’simliklar organlarining tuzilishini, o’simliklarning hujayra tuzilishini, o’simlik hujayrasining tarkibiy qismlari, to’qialar;
    O’simliklarning hayotiy shakllari: daraxt, buta, chala buta, bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tlarga bo’linishini:
    Kuzda va bahorda o’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlarni;
    Ildiz, uning ichki va tashqi tuzilishini, suv va mineral moddalar shimilishi;  Poya, kurtak. Ularning xillari;
    Gul, uning tuzilishi, xillari. To’pgullar.
    Meva va urug’lar, ularning xillari haqidagi bilimlarni;
    O’simlik organlarining asosiy hayotiy vazifalarini: organik modalarning hosil bo’lishi, nafas olish, suv bug’lantirish, moddalarning harakatlanishi;
    O’simliklarning tabiatdagi roli va inson hayotidagi, xalq xo’jaligidagi ahamiyatini, o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini;
    O’simliklarning urug’dan va vegetativ organlaridan ko’payishini;
    O’simliklar hayotining jonli va jonsiz tabiat omillari bilan bog’liqligini, o’zaro birga yashashga moslashganligini;
    Tur, turkum, oila, sinf haqidagi ma’lumotlarni, gulli o’simliklar sinflari va oilalarining mahalliy sharoit uchun xos bo’lgan asosiy, mahalliy o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlarini;
    O’simliklar olamining tarixiy rivojlanishi jarayonida o’simliklar tuzilishining murakkablashib borish belgilarini bilishi kerak.
    Botanikadan tuzilgan DTS ida o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlar bilan bir qatorda ular egallashi kerak bo’lgan ko’nikma va malakalar ham berilgan. Jumladan, botanikani o’rganish davomida o’quvchilar quyidagi ko’nikma va malakalarni egallashi qayd etilgan:
    Gulli o’simliklarning organlarini taniy bilishlari;
    O’simliklarning oziqlanishi, nafas olishi, o’sish jarayonlarini aniqlash maqsadida kuzatishlar, oddiy tajribalar o’tkazishlari;
    Erni yumshatish, sug’orish, chopiq qilish, ko’chatlarni ko’chirib o’tkazish, o’g’itlash;
    Tabiatda o’simliklar dunyosidagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatishni kuzatish natijalarini rasmiylashtirishni;
    Kattalashtirib ko’rsatadigan asbob va mikroskoplardan foydalanishni;
    Mikropreparatlar tayyorlashni va ularni mikroskopda ko’rishni;
    O’simliklarni parvarish qilishni bilishlari, maktab va yashash joyini
    ko’kalamzorlashtirishda qatnashishi, xona o’simliklarini tanishi;
    Qalamcha tayyorlashni va qalamchalardan ko’paytirishni, payvandlashni;  Darslikdagi matn va rasmlar bilan ishlashni uddalay olishi kerak.
    Muhim belgilarni aniqlash maqsadida eng asosiy ekinlarni, o’rganilgan oila turlarini taniy bilishi;
    O’simliklarning turlarini aniqlagichdan foydalanib aniqlay olishi;
    Maktab oldi tajriba maydonchasida ishlashi, o’simliklarning biologiyasiga oid
    bilimlarni ekinlarni parvarish qilishda qo’llay olishi;
    Darslik mundarijasidan yordamida mo’ljal olishni bilish, matn va rasmlar bilan ishlay olishi, paragraf mavzuning asosiy mazmunini farqlay olishi, savollarga javob bera olishi;  Biologik atamalar lug’ati bilan ishlay olishi kerak.
    YUqorida qayd etilganidek, botanikadan tuzilgan DTS bajarish majburiy bo’lib biologiya o’qituvchilarining zimmasiga yuklanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida botanikadan tuzilgan DTS bajarilishi “O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholashning Reyting tizimi” orqali aniqlanadi.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida botanikadan tuzilgan DTSda qayd etilgan maksimal talablar asosida o’quv dasturi tayyorlanadi. O’quv dasturida o’quv fani bo’yicha o’rganiladigan bob va mavzular o’quvchilarning yoshlik va psixologik xususiyatlari, mavzular o’rtasidagi uzviylik va izchillik asosida mantiqiy bir tizimga keltirilgan holda beriladi. O’quv dasturida o’rganiladigan boblar ularni o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’rsatiladi, mazkur boblar tarkibiga kiradigan mavzularning qisqacha mazmuni yoritiladi. Botanikadan tuzilgan o’quv dasturi mazkur o’quv fanining mazmunini belgilab beradigan va bajarilishi majburiy bo’lgan me’yoriy hujjat sanaladi.
    5-sinfda o’qitiladigan “Botanika” o’quv fani quyidagi boblar va mavzularni o’z ichiga oladi.



    Boblar

    Soat

    1.

    Kirish

    1

    2.

    Botanika fanining rivojlanish tarixi

    2

    3.

    Gulli o’simliklar bilan umumiy tanishish

    3

    4.

    Hujayra

    7

    5.

    Ildiz

    6

    6.

    Poya

    8

    7.

    Barg

    7

    Jami 34 soat
    Belgilangan qoidaga muvofiq ba’zi hollarda biologiya o’qituvchisi mahalliy sharoit, umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasi, o’quvchilarning o’quv faniga bo’lgan qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular ketma-ketligi, ularga ajratilgan soatlarni 10 foizgacha o’zgartirishi mumkin.
    6-sinfda o’qitiladigan “Botanika” o’quv fani quyidagi boblar va mavzularni o’z ichiga oladi.



    Boblar

    soat

    1.

    Kirish

    1

    2.

    O’simliklarning vegetativ ko’payishi

    2

    3.

    Gul

    6

    4.

    Meva va urug’

    8

    5.

    O’simlik yaxlit organizm

    2

    6.

    O’simliklar sistematikasi

    37

    7.

    O’zbekistonning o’simlik boyliklari

    3

    8.

    O’simlik va tashqi muhit

    4

    9.

    Erda o’simliklarning rivojlanishi

    2

    10

    Manzarali o’simliklar

    3

    Jami 68 soat
    O’quv fani bo’yicha tuzilgan dastur darslik yozishga asos bo’ladi.
    Respublikamizda “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish Konsepsiyasi”da umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun yaratiladigan darsliklarning yangi avlodiga qo’yiladigan umumiy va xususiy talablar ishlab chiqilgan. Mazkur talablar darslikka qo’yiladigan pedagogik, psixologik, didaktik, metodik va estetik talablarni o’zida mujassamlashtiradi. Ushbu talablarning eng asosiysi darslik shu fan bo’yicha tuzilgan DTS ga mos kelishi, o’quvchilarning yoshlik va psixologik xususiyatlarini hisobga olinishi, darslik dizayni estetik talablarga javob berishi va rasmlar mazmunni yoritishi, fan yutuqlari o’z aksini topishi, o’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikr yuritishga yo’llashi, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishga imkon berishi zarur.
    Respublikamiz maktablarining 5-sinfida O’. Pratov, A.S. To’xtaev, F.O’. Azimovalar tomonidan nashr etilgan darslikdan foydalaniladi. Umumta’lim maktablarining 6-sinfida shu mulliflar tomonidan nashr etilgan darslikdan foydalaniladi.
    Mazkur darslikni yuqorida qayd etilgan talablar asosida tahlil qilinsa, uning yutuqlari ko’zga yaqqol tashlanadi.
    Darsliklar DTS va o’quv dasturiga mos keladi. Rasmlar rangli, mavzularning mazmunini yoritishga xizmat qiladi. Har bir mavzu yakunida o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlashi uchun savol, topshiriqlar va krossvordlar berilgan. O’quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishga imkon beradigan materiallar kiritilgan.
    SHu bilan bir qatorda darsliklarni mukammal deb ham bo’lmaydi, ularda muayyan kamchiliklar ham uchraydi. Darslik akademik tilda yozilgan, tili og’ir shu jihatdan o’quvchilarning so’z boyligi hisobga olinmagan. Ba’zi mavzularda asosiy tushunchalarga ta’rif va ta’sif berilmagan, faqat sanab ketilgan. Oilalarni o’rganishda o’quvchilarga notanish bo’lgan o’simliklar olingan va h.
    k. Biologiya o’qituvchisi darsliklardagi kamchiliklarni aniq bilishi va unga darslar davomida barxam berishi lozim.
    Biologik ta’lim mazmunida tushunchalarni mazmun va mohiyatiga ko’ra umumiy biologik tushunchalar va xususiy tushunchalarga ajratiladi. Umumiy biologik tushunchalar biologiya fanining barcha tarmoqlarida foydalaniladi va ularga misol qilib hujayra, irsiyat va o’zgaruvchanlik, modda va energiya almashinuvi, organizm va ekologik muhit, organizmlarning ko’payishi va rivojlanishi, organizmlarning evolyusiyasi kabilarni olish mumkin.
    Xususiy tushunchalar biologiya fanining muayyan tarmog’ida foydalaniladi va ularga botanikadagi plastida, fotosintez, changlanish, mexanik, assimisiyalovchi, hosil qiluvchi to’qimalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
    Botanikani o’qitish mazmunida o’quvchilarda morfologik, anatomik, fiziologik, genetik, sistematik, ekologik, evolyusion, gigienik tushunchalarni shakllantirish nazarda tutilgan. Mazkur tushunchalar har bir mavzuni o’rganishda bir-biri bilan uzviy shakllantiriladi. Mavzularning tahlili, ularda mazkur tushunchalarning nisbati teng emasligini ko’rsatadi. Ba’zi mavzularni o’rganishda morfologik tushunchalar etakchi o’rinni egallaydi. Masalan, “Ildizning tashqi tuzilishi”, “Oddiy va murakkab barglar”, “Poyalarning xilma-xilligi”. Bunday mavzularni morfologik mazmundagi mavzular va mos ravishda mazkur mavzularni o’rganishga bag’ishlangan darslar morfologik mazmundagi darslar deyiladi.
    “Hujayra”, “Ildiz zonalari”, “Poyaning ichki tuzilishi”, “Barglarning hujayraviy tuzilishi” mavzularida anatomik tushunchalar ustunlik qiladi. SHu sababli bu mavzular anatomik mazmundagi mavzular va mos ravishda anatomik mazmundagi darslar deyiladi. Xuddi shunday misollarni fiziologik, genetik, sistematik, ekologik evolyusion, gigienik mazmundagi darslarga ham keltirish mumkin.
    Xulosa qilib aytganda botanikadan tuzilgan DTS “Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar” va “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal va maksimal talablar” ni o’z ichiga olib, u dastur va darslik yaratishga asos bo’lib xizmat qiladi.
    1-jadval Botanikadan tuzilgan DTS tahlili

    N

    Botanikadan o’quvchilarning bilimia qo’yilgan talablar

    Qaysi mavzularda tarkib toptiriladi

    Qaysi mavzularda rivojlantiriladi

    1

    Gulli o’simliklar organlarining tuzilishi



    2

    O’simliklarning hujayraviy tuzilishi



    3

    O’simlik hujayrasining tarkibiy qismlari



    4

    O’simlik to’qimalari



    5

    O’simliklarning hayotiy shakllari



    6

    Kuzda va bahorda o’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar



    7

    Gul, uning tuzilishi, xillari.



    Download 92.5 Kb.




    Download 92.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4 chisi mavzu Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining botanikadan dts, o’quv dasturi va darsliklarning tahlili. Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi

    Download 92.5 Kb.