O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari




Download 64.84 Kb.
bet9/16
Sana30.12.2023
Hajmi64.84 Kb.
#129205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4-kurs 219-guruh talabasi ning texnik ijodkorlik va konstruksiya-fayllar.org-1
Tuproq unumdorligini oshirishda mikroorganizmlardan foydalanish, 12-Mavzu “ Ma\'lumotlar butunligini ta\'minlash texnologiyalari v, Xalq hunarmandchiligi fanidan test savollari, sabohatt ishi, 6 sinflar metodiii, Физикавий тадкикот усуллари маърузалар матни, Глобал молиявий иктисодий инкироз , Корхона иқтисодиёти-ЯН-3 курс (копия), 4-мавзу, Qishloq xujalik melioratsiyasi, Book, babadjanov.ravshanbek, Bozor taklifini pozitsiyalashtirish, 3-amaliy
O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari mobaynida dolzarb bo‘lib kelgan muammolardan biri bu ekologiya, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish muammosidir. Har qanday muammolarni, jumladan ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yechimiga ijodkorlik g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin.
5Ma’lumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni bilish va o‘zgartirishga qaratilgan ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati tushunilib, uning natijasida yangi, o‘ziga xos, ilgari mavjud bo‘lmagan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Ushbu ta’rifda keltirilgan faoliyat turiga mos keluvchi yangi g‘oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to‘rtta asosiy tamoyilga amal qilinadi: g‘oyaning ijtimoiy ahamiyati; ekologik xavfsizligi; texnik–iqtisodiy samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi.
Keltirilgan tamoyillar har biri o‘z o‘rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ijodkorlik g‘oyasining ekologik xavfsizligi tamoyiliga muvofiq kelmasligi uning jamiyat amaliyotiga tatbiq qilinishida inkor etilishiga olib keladi, bu holat uning alohida dolzarblik kasb etishini ta’kidlaydi. Shu sababli mazkur tamoyil quyidagi mezonlar asosida quriladi:
1. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasini amalda tatbiq qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarga ta’siri nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi.
2. Tashqi muhit, o‘simliklar, hayvonlar dunyosi hamda insonlarga zararli moddalar, nurlanishlar va boshqa salbiy ta’sirlarni baholashda ular umumiy yig‘indi sifatida qaraladi, chunki ushbu ta’sirlar bir – biriga kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Baholash har bir salbiy ta’sirning ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eng yuqori natija asosida olib boriladi.
4. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasining salbiy ekologik ta’siri shartli olingan ko‘rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy holatlar yig‘indisiga nisbatan o‘rganiladi.
5. Ijodkorlik g‘oyasining asosida yaratiladigan texnika va texnologiyalarning ekologik ko‘rsatgichlari nisbiy baholash tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladi, ya’ni loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, texnika yoki texnologiya namunasiga nisbatan o‘rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa almashtirilayotgan obyektning ekologik ko‘rsatkichlariga nisbatan baholanadi.
6. Yaratilayotgan ijodkorlik g‘oyasi asosida texnik yechimning ekologik xavfsizligini u tatbiq etiladigan texnik tizimning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi.
7. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasining texnik yechimini ishlab chiqishda salbiy ta’sirlarning eng og‘ir oqibatlari keltirib chiqaradigan eng yomon holatlari yig‘indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi.
Qarab chiqilgan ijodkorlik g‘oyasining ekologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlari uning eng yuqori qiymatlari asosida o‘rganiladi. Bu jihatdan olib qaralganda yaratiladigan ijodkorlik g‘oyalarining ekologiyaga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlarining minimal qiymatda bo‘lishi ta’minlanadi.
Ekologik xavfsizlik jihatidan ijodkorlik g‘oyasi ishonchliligining eng maqbul ko‘rsatkichini aniqlash ketma–ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ijodkorlik g‘oyasi ishonchliligi ko‘rsatkichlari bilan uni amalga oshirishdagi sarflanadigan harajatlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar topiladi.
2. Ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
3. Ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
4. 1,2,3 ko‘rsatgichlarning o‘zaro aloqadorligi aniqlanadi.
5. Aniqlangan aloqadorlik eng kichik qiymati uchun mos ravishdagi ishonchlilik qiymati topiladi. U sarf-harajatlarning eng kichik miqdorini belgilashda eng maqbul hisoblanadi.
  • Yangi ijodkorlik g‘oyasining ekologik samaradorligi ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi. Ularning birinchisi alohida ishlab chiqarish resurslarini tejalishi, chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va ikkilamchi xom–ashyoni zararli ta’sirlarini bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Ekologik samaradorlikning ikkinchi shakli mavjud ishlab chiqarish vositalari yoki usullarining keltirayotgan zararini kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Har ikkala shakldagi ijodkorlik yechimlarini joriy qilishda uning ekologik zahirasi degan baholash mezoniga asoslanadi. Ekologik zahira ijodkorlik texnik yechimini tatbiq qilishda erishish mumkin bo‘lgan eng oliy ekologik samara bilan amalda erishilgan ekologik samaradorlik o‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Mazkur ekologik zahira ijodkorlik g‘oyasining ekologik pasporti uchun asos vazifasini o‘taydi. Ijodkorlik g‘oyasining ekologik pasporti texnik yechimlar muqobil variantlarini ularning ekologik jihatdan nomukammalligini baholashda aniq mezonga tayanib ish ko‘rilishini ta’minlaydi. Shuningdek, ijodkorlik g‘oyasining ekologik samaradorligini aniqlash uning ijtimoiy bahosini shakllantirishga ham xizmat qiladi.


  • Ijodkorlik g‘oyasi amalda qo‘llanilishining ekologik pasporti uni ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilishda yuz berishi mumkin bo‘lgan ekologik jihatdan zararli hodisalarning mos ravishdagi shartli chegaraviy texnik–iqtisodiy ko‘rsatgichlarning qiymatlariga asoslanadi. U turli maqsadlarda foydalaniladigan ijodkorlik g‘oyalari turli ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishda, ekologik xavfsizlik mezonlaridan kelib chiqib hisoblanadi. Ijodkorlik g‘oyasini qo‘llashning shartli ekologik pasporti sifatida amalda eng yaxshi texnik yechimlarga erishgan ekologik natijalari olinishi mumkin.


  • Ijodkorlik yechimining ekologik pasportini ishlab chiqishda organoleptik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, texnologiyaning chegaraviy samaradorlik ko‘rsatgichini hisoblash kabi uslublardan keng foydalaniladi. Har bir uslubni qo‘llashning tor ixtisoslikdagi holatlari ham mavjud, biroq umumiy holatlarda keltirilgan uslublar tizimi yaxlit majmua sifatida qo‘llaniladi.


  • Shunday qilib, ijodkorlik g‘oyalarining xavfsizlik mezonlari ham uning asosida ijodkorlik g‘oyasi ekologik pasportini ishlab chiqilishi mazmunining tahlili natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:


  • - ekologik muammolarni hal qilishda ijodkorlik g‘oyalari asosida yaratiladigan yangi texnika va texnologiyalar asosiy omillardan biri hisoblanadi;


  • ishlab chiqilayotgan ijodkorlik g‘oyalari baholash mezonlari ularning ekologik jihatdan keng qamrovli tahlil qilinishini, bunda uning nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlarga ham ko‘rsatadigan ta’sirlari o‘rganilishini texnik yechimlarning zararli ta’sirlarini tamoman bartaraf etadi;


ijodkorlik g‘oyalarining ekologik xavfsizligini ta’minlash mezonlari haqqoniy baholash ko‘rsatkichlariga asoslanganligi va kishilik jamiyatining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli ularni barcha texnik-texnologik jarayonlar ekologik ko‘rsatkichlarini baholashda tavsiya qilishga imkon beradi.



Download 64.84 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 64.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari

Download 64.84 Kb.