|
4-kurs 219-guruh talabasi ning texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan tayyorlagan kurs ishi
|
bet | 1/16 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 64,84 Kb. | | #129205 |
Bog'liq 4-kurs 219-guruh talabasi ning texnik ijodkorlik va konstruksiya-fayllar.org-1
4-kurs 219-guruh talabasi ning texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan tayyorlagan kurs ishi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN`AT FAKULTETI
TEXNOLOGIK TAL`IM YO`NALISHI
4-KURS 219-GURUH TALABASI
_________________________________________NING
TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALASH FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: O`QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
Topshirdi:
Qabul qildi: ___________________
Termiz – 2023
Mavzu: O`QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………...3
I-BOB. O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI BOSQICHLARI VA METODLARI……………………………………………………………………..6
Ijodkorlik qobiliyati mazmuni……………………………………………...6
O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari..11
II-BOB. TEXNIK IJODKORLIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI……………………………………………………………..17
2.1. O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayorgarlik darajalari……………………….17
2.2. Texnik ijodkorlik jarayonida qo‘llaniladigan metodlar……………………….22
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………….…30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI………………………….32
ILOVALAR…………………………………………………………………..….34
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llanadi.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar)dan foydalanib kam-ko‘stlarini tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyati jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik-pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstrukstiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment, texnik vositalardan (shu jumladan trenajyorlar) foydalanib kamchiliklarni tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
|
| |