|
4-kurs 219-guruh talabasi ning texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan tayyorlagan kurs ishi
|
bet | 3/16 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 64,84 Kb. | | #129205 |
Bog'liq 4-kurs 219-guruh talabasi ning texnik ijodkorlik va konstruksiya-fayllar.org-1Kurs ishining obekti. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqish
Kurs ishining predmeti. Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
I-BOB. O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI BOSQICHLARI VA METODLARI
Ijodkorlik qobiliyati mazmuni
Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat turi. Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi.
Ijodiy topshiriq – obyekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, buyumning detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Intuitsiya – bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida topiladi. Intuitiv fikrlash jarayonlari amalga oshuvining tezligi, bos- qichlarning aniq farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish uchun bilish faoliyatining o‘zida yangi motivatsiya va maqsadlarni yuzaga keltiradi. Patent tadqiqotlari texnika obyektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va taraqqiyot istiqbollarini aniqlash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar bo‘lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi.
Patent izlanishlari turli davlatlarning Ixtirolar xalqaro tasnifi bo‘yicha tasniflangan himoya hujjatlarini izlash va tahlil qilish.Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo‘lib, unda axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda jamlab boriladi.
1Ijod sifat jihatidan yangi va beqiyos, originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati. Ma’lumki, faoliyat – natijasida inson aniq mahsulot yaratadigan jarayondir. Faoliyat reproduktiv va ijodiy bo‘lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat – bu batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha bajariladigan jarayon va bu natijada faoliyat subyekti (subyektiv yangilik) uchun ham, boshqa kishilar uchun ham (obyektiv yangilik) yangilik bo‘lmagan mahsulot yaratiladi. Ijodkorlik faoliyati bu boshqa masala. Ijodkorlik faoliyatining hech bir turi uchun ularni bajarishning batafsil algoritmi yaratilishi mumkin emas, biroq ijodkorlik faoliyatining ko‘pgina turlari uchun umumiy algoritm allaqachon yaratilgan, masalan: insho yozish, kiyimlarni moslashtirish, texnika bo‘yicha ijodkorlik masalalarini yechish va boshqalar. Ijodkorlik faoliyati natijasida subyektiv yoki obyektiv yangilikka ega bo‘lgan mahsulot yaratiladi.
Yuqoridagi shartlarning insonda mavjud bo‘lishi kasbiy martabada ma’lum darajani egallash imkonini beradigan ajoyib bajaruvchi bo‘lish imkonini beradi, biroq hayotiy muvaffaqiyat zinapoyasida ko‘tarilish ijodkorlik faoliyatisiz mumkin emas. Aniqrog‘i, inson hal qila olmaydigan birinchi muhim muammogacha mumkin. Bunga ishonch hosil qilish uchun odamlarni qat’iy retseptlar bilan davolagan vrach va bir bemorda nostandart holni, yoki standart gruntlar uchun mo‘ljallangan binoni loyihalagan injenerni, loyiha bo‘lsa, juda bo‘sh grunt uchun buyurtma qilinganligini tasavvur qiling. Va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shuning uchun ijodkorlik faoliyati shaxsning asosiy intellektual kapitali bo‘lib hisoblanadi, aynan u har bir insonning kasbidan qat’iy nazar hayotda muvaffaqiyatini aniqlaydi. YA’ni ijodkorlik faoliyati – bu hech qanaqangi pulga sotib olib bo‘lmaydigan, faqat o‘rganish mumkin bo‘lgan faoliyat.
|
| |