• Tushunchalar Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi
  • 2-mavzu. Qiyosiy pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari mavzusi yuzasidan




    Download 18,47 Kb.
    Sana30.05.2024
    Hajmi18,47 Kb.
    #257269
    Bog'liq
    2-amaliy


    2-mavzu. Qiyosiy pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari mavzusi yuzasidan
    1-topshiriq
    Tushunchalar tahlili metodi

    Tushunchalar

    Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi?

    Qo‘shimcha ma’lumot

    Ambivalentli yondashuv

    u yoki bu hodisaning rivojlanish jarayonidagi ziddiyatli tendensiyalarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi; qiyosiy pedagogika muammolarini muayyan mamlakatdagi ta‘lim taraqqiyotining xususiyati va o‘ziga xosligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni hisobga olgan holda hal etish imkonini beradi.

    Bu yondashuv shuningdek, ko‘pgina davlatlarga xos bo‘lgan ta‘lim taraqqiyotidagi inqirozli hodisalarni tahlil qilishda ham qo‘llaniladi.



    Kompleks yondashuv

    zamonaviy ta‘limning ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan komponentlarini (masalan: ta‘lim mazmuni, metodlari, ta‘limni tashkil etish shakllari, tarbiya qadriyatlari, ta‘limni asosiy bosqichlari yoki darajalar sh.k.)ni ajratish va tahlil etish ahamiyatli sanaladi. Ushbu yondashuvni qo‘llash orqali turli ta‘lim tizimlarini u yoki bu asosini o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi.

    Turli ta‘lim tizimlarini taqqoslash uchun zamonaviy ta‘lim tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi ta‘lim va tarbiya maqsadi (bu ta‘lim tizimi g‘oyasi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi) muhim ahamiyatga ega.

    Insonparvar yondashuv

    ta‘lim jarayonida shaxs, uning o‘rni, ahamiyatini
    aniqlash yo‘l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o‘rinda pedagogning ham, tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o‘rinda turadi. Turli mamlakatlarda ta‘limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda ta‘limni insonparvarlashtirishda o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shgan ta‘lim va maorif arboblarini o‘rganishga yordam beradi.

    Shuningdek, bu yondashuv turli ta‘lim tizimlarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro munosabatni, u yoki bu ta‘lim muassasasida har bir ta‘lim oluvchining ijtimoiy va individual pozitsyasini tushunishga ham yordam beradi.



    Tarixiy yondashuv

    Turli davlatlarda ta‘limning davrlar va o‘zgarib boradigan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni, dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta‘lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishga poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni hisobga olish zarur.

    Ushbu yondashuvni amalga oshirishda ma'lum bir mamlakatda ta'limning rivojlanish tendensiyalarini aniq belgilab bergan tarixiy voqealarni hisobga olish kerak.



    Etnopsixologik yondashuv

    Xalqlarning milliy xususiyatlari asosida milliy qadriyatlari, urf-odatlari, an‘analarining yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga ta‘sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

    Har bir xalq, millatning o‘zigagina xos madaniy-ma‘naviy boyligi, mentaliteti ta‘limning rivojlanishini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.



    Aksiologik yondashuv

    Bizga ta'lim jarayonlarini muayyan mamlakatda ijtimoiy tajribani avloddan-avlodga o'tkazish jarayonida amalga oshiriladigan asosiy qadriyatlar va ma'nolarga yo'naltirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish imkonini beradi.

    Ijtimoiy tajribaning avloddan-avlodga o‘tishi jarayonida qadriyatlar va g‘oyalarning hal qiluvchi ta‘sirini tahlil qilishga yordam beradi.



    Integratsiyalashgan yondashuv

    Zamonaviy ta'limning eng muhim tarkibiy qismlarini aniqlash va tahlil qilish uchun muhimdir (masalan: ta'limning mazmuni, o'qitish usullari, ta'limni tashkil etish shakllari, ta'limning ahamiyati, ta'limning asosiy bosqichlari yoki darajalari va boshqalar).

    Ushbu yondashuvning amalga oshirilishi ta'lim tizimlarini bir-birlari bilan yoki boshqa sabablarga ko'ra taqqoslash imkonini beradi. Turli xil ta'lim tizimlarini taqqoslash uchun zamonaviy ta'limning tarkibiy qismlari, masalan, tarbiyalash maqsadi yoki tizimning ta'lim ideallari haqida fikr beradigan ta'lim berish maqsadi juda muhimdir.



    2-Topshiriq
    Ikki qismli kundalik metodi

    Melioristik yondashuv

    Melioristik yondashuv (M.A.J.Parijskiy): boshlangich, o‘rta, oliy ta’lim kabi talim bosqichlari va xotin-qizlarning ta’lim olishi, o‘qituvchilarni tayyorlash kabi muammolar bo‘yicha savollardan iborat bo’lgan so‘rovnoma hamda kuzatuvlar asosida o‘tkazilgan tahlillardan iborat.

    Tarixiy-falsafiy yondashuv

    Tarixiy-falsafiy yondashuv vakillaridan biri rus pedagogi K.D.Ushinskiy bo'lib, u har bir ta’lim tizimining milliy xususiyatlarini saqlash tarafdori edi, bu esa chet el tajribasini tadbiq etishga birmuncha to‘sqinlik qilardi. Ingliz komparativistikasining klassik vakili M.Sendler ham ma’naviy va madaniy omillami bilmasdan turib, milliy ta’lim tizimini taqqoslash mumkin emas deb hisoblardi. XX asr boshlarida qiyosiy pedagogikada tizimli-sotsiologik yondashuv yuzaga keldi, bunda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, g'oyaviy xarakterdagi omillar qiyosiy tadqiqotlarning asosi deb qabul
    qilindi.

    Fanlararo yondashuv

    Fanlararo yondashuvda, birinchidan, ta’lim tizimi rivojlanishining mamlakat iqtisodi bilan, demak, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy fanlar bilan bog’liqligi, ikkinchidan, tadqiqotlarda didaktika, tarbiya nazariyasi, etnopedagogika, pedagogika tarixi, oliy maktab pedagogikasi kabi sintezining zarurligi bilan bog’liqdir.

    Etnomadaniy yondashuv

    Etnomadaniy yondashuv ayrim davlat, hudud va global miqyosda xalq ta’limi va madaniyatining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlar va milliy xususiyatlami aniqlashni nazarda tutadi, bu yondashuv hozirgi kunda juda muhim sanaladi, milliy ta’lim tizimlarining globallashuv va integratsiyalashuv yo'nalishi qiyosiy pedagogik tadqiqotlarda mazkur yondashuvning asosiy tamoyillarini ajratib ko rsatish imkonini beradi


    Ikki qismli kundalik uchun talabalar yozilmagan qog‘ozning o‘rtasidan tik chiziq o‘tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Kog‘ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko‘p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg‘otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg‘otar. O‘ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu sitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg‘otdi? Shu munosabat bilan ularda qanday savol tug‘ildi? Qisqasi, matnni o‘qirkan, o‘quvchilar vaqti-vaqti bilan to‘xtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo‘yib borishlari kerak
    Mana shu namuna asosida ikki qismli kundalikni to’diring
    Download 18,47 Kb.




    Download 18,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Qiyosiy pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari mavzusi yuzasidan

    Download 18,47 Kb.