• I.Ishni bajarishdan maqsad.
  • II.Ishni bajarish tartibi
  • 4 Laboratoriya ishi Elektr o‘lchov qurilmalari va ularning ishlashini tekshirish. Kirish




    Download 136,05 Kb.
    bet4/5
    Sana28.01.2024
    Hajmi136,05 Kb.
    #147525
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    №4 Laboratoriya ishi

    6.1-rasm. Termoparaning tuzilishi.

    Termopara yordamida temperaturani o‘lchashning afzalliklari:


    -o‘lchov vositalarining arzon va soddaligi, ayniqsa o‘ta yuqori temperaturalarni o‘lchashda;
    -o‘lchov aniqligining yuqoriligi ±0,01 °C gacha;
    -o‘lchash diapazonining kengligi (amalda −200 C dan 2500 C gacha)
    Termopara yordamida temperaturani o‘lchashning eng asosiy kamchiligi issiqlik jarayonlarining kata inertligi tufayli hosil bo‘ladigan dinamik xatolikdir. Odatda issiqlik jarayonlarining inertlik doimiysi 10 s dan 60 s gacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari termoparalar yana quyidagi kamchiliklarga ega:
    - graduirovkalash zarurligi;
    - termopara ikkinchi sovuq uchlari temperaturasining o‘lchash aniqligiga ta’siri;
    - termorpara uchlari uzun bo‘lgan hollarda “antenna” effekti o‘lchash aniqligini kamaytiradi.
    Hozirgi kunda sanoatda termoparalarning quyidagi turlari keng tarqalgan:
    Nisbatan past temperaturalarni o‘lchashda :
    xromel-kopel – TXP; mis-kopel – TMK;
    xromel-konstanta – TXKn.
    Katta temperaturalarni o‘lchashda (bir necha yuzlab va undan yuqori):
    platina-platina – TPP; mis-konstanta – TMKn;
    temir –konstanta – TJK.
    Termopara bilan temperaturani o‘lchash aniqligini oshirishda termopara uchlari bilan muhitning o‘zaro kontakti muhim ahamiyatga ega. Muhit bilan termopara uchlarining issiqlik muvozanati qancha aniq bo‘lsa o‘lchash aniqligi oshadi.


    I.Ishni bajarishdan maqsad.
    Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad termoparani ishlatishni va uni graduirovka qilishni (darajalashni) o‘rganish. Termopara yordamida temperatura o‘lchashning fizik asoslarini o‘rganish. Turli xil texnologik jarayonlarda temperaturani o‘lchashni tashkil qilish va uni amalga oshirishning texnik jixatlari haqida tushunchalar hosil qilish.


    II.Ishni bajarish tartibi:
    Tajriba ishini bajarish uchun 6.2 –rasmdagi sxemani yig‘ing.


    Simobli termometr
    TXK tipli termopara


    6.2-rasm. Termopara yordamida temperaturani o‘lchash sxemasi
    Laboratoriya ishining sxemasi silindrsimon nixrom simli qizdirgich va uning ichiga joylashtirilgan termoparadan iborat. Qizdirgichga 30 V gacha bo‘lgan doimiy kuchlanish beriladi. Natijada temperatura asta sekin oshib boradi. Temperaturaning ortishi simobli termometr yordamida nazorat qilinadi. Temperatura organ sari termoparagi tok ham ortib boradi.
    Temperaturani termopara yordamida o‘lchash uchun milliampermetrning ko‘rsatishi va simobli temrmometrning ko‘rsatishlari orasidagi bog‘lanish aniqlanadi. SHu jarayon termoparani darajalash deb ataladi. Darajalangan termopara uchun uning har bir tokiga ma’lum harorat mos keladi.



    Download 136,05 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 136,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4 Laboratoriya ishi Elektr o‘lchov qurilmalari va ularning ishlashini tekshirish. Kirish

    Download 136,05 Kb.