|
4 Laboratoriya ishi Elektr o‘lchov qurilmalari va ularning ishlashini tekshirish. Kirish
|
bet | 2/5 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 136,05 Kb. | | #147525 |
Bog'liq №4 Laboratoriya ishiII. Ishni bajarishdan maqsad
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligini temperaturaga bog‘liqligi haqidagi nazariy bilimlarni amalda tekshirib ko‘rish. YUqori temperaturalarni o‘lchashning eng sodda usullarini amalda qo‘llash va kundalik hayotimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan cho‘g‘lanma tolalai lampa spiralining yonib turgan paytdagi temperaturasi haqida tushuncha hosil qilish.
Laboratoriya ishi ikkita mashqdan iborat. Birinchi mashqda cho‘g‘lanma tolalning harorati qarshilikning temperaturaviy koeffitsienti orqali aniqlanadi (albatta bu o‘lchashda aniqlik yuqori bo‘lmaydi). Ikkinchi mashqda termopara o‘rganiladi.
1-Mashq.
Ishni bajarish tartibi
-tajriba ishini bajarish uchun quyidagi sxema yig‘iladi:
a) b)
1-rasm. Cho‘g‘lanma lampa tolasining sovuq (a) va qizigan (b) holdagi qarshiliklarini o‘lchash.
V0- o‘zgarmas tok voltmetri (15 V), V – o‘zgaruvchan tok voltmetri (250V), mkA0 – o‘zgarmas tok mikroampermetri (50 mkA), A – o‘zgaruvchan tok ampermetri, L – cho‘g‘lanma tolali lampa.
Dastlab lampaga 4 V kuchlanishni ulang, V0- o‘zgarmas tok voltmetri yordamida U0 kuchlanishni, mkA0 – o‘zgarmas tok mikroampermetri yordamida I0 tok kuchini o‘lchab, yozib oling. So‘ngra lampani 220 V kuchlanishga ulang va lampa normal yonib turgan holat uchun V – o‘zgaruvchan tok voltmetri yordamida U kuchlanishni, mA – o‘zgaruvchan tok milliampermetri yordamida I tok kuchini o‘lchab yozib oling.
III. Hisoblashlar
Olingan natijalar asosida quyidagilarni hisoblang:
-tolaning sovuq holatdagi dastlabki qarshiligi R0 = U0 / I0 ;
-tolaning qizigan holatdagi ishchi qarshiligi R = U / I ;
Topilgan R0 va R qarshiliklarning qiymatlaridan foydalanib ΔT temperaturani 1- tenglikdan foydalanib aniqlang
T = (R - R0 ) / R0 ,
bu yyerda = 0,0050 °C-1 (1- jadvaldan volfram uchun).
Temperaturaning absolyut qiymatini toping (xona temperaturasini 20 °C deb oling).
T = T – 20 °C
Tajriba ishini 40 Vt, 60 Vt, 100Vt va 150 Vt quvvatli lampalar uchun bajaring, natijalarni quyidagi jadvalga yozib lampa quvvatining oshishi bilan tolaning qarshiligi va temperatura qanday o‘zgarishini baholang.
2- jadval
T/r
|
R (Vt)
|
R0 (Om)
|
R (Om)
|
T (°C)
|
Izoh
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
Lampaning nominal kattaliklari Un va Pn yordamida tolaning nominal qarshiligi Rn ni hisoblang va uni R qarshilik bilan solishtiring, farqni tushuntiring.
|
| |