5.8-rasm. № 6 relelar shchiti panelining bog’lanish sxemasi.
№6 relelar shchiti panelining bog’lanish sxemasi 5.8-rasm da keltirilgan. Bu
sxemada R3 va R4 rezistorlar, KA1-KA4 maksimal tok relelari, KT1 va KT2 vaqt,
KQQ oraliq (ikki pozitsiyali RR11 tipdagi), KQT va KQC (RP 23 tipdagi), KH1 va
KH 2 ko‘rsatkichli relelari va S almashlab ulagich ko‘rsatilgan.
Bu apparatlar
panelning yuzasiga o'rnatilgan, ularning chiqishlari esa montaj tomonidan (orqadan)
o’tkaziIgan.
Shuning uchun sxemadagi chiqishlari punktir chiziq
bilan ramkaga olingan
apparatlar panelning orqa tomonidan ko'rinmayotganini ko‘rsatadi.
Sxemada №10 boshqaruv shchiti panelida barcha apparatlar 01 dan 14 gacha
ketma-ket sonlar bilan raqamlangan (apparatlar soniga ko‘ra).
Shuningdek, panelning chap yonida joylashgan barcha apparatlar va qisqichlar
qatoridagi qisqichlar raqamlangan.