№4 laboratoriya ishi ulanish sxemalari, ulanishlarni bajarish qoidalarini va sxemalarni bajarishning manzilli, jadvalli, grafik usullarini tahlil qilish




Download 403,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.02.2024
Hajmi403,33 Kb.
#153000
  1   2   3
Bog'liq
LJAA 4-laboratoriya



№4 - LABORATORIYA ISHI 
Ulanish sxemalari, ulanishlarni bajarish qoidalarini va sxemalarni 
bajarishning manzilli, jadvalli, grafik usullarini tahlil qilish. 
Bog‘lanish sxemasida qurilm alardagi barcha elektrik bog‘lanishlar aks 
ettiriladi, ulanish sxem asida esa bu qurilmalar qanday ulanishi kerakligi ko‘rsatiladi 
[2]. 
Bog’lanish sxemasida qurilma tarkibidagi barcha moslamalar va elementlar
uning kirish va chiqish elementlari (bog‘lagichlar, platalar, qisqichlar va hokazo), 
shuningdek bu moslama va elementlar bilan bog‘lanishi tasvirlangan bo‘lishi kerak. 
Bundan tashqari, simlar (simlar guruhi, dastalar, kabellar, elektrik shnurlar) 
o‘tadigan kiritish elementlari (o‘tish izolyatorlari, termokirishlar, salniklar va 
boshqalar) tasvirlangan bo’lishi lozim. 
Qurilma to‘rtburchak yoki ichki ko‘rinishi soddalashtirilgan holda, kelayotgan 
simlarga ulanish uchun chiqishlari (kontaktlari) ko‘rsatilgan holda tasvirlanadi. 
Alohida elementlar, shular qatorida kirish va chiqish, shuningdek kiritish elementlari 
KXYaT shartli grafik belgilari ko‘rinishida tasvirlanadi. Qurilma tasviri ichiga 
uning strukturali, funksional yoki prinsipial sxemasini joylashtirish mumkin. 
4.1-rasm. Ulanish sxemalarda foydalaniladigan shartli belgilar ( a - p). 
Sxemada bo’lagichlarni tasvirlashda kontaktlar shartli grafik belgilarini alohida 
emas, bog‘lagich tasviri yonida sxema maydonida yoki keyingi varaqda qo’llashga 
ruxsat beriladi. Bu holda o'tkazgichlar ulanishi ko‘rsatilgan jadvalga joylashtiriladi. 
4.1-rasmda bog’lanish sxemalaridagi elementlar va qurilmalar tasviriga 
misollar keltirilgan. Qurilma tasviri: tok relesi KA, elektrik hisoblagich I va alm 
ashlab ulagich SA (4.1-a, g rasm) to‘rtburchak shaklida, 4.1-b, e, g rasmlarda esa 
ichki prinsipial sxemasi bilan tasvirlangan. Alohida elementlar: rezistor R, 


kondensator C, xabarlash chirog‘i HL, qisqichlar dastasi X I, bog'lagich X2 lar 
KXYaT shartli grafik belgilari koT inishida keltirilgan, 4-1-rasmda bog’lagich X2 
tasvirida alohida kontaktlari ko‘rsatilgan, 4.1-m rasmda esa ko’rsatilmagan, lekin 
simlarning ulanish jadvali keltirilgan. Kiritish elementlari belgilari: o‘tish 
izolyatorlari, termokiritish va salniklar 4.4-h,o rasmda ko’rsatilgan. 
Sim, simlar guruhi, jgutlar va kabellar sxemada alohida liniyalarda ko‘rsatilgan 
bo’lishi kerak. Sxemani chizishni soddalashtirish uchun sxemadagi bitta 
yo‘nalishdagi alohida simlar yoki kabellarni umumiy liniyaga qo‘shishga ruxsat 
beriladi, kontaktlar yaqinida esa har bir simlar va kabel tarmoqlari alohida 
tasvirlanadi. Bitta tolali simlar, jgutlar va kabellar qurilma bo’lagida alohida tartib 
raqami bilan belgilanishi zarur. Shu tufayli jgutga kiruvchi sim jgut oxirida 
raqamlanadi, kabel tolalari esa kabel oxirida raqamlanadi. 
Sxemada quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi kerak: simlar uchun - marka, kesimi 
va zarur bo’lganda rangi; kabellar uchun - marka, jgutlar soni va kesimi, zarur 
bo’lganda band bo’lgan jgutlar soni. 
Ulanish sxemasida qurilma, uning kirish va chiqish elementlari (bog’lagichlar, 
qisqichlar va hokazo) va unga keluvchi, oxirida qurilm aga ulanish ma’lumotlari 
(ichki zanjir va adres tavsifnomasi) keltirilgan ichki montaj kabellari va simlar 
tasvirlangan bo’lishi kerak. Ulanish sxemasida qurilma to‘rtburchak shaklida, uning 
kirish va chiqish elementlari esa KXYaT shartli grafik belgilari shaklida 
tasvirlanadi. Qurilmaning ichki chizmasini soddalashtirilgan ko’rinishda 
tasvirlashga ruxsat beriladi. Sxemada simlar va kabellar alohida liniyalar bilan 
ko‘rsatilishi kerak. Zarur hollarda sxemada simlarning markalari, kesimi, rangi, shun 
ingdek kabellar markasi, soni, kesim va band tolalari ko‘rsatiladi. 
Qurilmaning mustaqil bog’lanish sxemasi mavjud bo’lganda unda bog’lanish 
sxemasida simlar va kabellar tolalarining kirish va chiqish elementlariga 
bog’lanishini ko‘rsatmasa ham boladi. 
Elektr qurilmaning yoki uning tarkibiy qismi prinsipial sxemasida berilgan 
jarayonni amalga oshirish va nazorat qilish uchun zarur bolgan barcha elementlar va 
elektrik aloqalar aks ettiriladi. Shu tufayli bu elementlar qoida bo‘yicha turli 
qurilmalarda joylashgan bolishi mumkin (mustaqil konstruksiyasiga ko‘ra 
rasmiylashtirilgan), ularning har biri o‘zining bog’lanish va ulanish sxemasiga ega. 
Prinsipial sxema tasvirlangan varaqda, odatda, aniq elektr qurilma yoki uning 
qismlari bilan tanish ish uchun, sxema saralashda kerak boladigan unga aloqador 
boshqa turdagi sxemalar ham ko‘rsatiladi. 
Shunday qilib, yuqori kuchlanishli ajratgichni distansion boshqarishning 
prinsipial sxemasi konstruktiv uchta qurilmaga bo’linadi: boshqaruv paneli 
(almashlab ulagichlar SA, avtomatlar SF1 va SF2, signal chiroqlari HLG , HLR va 
HLW, rele KCC va KCT, rezistorlar Rl , R2 va R6,); releli himoya paneli (rele KQQ, 
KQT, KQH va rezistorlar R3, R4); ajratgich yuritmasi (elektromagnitlar YAC va 
YAT; yordamchi kontaktlar Q:l - Q:5, YAT:1 va YAT:2, magnitli kontaktor KM va 
avtomat SF3), bog’lanish sxemasi ko‘rilgan. 
Prinsipial sxemasi 4.2-rasmda keltirilgan yuqori kuchlanishli ajratgichning 
distansion boshqarish qurilmasining bog’lanish sxemasini ko‘rsatamiz.



Download 403,33 Kb.
  1   2   3




Download 403,33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№4 laboratoriya ishi ulanish sxemalari, ulanishlarni bajarish qoidalarini va sxemalarni bajarishning manzilli, jadvalli, grafik usullarini tahlil qilish

Download 403,33 Kb.
Pdf ko'rish