–rasm. Ekskavatorlarning ishlash grafiklari




Download 180,96 Kb.
bet3/3
Sana28.09.2024
Hajmi180,96 Kb.
#272824
1   2   3
Bog'liq
4 resurs KKL

2–rasm. Ekskavatorlarning ishlash grafiklari

6 - gorizontdagi ish koʼlamlari keyingi ikkinchi, uchinchi va toʼrtinchi choraklar mobaynida oʼzgarmas boʼlib qoladi. Shuning uchun 1-sonli ekskavator mazkur gorizontda butun yil davomida ishlaydi. 2-sonli ekskavator esa, birinchi kvartal davomida oʼzining kam ahamiyatli ishini bajarganidan soʼng boshqa gorizontlardagi ishlarni bajarishga ham jalb qilinishi mumkin, ammo keyinchalik 6-gorizontga kelgusi choraklardagi ishlarini bajarishi uchun qaytariladi. Lekin 2-sonli ekskavator ushbu gorizontda unga belgilab berilgan butun ish hajmini birdaniga bajarganligi koʼproq ratsional boʼlib chiqadi, ushbu jami ish hajmini bajarish uchun umumiy olganda 0,8 oy vaqt ketadi (ish hajmi – 0,027*106*4=0,108*106 m3), bunday holat mazkur ekskavatorni bir ish joyidan ikkinchisiga koʼchirish amallari sonini ancha qisqartiradi.


1–jadval
Mexanik kuraklarning jinslar turkumlari boʼyicha sakkiz soatlik smena davridagi unumdorligi, m3/sm hisobida

Ekskavator rusumlari

Transport turi

Jinslar

Yumshoq

Sertuproq

Zich (qattiq) tuproqli

Yarim qoyali

qoyali

ЭКГ–4,6В

Temir yoʼl transporti. Аvtomobil
Transporti.

1950

2150


1750/1300

1950/1150



1500/1050

1600/1150



1450

1550


1150

1300


ЭКГ–5

Temir yoʼl transporti. Аvtomobil
Transporti.

2200

2400


1950/1400

2150/1550



1600/1150

1800/1250



1550

1750


1250

1400


ЭКГ–8И

Temir yoʼl transporti. Аvtomobil
Transporti..

3100

3400


2800/2050

3050/2300



2300/1650

2550/1800



2250

2450


1800

2000


ЭКГ–12,5

Temir yoʼl transporti. Аvtomobil
Transporti..

4200

4650


3750/2800

4150/3100



3100/2250

3450/2500



3000

3350


2450

2700




Izoh. Suratida norma doirasidagi jinslar, maxrajida esa – yopishqoq jinslar. 7 chi va 6 chi pogʼonalarda qazib olish uchun foydalaniladigan 7-gorizontda ham ruda qazib olishga boʼlingan, boʼsh togʼ jinslar esa – birinchi chorakda har ikkala bortdan 846 ming m3 umumiy hajm bilan qazib-yuklanadi. Bu ishni amalga oshirish uchun (0,846*106)/(0,396*106)=2,14 dona ekskavator talab qilinadi.

Ikkita ekskavator bir chorakning toʼliq muddati davomida ishlashi kerak, bittasi esa – kvartalning 0,14 muddati davomida. 7-gorizontga 3 chi va 4 chi sonli ekskavatorlarni kiritamiz. Ular hajmlari 0,396*106*2=0,792*106 m3 boʼlgan ishlarni bajarishadi.


Ularning oylik unumdorliklari:
Qmt= = 112000 m3/oyiga = 0,112*106 m3.
Biz ekskavatorlarning ishlash grafiklarini tuzish uchun zarur boʼlgan hamma unumdorliklarini qoʼlga kiritdik.
Endi ekskavatorlarning zarur boʼlgan sonini aniqlaymiz, buning uchun ruda hamda foydali qazilmalar yuzalarini ochish ishlari boʼyicha yillik hajmlarini ekskavatorning ruda va yuza ochish ishlari boʼyicha yillik unumdorligi hisobiga oʼtkazamiz – umuman olganda ekskavatorlar soni bu paytgacha aniq boʼlishi kerak, negaki ularning soni karyerning unumdorligini belgilash vaqtida kelib chiqadi.
Rudada ishlovchi ekskavatorlar soni:
Nr= = =2,66.
Qoplovchi jinslarda ishlaydigan ekskavatorlar soni:
Np= = =7,2.
Ekskavatorlarning umumiy soni:
N= Nr+ Np=2,66+7,2=9,86.
Katta son tomoniga yaxlitlaymiz: N=10 dona ekskavator.
Modomiki, ishchi maydonchalari minimal boʼlgan kon ishlari maksimal jadallik bilan amalga oshirilayotib, ishchi bortdagi barcha pogʼonalar sinxron ravishda siljiayotgan ekan, demak jihozlarni joylashtirish amallarini yuqori gorizontlardan boshlash maqsadga muvofiq keladi, chunki yuqori pogʼonaning siljishi u bilan chegaradosh boʼlgan pastki va hokazo pogʼonalarning normal darajada ishlashini taʼminlaydi.
6-sonli gorizontning belgisidan 6-5 sonli ekspluatatsiya qilinuvchi qatlamga ishlov beriladi, bu qatlamda ruda ishlovga olib boʼlingan va shu sababli boʼsh togʼ jinslarni olib tashlash ishlari amalga oshirilmoqda. Birinchi kvartal mobaynida mazkur ishlarning hajmi 423 ming m3 ni tashkil qildi, bu hajm esa (0,423*106)/(3*0,132*106)=1,07 dona ekskavatorni talab qiladi.
Qolgan 0,846*106–0,792*106=0,054*106 m3 hajmni 2-sonli ekskavator bajaradi. Mazkur ekskavator rejalashtirilayotgan yilning birinchi oyi yakunida, 6-gorizontdagi ishlarini bajarib boʼlib, 7-gorizontga tushadi. 2-sonli ekskavatorning birinchi kvartal mobaynida ishlash vaqti (0,054*106)/(0,132*106)=0,4 oy.
7-gorizontdagi ishlar hajmlari ikkinchi va uchinchi choraklar davomida birinchi kvartalnikiga oʼxshash (u bilan bir xil). 3 chi, 4 chi va 2 chi ekskavatorlarning bandliklari ham bir xil.
Toʼrtinchi chorakning boshida 7-gorizontning chap bortidagi pogʼona yakuniy holatga kelib qoladi. Ish hajmlari 6-gorizontning ish hajmlari qadar kamayib ketadi. Shuning uchun 1,07 dona ekskavator talab qilinadi. 3-sonli ekskavator yilning oxiriga qadar ishlashni davom ettiradi. 2-sonli ekskavator, (0,189*106)/(0,132*106)=1,4 oy muddat talab qilinadigan 0,054*106*3+0,027*106=0,189*106 m3 hajmdagi ishni bajarib boʼlib, pastroqda joylashgan gorizontlarga tushadi. 4-sonli ekskavator ham 3-kvartal davomida oʼziga belgilab barilgan ish hajmini yakunlab boʼlib, 3-sonli ekskavatorning orqasidan yoʼl oladi.
8-sonli balandlikdan turib, 8–7 qatlamlarga ishlov beriladi. Qatlamdagi ruda qazib olib boʼlingan, boʼsh togʼ jinslarning har chorakdagi hajmlari esa 0,846*106 m3-ga teng, yaʼni 7-gorizontdan oldingi uchta kvartal mobaynida olingan hajmlardek va har ikkala bortga teng-baravar taqsimlangan. Shuning uchun har kvartalda va yil mobaynida 2,14 dona ekskavator talab qilinadi. 5 chi va 6 chi sonli ekskavatorlarni birinchi chorakda butun yil davomiga kiritamiz, (0,216*106)/(0,132*106)=1,64 oy vaqtni talab qiladigan 0,054*106*4=0,216*106 m3 hajmni esa 2-sonli ekskavator 7-gorizontdagi ishini tugatgandan keyin bajaradi (2–rasmga qarang).
9-sonli gorizontdan turib, 9–8 qatlamlarga ishlov beriladi, birinchi va undan keyingi choraklar mobaynida 0,423*106 m3 ruda qazib olinadi va xuddi shu miqdorda boʼsh togʼ jinslar chiqarib tashlanadi. Har bir kvartalga (butun yil uchun ham) belgilab berilgan ruda miqdorini qazib olish uchun (0,423*106)/(0,318*106 ) = 1,33 dona ekskavator kerak boʼladi.
Jinslar boʼyicha amalga oshiriladigan ishlarning koʼlami 6-sonli gorizontda bajarilgan ish hajmiga oʼxshash. Shundan kelib chiqqan holda birinchi va undan keyingi choraklar mobaynida zarur boʼlgan ekskavatorlar soni 1,07 dona ekskavatorni tashkil qiladi. 7-sonli gorizontda amalga oshiriladigan ishlarni bajarish uchun kerak boʼlgan ekskavatorlarning umumiy soni: 1,33+1,07=2,4. Taʼkidlash joizki, ekskavatorlarning hammasi ruda hamda jinslarda ishlash uchun moʼljallangan, zaxodkaning oldinga siljib borgani sari hamma ekskavatorlar ham rudaga, ham jinslarga ishlov bera olishadi. Shu sababli amalga oshirilgan ish hajmlari ikkilangan yoʼlak bilan ifodalanadi (toza yoʼlak – jinslar, shtrixlangan yoʼlak – ruda), bu yoʼlak ustiga ikki sonlar yigʼindisi yoziladi, sonlardan birinchisi – jinslar hajmini, ikkinchisi esa – rudaning hajmini bildiradi (10.2–rasm).
Ikkita yangi 7-sonli va 8-sonli ekskavatorlarni kiritamiz. Ular butun birinchi chorak davomida 9-gorizontda ishlashadi, ulardan har biri (0,423*106)+(0,423*106)/2,4=0,353*106 m3 ish hajmini bajarishadi. Qolgan rudadan va jinslardan iborat hajm 0,846*106–0,353*106*2 = 0,14*106 m3 ga teng.
Keyingi kvartallar davomida ish hajmlarini ekskavatorlar orasida taqsimlash xuddi birinchi chorak davridagidek. 7-sonli va 8-sonli ekskavatorlar shu gorizontda yilning oxiriga qadar ishlashadi. 2-sonli ekskavatorning 9-sonli gorizontda ish unumdorligi (0,14*106*4)/(0,353*106:3)=4,76 oyni tashkil qiladi. 9-sonli gorizontdagi ekskavatorlar ishlashlarining grafik tarzdagi ifodasi 10.2–rasmda keltirilgan.
10-sonli gorizontda 10–9 pogʼonalarlarga ishlov beriladi. Mazkur gorizontdagi ruda hamda ochish ishlarining hajmlari va ularni choraklar boʼyicha taqsimlash 9-balandlikdagi bilan bir xil. 9-sonli va 10-sonli ekskavatorlarni kiritamiz, ular butun yil davomida rudali ishlar va jinsli ishlar hajmlarini bajarishadi.
Umumiy hajmi 0,14*106*4=0,56*106 m3 boʼlgan rudani qazib olish hamda boʼsh togʼ jinslarni olib tashlash boʼyicha qolgan ishlarni uchunchi chorak yakunida 9-sonli gorizontdan tushadigan 2-sonli ekskavator va toʼrtinchi chorakning boshida 7-sonli balandlikdagi ishlarini tugatib keladigan 4-sonli ekskavatorlar bajarishadi. Аytib oʼtish lozimki, toʼrtinchi kvartal davomida 10-sonli balandlikda ishlovchi ekskavatorlarning unumdorliklari oʼrnatilgan normativlarga qaraganda pastroq boʼladi, sababi – chap bortdagi pogʼonaning yakuniy holatga kelib qolganligi sababli 7-sonli bortdan bir ekskavator boʼshab chiqadi. 10-sonli gorizontdagi jihozlar ishlashlarining grafik tarzdagi ifodasi 2–rasmda keltirilgan.
Shunday qilib, kon ishlarining kvartallar boʼyicha kalendar rejasi va rejalashtirilgan kalendar hajmlarni bajaruvchi jihozlarning ishlash grafiklari tuzib chiqildi. Mazkur grafik yilning har qanday vaqtida har bir ekskavatorning ishlash joyini va bajarayotgan ish hajmini bilish imkoniyatini beradi. Rejalashtirilayotgan yilning yakunida ekskavatorlarning joylashish holatlari 1–rasmda tegishli raqamlar bilan belgilab qoʼyilgan.
Kalendar rejalashtirish boʼyicha masalalarni yechish uchun boshlangʼich maʼlumotlar variantlari 2–jadvalda keltirilgan. Boshlangʼich maʼlumotlarning keltirilgan variantlari 1–rasmda koʼrsatilgan geologik qirqim va karyer konturiga moslashtirib berilgan.
2–jadval
Masalalarni yechish uchun berilgan boshlangʼich maʼlumotlarning variantlari

Variant nomeri

Аr,
mln. t/yiliga

р,
t/m3

h, m

В, m



b, m

Ekskavator tipi

Transport turi

Lk,m

1

7,5

2,22

20

60

640

30

ЭКГ–8И

Автомобил транспорти

2600

2

9

2,5

15

55

700

25

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

3000

3

11

2,7

15

57

750

26

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2100

4

14

2,4

15

59

700

27

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2700

5

12,7

2,45

12

62

750

30

ЭКГ–5

Автомобил транспорти

2500

6

8,3

2,1

20

63

650

35

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2400

7

9,6

2,3

15

66

700

32

ЭКГ–8И

Автомобил транспорти

2500

8

8,7

2,3

15

70

750

30

ЭКГ–8И

Автомобил транспорти

2400

9

7,9

2,1

20

45

80

27

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2600

10

8,3

2,2

20

40

750

25

ЭКГ–12,5

Темир йўл транспорти

2700

11

9

2,5

15

55

700

25

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

3000

12

11

2,7

15

57

750

26

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2100

13

14

2,4

15

59

700

27

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2700

14

12,7

2,45

12

62

750

30

ЭКГ–5

Автомобил транспорти

2500

15

8,3

2,1

20

63

650

35

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2400

16

9,6

2,3

15

66

700

32

ЭКГ–8И

Автомобил транспорти

2500

17

8,7

2,3

15

70

750

30

ЭКГ–8И

Автомобил транспорти

2400

18

7,9

2,1

15

45

80

35

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2600

19

11

2,45

12

63

750

32

ЭКГ–12,5

Темир йўл транспорти

3000

20

14

2,1

20

66

80

30

ЭКГ–5

Автомобил транспорти

2100

21

12,7

2,3

15

70

750

27

ЭКГ–8И

Автомобил транспорти

2700

22

8,3

2,3

15

45

700

25

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2500

23

9,6

2,1

20

40

750

25

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2400

24

8,7

2,2

20

55

700

26

ЭКГ–8И

Темир йўл транспорти

2500

25

7,9

2,5

15

57

750

27

ЭКГ–12,5

Темир йўл транспорти

2400

Nazorat savollari:


1. Texnologik loyihalashtirish normalari qanday kalendar ish rejimini tavsiya qiladi?
2. Gorizontal ruda qatlami elementlarining joylashuvini koʼrsatib bering?
3. Kvartallar davomida ish hajmlarini ekskavatorlar orasida taqsimlash qanday amalga oshiriladi?
4.Ekskavatorlarning zarur boʼlgan sonini aniqlashni hisoblashlarda koʼrsating?
Download 180,96 Kb.
1   2   3




Download 180,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



–rasm. Ekskavatorlarning ishlash grafiklari

Download 180,96 Kb.