|
4-Laborotoriya ishi kon ishlаrining kаlendаr rejаsini ishlаb chiqish
|
bet | 1/3 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 180,96 Kb. | | #272824 |
Bog'liq 4 resurs KKL
4-Laborotoriya ishi
KON ISHLАRINING KАLENDАR REJАSINI ISHLАB CHIQISH
Ishdan maqsad: kon ishlarini kalendarli rejalashtirishning uslubiy asoslarini bayon qilish va ekskovatorlar ishlashining grafiklarini tuzish.
Ishning nazariy asoslari
Karyerlarni loyihalashtirish mobaynida ishlashning optimal eng maqbul keladigan kalendar rejimini tanlab olish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday kalendar rejimi qoʼllanilgan kezda kon transporti jihozlaridan oqilona foydalanishga, mehnatning maksimal mahsuldorligiga va tovar mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun minimal xarajatlar qilishiga erishiladi.
Texnologik loyihalashtirish normalari quyida keltirilgan kalendar ish rejimini tavsiya qiladi.
Temir yoʼl transporti qoʼllanilgan karyerlarda:
– sutkada sakkiz soatli smenasi boʼlgan uzluksiz ish haftasi –kon massasi boʼyicha yillik unumdorligi 25 mln. tonnadan ziyod boʼlgan karyerlar uchun;
– ikki va uch smena boʼyicha ishlaydigan olti kunlik ish haftasi – yillik unumdorligi 1-1,5 mln. tonnadan 25 mln. tonnagacha boʼlgan karyerlar uchun;
– sutkada ish smenasi ikkita boʼlgan besh kunlik ish haftasi – yillik unumdorligi 1-1,5 mln. tonna boʼlgan karyerlar uchun.
Foydali qazilmalar yuzasini ochish ishlari rejimi qazib olish ishlari rejimidan farq qilishi mumkin. Karyer mavsumiy ishlaydigan kezlarda ochish ishlarini oʼtkazish uchun sutkasiga uchta sakkiz soatli smenasi boʼlgan uzluksiz ish haftasini qoʼllash tavsiya qilinadi.
Kon massasi boʼyicha yillik unumdorligi 5 mln. m3 dan ziyod boʼlgan rangli metall karyerlarida (qutb doirasidan nari yerlarning) barcha karyerlari uchun sutkasida uchta sakkiz soatlik smenasi boʼlgan uzluksiz ish haftasini qoʼllash tavsiya etiladi, yillik unumdorligi 5 mln. m3 gacha boʼlgan karyerlarda esa – sutkasida ikkita yoki uchta smenasi boʼlgan besh kunlik ish haftasi joriy qilinadi.
Kalendar reja – bu uning asosida karyerdagi kon ishlari bajariladigan hujjatdir. Yaxshi tuzilgan kalendar reja karyerning normal ravishda barqaror ishlashini, kon transporti jihozlarining ishchi gorizontlar boʼyicha bir meʼyorda taqsimlanishini va bu jihozlarning butun rejalashtirish davri mobaynida yuqori unumdorlik bilan ishlashini taʼminlab beradi.
Mazkur boʼlimda kon ishlarini kalendar tarzda rejalashtirishning metodik asoslari bayon qilinadi, yaʼni qazib olish va ochish ishlari boʼyicha rejalashtirilayotgan ish hajmlarini ishchi gorizontlar boʼylab hamda vaqtda (oylar, kvartallar, yillar va hokazolar boʼyicha) taqsimlash yoʼllari koʼrsatiladi, shuningdek rejalashtirilgan hajmlarni taqsimlashga mos keladigan ekskavatorlarning ish grafiklarini tuzish amallari koʼrib chiqiladi.
Kalendar rejani oʼqitish maqsadlarida tuzish harakatlari oʼrtacha chamalangan koʼndalang qirqimda amalga oshiriladi, bunday usul ishning hisob-kitobini va hajmlarini kalendar rejalashtirish usuliga zarar keltirmagan holda soddalashtiradi.
|
| |