• 1–rasm. Ruda va jinslarning gorizontlardagi chorakma-chorak kalendar qirqimlari koʼrsatilgan karyerning koʼndalang qirqimi
  • Vazifani bajarishning ketma-ketligi




    Download 180,96 Kb.
    bet2/3
    Sana28.09.2024
    Hajmi180,96 Kb.
    #272824
    1   2   3
    Bog'liq
    4 resurs KKL

    Vazifani bajarishning ketma-ketligi

    Misol. Oʼrtacha chamalangan koʼndalang qirqimda i–yilning yakunida yuzaga kelgan kon ishlarining holati keltirilgan (10.1–rasmga qarang).


    Kelasi yil uchun kvartallar boʼyicha (chorakma-chorak) rejani quyida keltirilgan boshlangʼich maʼlumotlar asosida tuzib chiqing: ishlarni olib borish jadalligi – maksimal darajada ham gorizontal, ham vertikal yoʼnalishlarda; karyerning ruda boʼyicha unumdordorligi – Аr=7,5 mln. tonna/yiliga; rudaning zichligi – γr=2,5; foydali qazilmalar yuzasini ochish ishlari boʼyicha unumdorlik – ruda boʼyicha unumdorlik bilan belgilanadi; qoplovchi togʼ jinslarining zichligi – γp=2,0; ishlov berish tizimining oʼlchamlari: pogʼonaning balandligi – h=20 m; ishchi maydonchaning minimal kengligi – V=60 m., ishchi pogʼona qiyaligik burchagi – α=640; karyerni uning konturi boʼyicha chuqurlashtirish – qatlamning osilib turgan yoni bilan; qatlam ogʼishining burchagi – γ=700. Gorizontlarni tayyorlash ishlari eni pastki qismida – b=30 m. boʼlgan transheyalar qazish yoʼli bilan amalga oshiriladi; qazib olish hamda yuklash ishlarini amalga oshirishda EKG–8I rusumli ekskavatorlardan foydalaniladi; tashish uchun moʼljallangan transport vositasi – avtomobil transporti; karyerning oʼrtacha uzunligi – Lk=2600 m.

    1–rasm. Ruda va jinslarning gorizontlardagi chorakma-chorak kalendar qirqimlari koʼrsatilgan karyerning koʼndalang qirqimi

    Yechim. Rudaning rejalashtirilgan hajmlarini planlashtirilayotgan yilning choraklari boʼyicha hamda qazib olish gorizontlari boʼyicha taqsimlab chiqish zarur; boʼsh togʼ jinslarining qazib chiqariladigan hajmlarini rudaning berilgan hajmlarini chuqurlashishi qiya boʼlgan chogʼda maksimal darajadagi jadallik bilan qazib chiqarishga mos ravishda belgilab olish kerak (umumiy holatlarda jinslarning rejalashtirilgan hajmlari beriladi); ekskavatorlar ishlashlarining kvartallar boʼyicha grafigini tuzib chiqish darkor.


    Modomiki, misolning shartiga koʼra kon ishlarini olib borish jadalligi maksimal darajada ekan, gorizontal yoʼnalishda pogʼonalar siljishlarining minimal qiymatlarini aniqlashimiz lozim boʼladi. Bu qiymat chuqurlashish burchagi 700 ga teng boʼlgan kezda chuqurlashishning maksimal darajadagi tezligini taʼminlash uchun zarurdir. Chuqurlashtirish ruda qatlamining osilib turgan yoni boʼylab yoʼnaltirilgan chogʼda yangi gorizontlarni tayyorlash vaqti karyer chap (osilib turgan) borti siljishining zaruriy kattaligi hamda vaqti bilan aniqlanadi – li= h(ctgφ + ctgβ) (10.1–rasmga qarang).
    Ctgφ= = =3,488
    va
    ctgβ= ctg700= 0,342
    li= 20 (3,488 + 0,342) = 76,5 m.
    boʼlgan kezda oʼng tomondagi bortni quyida keltirilgan kattalikka siljitish lozim boʼladi:
    Ld= h(ctg φ–ctg β) = 20(3,488–0,342) = 63 m.
    Ruda qatlamining gorizontal qalinligidan va ishchi maydonchalarning kengliklaridan kelib chiqqan holda ikkita ruda pogʼonalari bir vaqtning oʼzida ish jarayonida boʼlishadi. Yillik unumdorlik Аr=7,5 mln. tonna/yiliga boʼlgan kezda ruda frontining siljib borishi qanday boʼlishi kerakligini aniqlaymiz:
    = = =32,6 m.
    Koʼrinib turganidek, lp-ning qiymati – lp=32,6 m. – belgilab berilgan unumdorlikni taʼminlash uchun zarur kattalik, ammo u yangi gorizontlarni tayyorlash uchun kerak boʼlgan siljib borish qiymatidan sezilarli darajada kichik – lpi va shuning uchun ham kon ishlari rejalashtirilayotgan davrda faqat pogʼonalarni siljitishdan iborat boʼladi, bu davrda yuza ochish hamda yangi gorizontlarni tayyorlash, yaʼni karyerni chuqurlashtirish ishlari amalga oshirilmaydi.
    Hisoblash uchun xizmat qiladigan ishchi maydonchalari mavjud kon ishlarini olib borish jadalligi maksimal darajada boʼlgan chogʼda pastdan balandgacha boʼlgan barcha pogʼonalarning sinxron ravishda (bir vaqtning oʼzida, bir biriga mos ravishda) siljishlariga qatʼiy rioya qilinishi kerak. Bizning holatda barcha pogʼonalar rejalashtirilayotgan yil mobaynida lp=32,6 m ga siljishi kerak (yangi joylashuv 10.1–rasmda shtirxli chiziqlar bilan koʼrsatilgan).
    Ob-havo sharoitlari nisbatan oʼzgarmas boʼlgan vaqtlarda ruda va jinslar hajmlari yil mobaynida kvartallar boʼyicha bir xil qilib taqsimlanadi, yaʼni pogʼonalarning kvartal davomida siljishlari (10.1–rasmda punktir chiziq bilan koʼrsatilgan) quyidagicha boʼladi:
    = = =8,2 m.
    Biroq shuni nazarda tutish kerakki, shimoliy oʼlkalarda yuklash jihozlarining unumdorligi, demak karyerning unumdorligi ham, qishki va yozgi vaqtlarda bir biridan farq qiladi. Mazkur holatni ishlab chiqarishning konkret sharoitlarida inobatga olish lozim boʼladi.
    Kvartallar boʼyicha (chorakma-chorak) qazib olinadigan ruda hajmlari va buning uchun qazib chiqarilishi zarur boʼlgan qoplama jinslar hajmlari ularning gorizontlar boʼyicha taqsimlanishlariga muvofiq holda quyida keltirilgan. Har chorakda oltinchi gorizontda 423 ming m3 jins qazib olinadi, bu miqdorning yillik hajmi 1692 ming m3 ni tashkil qiladi. Yettinchi gorizontda birinchi, ikkinchi va uchinchi kvartallar mobaynida 846 ming m3-dan jins qazib olinadi, toʼrtinchi chorak mobaynida esa – 423 ming m3 jins qazib olinadi, qazib olingan jinslarning yil davomidagi hajmi 2961 ming m3- ni tashkil qiladi. Sakkizinchi gorizontda har kvartal mobaynida 846 ming m3-dan jins chazib olinadi, yil davomidagi hajmi 3384 ming m3-ni tashkil qiladi. Toʼqqizinchi va oʼninchi gorizontlarda har kvartal mobaynida 423 ming m3-dan ruda va 423 ming m3 dan jins qazib olinadi, yil davomida qazib olingan rudaning hajmi 1692 ming m3-ni, jinsning hajmi esa – 1692 ming m3- ni tashkil qiladi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi kvartallar mobaynida qoplovchi togʼ jinsi koeffitsienti 3,5 m3/ m3-ni tashkil qiladi, toʼrtinchi kvartal mobaynida esa – 3,0 m3/ m3- ni tashkil etadi.
    Oldingi uchala choraklarning har biri mobaynida 846 ming m3 ruda qazib olinadi va 2961 ming m3 miqdoridagi jinslar chiqarib tashlanadi. Uchinchi kvartalning oxiriga kelib, yettinchi gorizontning chap bortidagi pogʼona yakuniy holatga kelib qoladi, shu sababli toʼrtinchi chorak mobaynida rudaning hajmi 846 ming m3- ligicha qoldirilib, 2538 ming m3 miqdorida boʼsh togʼ jinslar chiqarib tashlanadi.
    Ekskavatorlar ishlashlarining grafigini tuzishga oʼtamiz (10.2–rasm). Birinchi navbatda barcha turdagi ishlar uchun – qazib olishda, yuzasini ochish yumushlarida, shuningdek transportda kirib kelish transheyalarini qazishda va tayyorgarlik koʼrish uchun bajarilayotgan qazish ishlarini amalga oshirishda, agar shunaqa harakatlar rejalashtirilayotgan davrda koʼzda tutilgan boʼlsa, – ekskavatorlarning yillik, oylik va choraklik unumdorligini topamiz (normalar boʼyicha qabul qilamiz yoki normativ koʼrsatkichlarni hisobga olgan holda tahlil qilish yoʼli bilan hisoblab chiqamiz).
    10.1–jadvalda yoppasiga qazib olish va temir yoʼl transporti hamda avtomobil transportiga yuklash chogʼida ekskavatorlarning smena mobaynidagi unumdorligi keltirilgan. Bizning holatda ruda va jinslar qoyali, transport turi – avtomobil transporti, EKG–8I ekskavatorning smena davomidagi unumdorligi – Qsm=2000 m3/sm. Uning ishlash rejimi sifatida (ayniqsa janubiy oʼlkalarda) sutkada uchta ishchi smenasi mavjud uzluksiz ishchi haftali yil davomida ishlash tarzini qabul qilish tavsiya etilgan. Bunday holatda EKG–8I rusumli ekskavator uchun yil davomidagi ishchi smenalar soni 795 tani tashkil qiladi. Yoppasiga qazib olish chogʼida yillik unumdorlik
    Qg=Qsm*N = 2000*795 = 1,59*106 m3/yiliga,
    bir oyda esa:
    Qm= = 0,132*106 m3/oyiga,
    chorak davomida:
    Qk= 0,132*106*3 = 0,396*106 m3/chorak.

    Maʼlumki, rudani yuklashda ishlayotgan ekskavatorning unumdorligi boʼsh togʼ jinslarini yuklash bilan mashgʼul boʼlgan ekskavator unumdorligidan selektsiya va shixtalash (ruda sifatini oshirish maqsadida tanlash hamda chatishtirish yoki aralashtirish) hisobiga, shuningdek rudaning granulometrik tarkibiga va aynan negabaritlar oʼlchamlariga qoʼyilayotgan yanada yuqori talablar hisobiga 15-20 foizgacha past boʼladi. Shu asosda ruda boʼyicha yillik unumdorlik:


    Qgr=0,8*Qg=1,27*106 m3.
    Oylik unumdorlik esa:
    Qmr=Qgr/12=0,106*106 m3.
    Kvartal davomidagi unumdorlik:
    Qkr=3*Qmr=3*0,106*106 m3.

    Xuddi shu kabi ekskavatorlarning unumdorligi ular boshi berk zaboylarda ishlagan paytlarida ham pasayib ketadi, yaʼni transheyalarni oʼtishda temir yoʼl transporti qoʼllanilganda 30 foizga, avtomobil transporti qoʼllanilganda esa – 15 foizga pasayadi.


    Shunday ekan, transheyalarni EKG-8I ekskavatori bilan oʼtish hamda avtomobil transportiga yuklash chogʼida uning yillik unumdorligi:
    Qgt=0,85*Qg= 1,35*106 m3.
    Bu degani, bir ekskavator bir kvartal davomida 6-gorizontda ishlaydi va mazkur muddat mobaynida 0,396*106 m3 hajmdagi ishni bajaradi. Ikkinchi ekskavatorning ish koʼlami 0,423*106–0,396*106 m3 = 0,027*106 m3 boʼlib, ushbu koʼrsatkich vaqt nuqtai nazaridan:
    (0,27*106 )/(0,132*106 ) = 0,2 oyni tashkil qiladi.
    Shunday qilib, 6-gorizontga 1chi va 2chi sonli ekskavatorlarni kiritamiz. Ularning ishi ustiga «Bajariladigan ish hajmlari ming kub metr hisobida» deb yozilgan qator bilan koʼrsatilgan (10.2–rasm).

    Bajariladi-gan ish

    Ekspluatatsiya qilinadigan qatlam

    Ekskavator nomeri

    Kvartal (chorak)

    1–chi

    2–chi

    3–chi

    4–chi

    Boʼsh togʼ jinslarini olib tashlash



    6–5


    1
    2

    423

    423

    423

    423

    108










    7–6

    3
    4
    2

    423

    423

    423

    423

    423

    423

    423

    423

    189










    8–7


    423

    423

    423

    423

    423

    423

    423

    423




    216







    Rudani qazib olish va boʼsh togʼ jinslarini olib tashlash

    9–8

    1
    8
    2

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423




    390

    390







    10–9

    9
    10
    2
    4

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423

    423+423










    150+150
    150+150


    Download 180,96 Kb.
    1   2   3




    Download 180,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifani bajarishning ketma-ketligi

    Download 180,96 Kb.