• Tayanch so`zlar va iboralar
  • 4-Ma’ruza. Chizish masalalariga kompyuter yondashuvi




    Download 44.94 Kb.
    bet1/3
    Sana03.10.2023
    Hajmi44.94 Kb.
    #86125
      1   2   3
    Bog'liq
    Ótish ballari @Abituriyentlari 260622154913, Урок 1, Python asoslari (O\'zbekcha)

    4-Ma’ruza. Chizish masalalariga kompyuter yondashuvi
    Grafik tasvirlarni qayta ishlash, kompyuter rang modellari
    Ma’ruza rejasi:


    1. Rangning muhim tasvir yaratish instrumenti sifatida
    bajarish funksiyalari.
    2. Shtrixli (nuqtali) tasvirlar.
    3. Monoxrom tasvirlar.
    4. Indekslashtrilgan ranglar va ranglar kamalagi.
    5. RGB modeli.
    6. SMUK modeli.
    7. Chiqarish qurilmalarining yechaolish imkoniyatlari.
    8. Monitor ekrani.
    9. Printerlar va fotonabor avtomatlari.
    10. Kerakli yechaolish qiymatlarini xisoblash.
    11. Aniqligi oshirilgan rang modellari.


    Tayanch so`zlar va iboralar:


    Dpi, bpp, rangning funksiyalari, shtrixli (nuqtali) tasvirlar, monoxrom tasvirlar, indekslashtirilgan ranglar va ranglar kamalagi, RGB modeli, SMUK modeli,chiqarish qurilmalarining yechaolish imkoniyatlari, printerlar va fotonabor avtomatlari, rang modellarining rang fazosi, slaydlar, SuperVega standarti, adobe, corel, metacreations, pdf formati, shtrixli (nuqtali) tasvirlar, indekslashtirilgan ranglar, additiv modelning xal qiluvchi imkoniyati, ekran va multimediali ilovalar, liniatura, ekran va multimediali ilovalar, SuperVega standarti, yechaolish imkoniyati, poligrafik rastr.


    Rang muhim tasvir yaratish instrumenti hisoblanadi. Rang tasvirning tarkibiy qismi sifatida ikkita funksiyani bajaradi:

    1. U tasvirlanuvchi predmet xaqidagi axborotlarni kodirovka qilish funksiyasini bajaradi.

    2. Predmetni ko`rayotgan kishida ma’lum bir emotsiyalarni hosil qildirilishni amalga oshiradi.

    Masalan, oq qora tasvirlangan to`ti rasmi juda kam axborot saqlaydi. Rangli to`ti rasmi esa juda boy axborotlarni saqlaydi va kishini o`ziga jalb qiladi. Rang asosida chastotali elektromagnit to`lqinlari tabiati yotadi. Har xil uzunlikdagi rang to`lqinlari inson ko`ziga har hil ta’sir qiladi. Ko`rish organlarining tabiatiga ko`ra rangni anglay bilishlik - bu subektiv jarayondir. U ko`proq insonning individual qobiliyatlariga bog`liq. Hatto normal ko`rish xususiyatiga ega kishilar ham ranglarni har xil qabul qilishadi.
    Shtrixli (nuqtali) tasvirlar
    Shtrixli (nuqtali) tasvirlar - tasvirlarda har bir piksell ikki xil rangni akslantiradi: fon (ko`pincha oq) va oldingi plan (ko`pincha qora). An’anaviy grafikada bunday tasvirlarga oq qog`ozda ruchka bilan chizilgan gravyura, rasmlar va boshqalar kiradi. Bu model kompyuter grafikasida ko`p ishlatiladi.
    Monoxrom tasvirlar
    Shtrixli modeldan farqi shundaki – uni tashkil etuvchi piksellar ikki xil rang kombinatsiyalaridan shakllantirilishi mumkin. Oq qora rasmlar aslida monoxrom tasvirlardir. Odatda 100 yoki 256 baza kombinatsiyasi ranglari ishlatiladi. Monoxrom modeli kompyuter grafikasida keng ishlatiladi, masalan, poligrafiyada.
    Indekslashtirilgan ranglar va ranglar kamalagi
    Bu model tasvirlanuvchi predmet to`g`risidagi xamma ranglar oldindan ma’lum bo`lganda ishlatiladi. Bu modelning asosiy instrumenti ranglar kamalagi xisoblanadi. Ranglar kamalagi(palitrasi) deb ma’lum bir natural sonlarda belgilangan ranglar jadvaliga aytamiz. Rang nomerlarining ranglarga mos kelishini taqqoslash RGB modeli orqali amalga oshiriladi. Ranglar kamalagi jadvaliga oq va qora ranglar ham kiritiladi va jadvalda bitta qator rang yorqinligini aniqlash uchun ishlatiladi. Tasvirlarning informatsion modeli indekslashtirilgan rang kamalagidan tashqari tasvirlar rang indekslari piksellari diskreptorlari ishlatiladi.
    Dastlabki rangli kompyuterlarda asosan indekslashtirilgan rang modellari illatilgan. Qayd qilingan tasvirda indekslashtirilgan ranglar kamalagida ko`pi bilan 255 rang ishlatiladi. Hozirgi vaqtda, ayniqsa multimediali prezentatsiyalarda, o`yinlarda va h.k. larda to`ligicha yangi rang modellari ishlatiladi. Bu modelning hal qilaoluvchi rang imkoniyati 4 brr ga teng.
    RGB modeli
    Modelning nomi uchta ingliz so`zlari Reg(qizil), Green(yashil) va Blue (Ko`k) ning bosh harflaridan tashkil topgan. Bu uch rang insonning ko`rish va rangni ajratish fiziologik imkoniyati asosida tanlangan. Qolgan hamma ranglar shu uchta baza ranglar kombinatsiyasi asosida yaratiladi. Bu modelning takomillashtirilgan ko`rinishi additiv RGB deyiladi. Additiv modelning hal qiluvchi imkoniyati 24 bpp ga teng. RGB ning rang fazosini (hamma ranglarini) kub shaklida tasvirlab, uning qirralarida va ichida hamma ranglarni joylashtirish mumkin:




    Koordinata boshida nurlanish yo`q, shu sababli bu nuqtalarga qora rang mos keladi. Inson ko`rish organiga eng yaqin nuqta (kub nuqtasi) uchta intensiv nurlanishlar kesishish nuqtasi bo`ladi. Demak bu yerda oq rang hosil bo`ladi. Qora va oq nuqtalarni kubning katta dioganali birlashtiradi. Bu yerda monoxron ranglar paydo bo`ladi. Kubning uchta balandliklariga joylashgan bo`yoqlar baza ranglari deyiladi (ular koordinata o`qlariga joylashtirilgan). Qolganlari yordamchi ranglar deyiladi. Ular ikkitadan baza bo`yoqlarining siljitilishidan hosil qilingan.
    SMUK modeli
    SMUK so`zi Cyan(zangori), Magenta(to`q qizil), Yellow(sariq) so`zlarining bosh harflaridan va Black(qora) so`zining oxirgi harfidan tashkil topgan. SMUK modeli akslantirgan ranglar ishlatilishi lozim bo`lganda ishlatiladi. Bu holda yarim ko`rinuvchan qog`ozlarga rang o`tkaziladi. Bu qoђozdan o`tishida undan faqat ba’zi bir spektral komponentalar o`tadi. Bu hol e’tiborga olinib bu modelni ko`pincha subtraktiv model (ba’zi ranglarni ajratuvchi) deb yuritisha boshlandi.


    Aniqligi oshirilgan rang modellari


    Poligrafik texnologiyalarning rivojlanishi va juda takomillashtirilgan chop qilish qurilmalarining yaratilishi subtraktiv modelning kamchiliklarini aniqladi. Ranglarni qabul qilish aniqligini oshirishga urinishlar modelning ranglarni hosil qilish imkoniyatini oshirishga olib keldi. Qanchalik tasvirlarni shakllantirishda formalar ko`p qatnashsa shunchalik rang sifati yuqori bo`ladi. Hozirgi vaqtda ko`pgina aniqligi oshirilgan rang modellari rang tizimlari tarkibiga kiritilgan. «Rang tizimlari» rang modellaridan tashkil topgan bo`lib, maxsus dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan. Bu dasturlar kompyuter grafikasining asosiini tashkil etadi. Ulardan eng ko`p tarqalgani ( rang tizimlari) Pantone Hexachrome va CMYK+ Special hisoblanadi.

    Download 44.94 Kb.
      1   2   3




    Download 44.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Ma’ruza. Chizish masalalariga kompyuter yondashuvi

    Download 44.94 Kb.