Mexanik kengayish termometrlari




Download 188,07 Kb.
bet2/5
Sana20.05.2024
Hajmi188,07 Kb.
#245414
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma’ruza kengayish termometrlari

Mexanik kengayish termometrlari
Mexanik termometrlarga dilotametrik va bimetallik termometrlar kiradi. Ularning ishlashi xar xil chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyentiga ega bо‘lgan ikki qattiq jismning temperatura ta’sirida xar xil kengayishiga asoslangan. Qattiq jism uzunligining L uning temperaturasiga bog‘liqligi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi
L0 –00S da jism uzunligi; - jismning о‘rtacha chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyenti, grad-1.
Dilatometrik termometr (rasm.8), chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyenti katta bо‘lgan (mis, latun yoki alyumin) materialdan yasalgan va о‘lchanayotgan muxitga joylashtirilgan bir tomoni berk bо‘lgan trubka 1 dan, hamda bu trubka ichiga о‘rnatilgan va prujina 4 va richag3 bilan uning tubiga siqib turilgan sterjen 2 dan tashkil topgan. Sterjen chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyenti kichik bо‘lgan material (farfor, kvars, yoki invar qotishmasi)dan tayyorlanadi. Obyektdagi temperatura о‘zgarishi bilan trubka 1 uzunligi о‘zgaradi va bu chiziqli о‘lchamlari deyarli о‘zgarmagan sterjenni siljishiga sabab bо‘ladi. Bu siljish richaglar orqali о‘lchov asbobi strelkasiga uzatiladi.
Rasm. 8
Bimetallik termometr (rasm.9) ikkita egilgan va о‘zaro kovsharlangan metall poloskalardan tashkil topgan bо‘lib, poloska 1, chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyenti ( ) katta materialdan va poloska 2, chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyenti koeffitsiyenti ( )
kichik bо‘lgan materialdan tayyorlangan bо‘ladi. Ushbu poloskalardan tashkil topgan bimetallik plastinka, temperatura о‘zgarishiga qarab egilish darajasini о‘zgartiradi va bu tyaga 3 va richag 4 orqali о‘lchov asbobi strelkasiga uzatiladi. Temperatura oshganda bimetallik plastinka chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyenti kichik bо‘lgan metall tomonga qarab buriladi ( )
Mexanik termometrlar asosan signallovchi asboblar sifatida ishlatiladi. Bimetallik termometrlar temperatura kompensatorlari sifatida, boshqa о‘lchov asboblariga о‘rnatilib, ularning kо‘rsatishiga atrof muxit temperaturasining ta’sirini kompensatsiyalash uchun qо‘llaniladi.
Rasm.9

Download 188,07 Kb.
1   2   3   4   5




Download 188,07 Kb.