|
Suyuqlikli manometrik termometrlar
|
bet | 5/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 188,07 Kb. | | #245414 |
Bog'liq 4-ma’ruza kengayish termometrlariSuyuqlikli manometrik termometrlar -150 °C dan + 300 °C gacha haroratni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Termosistemani to‘ldiradigan ishchi moddasi sifatida simob, propil spirti, metaksilol va boshqa suyuqliklar ishlatiladi. O‘lchash sistemasi termometrik modda bilan yuqori boshlang‘ich bosimda (to‘ldirish vaqtidagi haroratda) to‘ldiriladi. Bu hol bo‘lish ehtimoli mavjud qo‘shimcha xatoliklarni suyuqlikning gidrostatik bosimi hisobidan kamaytirish uchun zarur.
Atrof-muhitning harorati o‘zgarganida suyuqlikli termometrlarning manometrida va ayniqsa kapillarda, termometrik moddaning termik kengayishi hisobiga, qo‘shimcha xatolik hosil bo‘ladi. Harorat tufayli paydo bo‘ladigan xatolikni kamaytirish uchun termoballondagi termometrik moddaning miqdorini uning kapillar va manometrdagi miqdoriga ko‘ra nisbatan ko‘p oshirishga harakat qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, termoballonning ish hajmi ko‘paytirilib, manometrining ish elementi va kapillarining ichki o‘lchami kamaytiriladi.
Suyuqlikli manometrik termometrlarning shkalalari o‘zgarmas bo‘linmali bo‘ladi, chunki o‘zgarmas bosimda suyuqlik bosimining haroratga bog‘liqligi chiziqlidir.
Kondensatsion manometrik termometrlar -50 °C dan 300 °C gacha haroratni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Termoballoni hajmining taxminan 3/4 qismi oson qaynaydigan suyuqlik bilan, qolgan qismi esa shu suyuqlikning to‘yingan bug‘i bilan to‘ldirilgan. Termoballondagi suyuqlik miqdori shunday bo‘lishi kerakki, bunda eng yuqori haroratda suyuqlikning hamma miqdori bug‘ga aylanib ketmasligi lozim. Ishchi suyuqlik sifatida freon — 22, propilen, metil xloridi, atseton, etilbenzoldan foydalaniladi. Kapillar va manometrik prujina odatda boshqa suyuqlik bilan to‘ldiriladi (ko‘p hollarda glitserin, spirt yoki suv aralashmasi ishlatiladi).
Kondensatsion manometrik termometrlarda quyidagi qo‘shimcha xatoliklari bo‘lishi mumkin.
1. Gidrostatikli (termoballon va manometrning har xil balandlikda joylashishi hisobiga).
2. Atmosferali (atmosfera bosimining o‘zgarishi hisobiga, ayniqsa, shkalaning ko‘tarilishi boshlanishida)
Kondensatsion termometrlarning shkalasi qaynash harorati va tegishli bosim orasidagi bog‘lanish chiziqli emasligi tufayli tekis emas. Shkalaning ishchi qismi uning yuqori qismida joylashgan bo‘ladi. Ulanuvchi kapillar uzunligi 60 m ga yetadi.
Maxsus tayyorlangan kondensatsion termometrlar o‘ta past haroratlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Geliy bilan to‘ldirilgan kondensatsion termometrlar, haroratlarni 0,8 K dan boshlab o‘lchash uchun ishlatiladi.
Manometrik termometrlar tuzilishining soddaligi va avtomatik yozishi bilan ajralib turadi, muhim afzalliklaridan yana biri yong‘in va portlash xavfi bor bo‘lgan sharoitlarda foydalanish mumkinligidir. Uning kamchiliklari sistemaning germetikligi buzilganda tuzatish qiyinligi va ko‘p hollarda termoballon o‘lchamlarining kattaligidir.
Gazli va suyuqlikli manometrik termometrlarning aniqlik klassi -1; 1,5 va 2,5; kondensatsion termometrlarniki -1,5; 2,5 va 4.
|
| |