«10 dan 4 ga» shifratori («4 dan 10 ga» deshifratori)ning
haqiqiylik jadvali
i
|
X0
|
X1
|
X2
|
X3
|
X4
|
X5
|
X6
|
X7
|
X8
|
X9
|
Q3
|
Q2
|
Q1
|
Q0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
2
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
3
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
4
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
5
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
6
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
|
7
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
8
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
|
1
|
0
|
0
|
|
9
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
0
|
0
|
1
|
MAF yordamida shifrator quyidagi qonunga asosan ishlashini kuzatishimiz mumkin. Ј)0 kichik chiqish razryadi ixtiyoriy toq kirishlardan biriga signal berilganda ochilishi kerak, chunki ikkilik sanoq tizimidagi barcha toq sonlar kichik razryadida birga ega. Demak, kichik razryad tashkil etish uchun toq raqamli o'zgaruvchilar kirishlariga berilgan ko'p kirishga ega bo'lgan YOKI sxemasini qo'llash kerak. Keyingi Q1 chiqish razryadi ikkilik sanoq tizimida Q1 razryadida birga teng bo'lganda, ya'ni 2, 3, 6, 7 raqamli o'zgaruvchilarga ega bo'lganda ochilishi kerak. Uchinchi chiqish signali Q2 razryadi ikkilik sanoq tizimida uchinchi razryadi birga teng bo'lganda, ya'ni 4, 5, 6, 7 raqamli o'zgaruvchilarga ega bo'lganda ochilishi kerak. Oxirgi Q3 razryadi ikkilik sanoq tizimida 4-razryadi birga teng bo'lganda, ya'ni 8 va 9 raqamli o'zgaruvchilarga ega bo'lganda ochilishi kerak. Kirish sinalining birga teng darajasi faqat bir kirishda bo'lishi mumkin. Kirishlarda bir bo'lmasa to'rttala chiqishda nol kodi hosil bo'ladi.
7.1-rasm. Shifrator blok-sxemasi.
(7.1) tizimga mos keluvchi shifratoming mantiqiy tizimi 7.1-rasmda keltirilgan.
Raqamli tizimlarda shifratoming qo'llanilishi –bu dastlabki ma'lumotni ikkilik tizim tilida klaviaturadan kiritishdir. Shifrator va uning boshqaruv klaviaturasining shartli belgilanishi 7.2-rasmda keltirilgan.
Shifratorning berilgan o'nlik kodiga mos raqamli xi kirishlaridan biror klavishasi bosilsa, mantiqiy bir signal hosil bo'ladi. Tegishli qayta ishlashlardan so'ng, shifratorning chiqish shinalarida ikkilik kodda yozilgan raqamga mos keluvchi signallar o'rnatiladi.
Shunday qilib, shifrator faqat bitta o'tkazuvchi sim (masalan, 9-sim)ga berilgan signalni shifrator chiqishida hosil bo'ladigan parallel ikkilik kodga (bu holatda 1001) o'tkazadi. Shifrator faqat bitta kirish signaliga javob berishi uchun uning sxemasi ustuvor qilib tuziladi. U holda chiqishdagi signal signalni qabul qilgan «katta» kirish raqamiga mos kelishi kerak. Deylik, signallar bir vaqtning o'zida 3, 4 va 9- kirislilarga berilgan bo'lsin. Bu yerda 9-kirish katta raqamga ega bo'lib, ustuvorlikka ega, shuning uchun shifrator chiqishidagi kod 1001bo'ladi. Shu sababli, ustuvor shifrator mikrosxemalarida qo'shimcha mantiqiy elementlar ko'zda tutiladi. Ustuvor shifrator analog-raqamli o'zgartirgich va mikroprotsessorli tizimlarda qo'llaniladi.
7.2-rasm. Shifrator va uning boshqaruv klaviaturasi.
«1» nuqta potensiali mantiqiy bir potensialiga teng. Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o'nlik sanoq tizimidagi kodga o'zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma deshifrator yoki decoder deb ataladi. Bunday o'zgartirishlar, masalan, elektron soatlarda, EHM va shu kabilar dasturidagi ma'lumotlarni qayta shifrlashda qo'llaniladi. Deshifrator shifratorga teskari bo'lgan amalni bajaradi. Agar deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m = 2n munosabat bilan bog'langan bo'lsa, bunday deshifrator to'liq deb ataladi. Agar m < 2n bo'lsa, deshifrator to'liq emas deb ataladi.
Ikkilik-o'nlik raqamlarni o'nlik raqamlarga o'girishda deshifrator qanday ishlashini ko'rib chiqamiz. Deshifrator va shifrator bajaradigan amallar deyarli bir-biridan farq qilmasligi sababli, deshifratorning ishlashi shifrator ishining haqiqiylik jadvali (8.2-jadval) bilan ifodalanadi. Kirish va chiqish signallarini o'rin almashtirish kifoya. Endi chiqish signallari bo'lib xi , kirish signallari bo'lib esa Qi hisoblanadi. Jadvalga binoan, faqat bitta kirish o'zgaruvchilari majmuyida chiqishdagi signal birga teng, ya'ni faqat bitta bir konstituentasi uchun. Demak, «4 dan 10 ga» deshifratori ishi algoritmi quyidagi tenglamalar sistemasi bilan ifodalanadi:
«10 dan 4 ga» deshifratorining shartli grafik belgilanishi 7.3-rasmda keltirilgan. Bu deshifrator ikkilik-o'nlik kodni o'nlik kodga o'zgartiradi.
Shunday qilib, deshifrator to'rt razryadli ikkilik-o'nlik kodni ikkilik- o'nlik sanoq tizimidagi o'nlik raqamga mos keluvchi chiqishda yuzaga kelgan mantiqiy bir kuchlanishga o'giradi. Masalan, 1001 kirish kodi 9-raqamli simni ishga tushirishi kerak, desliifratorning qolgan simlarida nol bo'lishi kerak. Tezkorligi yuqori, lekin qo'llanilgan murakkab MElar soni ko'p bo'lgan qurilma, chiziqli deshifrator (DSH) hisob lanadi. Chiziqli DSH bir-biri bilan bog'lanmagan HAM sxemalari majmuyini tashkil etadi. Ularning liar biri DSH ishini ifodalovchi (5.10) MAF tizimi mantiqiy funksiyalaridan birini amalga oshirish uchun mo'ljallangan. Demak, (5.10) yordamida ifodalanuvchi tizim uchun o'nta HAM sxemasi talab etiladi. Adabiyotlarda chiziqli DSHlar bir pog'onali, parallel yoki matritsali deshifratorlar deb ham nomlanadi.
7.3-rasm. «4 dan 10 ga» deshifratorining shartli grafik belgilanishi.
Chiziqli DSHlarning afzalligi - ularning tezkorligidir, chunki signal faqat bitta ME orqali o'tadi. DSHning kamchiligi bo'lib, faqat ko'p sonli ko'p kirishlarlarga ega bo'lgan HAM sxemalarigagina emas, balki to'g'ri va invers signallar manbayi bo'lgan sxemalarga ham qo' yiladigan yuqori yuklama talablar hisoblanadi. Shuning uchun chiziqli DSHlar kirish o'zgaruvchilari uncha katta bo'lmagan (n = 2÷4) kichik DSH yoki piramidali, yoxud ko'p pog'onali deshifratorlarda qo'llaniladi. Ikkita adres kirishiga va to'rtta (0-3) chiqishga ega bo'lgan chiziqli DSH tasviri 7.4, a-rasmda, uning shartli tasviri esa 7.4, b»-rasmda keltirilgan. Far bir chiqish HAM elementining, chiqishi bo'lib hisoblanadi. Demak, bu kirish bilan bog'liq bo'lgan ikkilik o'zgaruvchi 1 qiymatini faqat mos keluvchi HAM elementining uchala kirishida 1 qiymatiga mos keluvchi o'zgaruvchi hosil bo'ladigan holatdagina qabul qilishi mumkin.
7.4-rasm. Chiziqli DSH (a) va lining shartli grafik belgilanishi (b).
Deshifrator mikrosxemalari ko'p hollarda ruxsat kirishi С ga ega bo'ladi. Bu kirishning mavjudligi ISlar asosida kirish kodi razryadini oshirishga imkon beradi.
n = 4 bo'lgan ko'p bosqichli (to'g'ri burchakli) DSH sxemasini hosil qilish 7.4-rasmda keltirilgan. U bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda kirish kodining katta va kichik razryadlarini qayta shifrlovchi ikkita chiziqli DSHdan iborat. Mazkur sxemada ixtiyoriy kirish o'zgaruvchilari kombinatsiyasida to'g'ri burchakli to'rning HAM sxemasi kiritilgan tugunlarining bitta ustuni yoki bitta qatori tanlanadi. Natijada kirish o'zgaruvchilarining har bir kombinatsiyasi bitta HAM sxemasini ishga tushiradi.
Sodda MElar soniga ko'ra mazkur deshifrator bir pog'onalidan sodda, ya'ni barcha kirish va chiqishlar yig'indisidan kelib chiqadigan apparaturaga ketadigan xarajatlar minimal bo'ladi.
shartli belgisi 7.5-rasmda keltirilgan. Deshifrator sxemasi qo'shimcha S, M, K chiqishlarga ega bo'lib, indikatorlar so'nuvchi impuls kirishi va pulsatsiyalarni so'ndiarvchi impuls kirishlarini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Funksional jadvalga faqat 10 ta (24 = 16 kombinatsiyadan) ikkilik kirish o'zgaruvchilari kiradi, ular o'z navbatida 0 dan 9 gacha bo'lgan butun sonlarga mos keladi. 10 dan 15 gacha bo'lgan butun sonlar (1010 dan 1111 gacha bo'lgan ikkilik sonlar) ma'noga ega bo'lmay, deshifrator sxemasi tomonidan o'zgartirilmaydi. Xuddi shunday 128 (27) ta 0 va 1 kombinatsiyasidan deshifrator chiqishida yana raqamli indikatorning faqat mazkur raqam konturini shakllantiruvchi 10 ta kombinatsiyasi ma'noga ega bo'ladi O'rta integratsiya darajasidagi mikrosxemalar oilasiga mansub barcha mantiqiy sxemalar tarkibiga kiravchi boshqa turdagi deshifratorni ko'rib chiqamiz. Bu ikkilik-o'nlik kodni raqamli indikatorlarni boshqarish uchun yetti segmentli kodga o'zgartiruvchi deshifratordir. Bunday deshifratorlar o'nlik raqamlarni yorug'lik diodlari, suyuq kristall indikatorlarida, lektrolyuminissent va elektrovakuum qurilmalar ishlatilgan yorug'lik tablolarida vizual indikatsiyalash qurilmalarida qo'llaniladi.
Ikkilik-o'nlik kodni yetti segmentli kodga o'zgartirish, 7.2-jadvalga mos ravishda amalga oshiriladi. Bu yerda chiqish funksiyalari indikatorning a, b, c, d, e, f, g, ya'ni 7 ta segmentiga mos keladi (7. 6-rasm). Yetti segmentli yorug'lik indikatorida bajarilgan deshifratorning .
|