Standartlar kategoriyalari va ularning turlari




Download 62.39 Kb.
bet2/4
Sana13.12.2023
Hajmi62.39 Kb.
#117818
1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu (2)
HEMIS Student manual, Gidravlika 2, Fizik kimyo Akbarov, all, DARS JADVALI, таркат, 13K-22 EEE Ishchi oquv dasturi, Dars jadvali, курс иши методичка бажариш (1), 0‘ZGARMAS TOK MASHINALARI, Схемотехника 1-4, 8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, po\'latlarga termik-kimyoviy ishlov berish, 7as termo dinamika, Практикум Методичка Железауглеродистые сплавы
Standartlar kategoriyalari va ularning turlari


DSt standartlarning quyidagi kategoriyalarini nazarda tutadi: ГОСТ, OSt, StP.
Davlat standartlari barcha tashkilotlar va muassasalar uchun ular amal qiladigan soha doirasida majburiy hisoblanadi. Tarmoq standartlarini faqat ushbu tarmoq tashkilotlari va korxonalari ishlatishadi, korxonalar standartlari esa - faqat mazkur standartni tasdiqlagan korxonalar uchun moljallangan.
Muvofiqlik standartini quyidagilar tasdiqlaydi:
ГОСТ ni – O’zR Davstandarti.
OSt ni - ushbu turdagi mahsulotning ishlab chiqarilishiga etakchilik qiladigan vazirlik (idora).
StP ni - korxonalar rahbariyati.
ГОСТ lar asosan ommaviy va yirik seriyada ishlab chiqariladigan mahsulotlarga, davlat attestatsiyasidan o‘tgan buyumlarga, eksportga yuboriladigan tovarlarga nisbatan talablarni belgilaydi, shu munosabat bilan umumiy texnikaviy, tashkiliy-uslubiy qoidalar va normalarni, buyumlarning aniqligi normalarini, ularni nazorat qilish uslublarini, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi normalarini, fizik birliklar tizimlarini, o‘lchovlarning yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlarini, konstruktorlik, texnologik, ekspluatatsion va ta’mirlash hujjatlari, texnik-iqtisodiy axborotlar tizimlarini o‘z ichiga oladigan davlat standartlashtirish ob’ektlarini ko‘rsatish mumkin.
OSt lar davlat standartlashtirish ob’ektlariga kirmaydigan mahsulotlarga, texnologik jihozlarga, ushbu tarmoq uchun asboblarga, shuningdek, tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish-texnik faoliyatidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatining optimal darajasiga erishish uchun zarur normalar, qoidalar, belgilar va atamalarga nisbatan talablarni belgilaydi. Mashinalar, uskunalar, asboblar, seriyali ishlab chiqariladigan buyumlar, xom-ashyo, materiallar, yonilg‘i, yarim tayyor mahsulotlar, tarmoq ichida qo‘llaniladigan tipovoy texprotsesslar tarmoqdagi standartlashtirish ob’ektlari hisoblanadi.
StP faqat muayyan korxonada qo‘llaniladigan normalar, qoidalar, uslublarga, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi normalarga tegishli bo‘ladi va ular davlat tarmoq standartlarida nazarda tutilgan detallar, materiallarning qo‘llaniladigan nomenklaturasi bo‘yicha cheklashlarni belgilashi mumkin.
Ob’ektlarga va standartlarning mazmuniga qarab standartlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • texnik shartlar;

  • o‘lchamlar parametrlari;

  • tiplar;

  • markasi;

  • sortamentlar;

  • konstruksiyalar;

  • qabul qilish qoidalari;

  • sinash uslublari;

  • o‘lchovlar va o‘lchovchi asboblarni tekshirish uslublari va vositalari;

  • foydalanish va ta’mirlash qoidalari;

  • tipovoy texprotsesslar va boshqalar.

Xozirgi bosqichda barcha kategoriyalar va turlardagi standartlarni ishlab chiqish tartibi amal qiladi, u ayrim normativ-texnik hujjatlarning ishlab chiqilishining aniq mahsulotga, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan komplekslar, standartlar va texnik shartlarning yaratilishiga o‘tkazilishidan iboratdir.
Xar qanday ob’ektning ishlab chiqilishi xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga va, eng asosiysi, kutilayotgan texnik va iqtisodiy samaraga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Buning uchun adabiyotlardagi va ishlab chiqarishdagi ma’lumotlar oldindan tanlab olinadi va tahlil qilinadi, standartlashtirish ob’ektlari bo‘yicha tashkilotlarning rivojlanish tendensiyalari va ehtiyojlari belgilanadi, shuningdek, xorijdagi tajriba va u erda erishilgan standartlashtiriladigan ob’ektlarning ko‘rsatkichlari darajasining tahlili o‘tkaziladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning sifat ko‘rsatkichlari nafaqat ishlab chiqaruvchining o‘zini qondirishi, shu bilan birga barcha iste’molchilar uchun ham iste’mol qilinadigan darajada bo‘lishi kerak.
DSt belgilaydigan standartlarni ishlab chiqishning oltita bosqichi amal qiladi:
Standartni ishlab chiqishning tashkil etilishi, textopshiriqning tuzilishi va tasdiqlanishi.
Standart loyihasining ishlab chiqilishi va uning fikr-mulohazalarni olish uchun tarqatilishi.
Fikr-mulohazalarning tahlil qilinishi va eng oxirgi variantning ishlab chiqilishi.
Standartning tayyorlanishi, kelishilishi va tasdiqlash uchun taqdim qilinishi.
Standartning ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi.
Standartning nashr qilinishi.



Download 62.39 Kb.
1   2   3   4




Download 62.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlar kategoriyalari va ularning turlari

Download 62.39 Kb.