• ………………………..………………………………………...15 1.2. Xorazm musiqa folklorini maktab musiqa ta’limida o’rganish imkoniyatlari………………………………………………………………….…...22
  • ………………………………………….. …… 33 II bob. Xorazm musiqa folklori namunalaridan estetik tarbiyada foydalanish texnologiyasi…….………………………………………………….33
  • ...36 2.2. Maktab musiqa ta’limida Xorazm musiqa folklor na’munalarini tanlashga qo’yiladigan pedagogik talablar. ………………………………………………....46
  • ……………………………………………………………. 57 3.2. Xorazm musiqa folklorining tarbiyaviy ta’sirchanligi yuzasidan amaliy faoliyat natijalari. …………………………………………………………………66
  • ………………………………………………...70 Umumiy xulosa va tavsiyalar…………………………………………………...78 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….. 80 KIRISH
  • Mavzuning dolzarbligi
  • Muammoning o’rganilganlik darajasi.
  • Mavzu: Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash.




    Download 1,71 Mb.
    bet1/10
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #231206
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    mahalliy-uslublarga-xos-musiqa-folklori-vositasida-o-quvchi-yoshlarni-estetik-tarbiyalash-xorazm-musiqa-folklori-misolida


    Mavzu: Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash. ( Xorazm musiqa folklori misolida ).
    MUNDARIJA
    Kirish…...……………………….……………………………………………… 10
    I bob. Mahalliy musiqa uslublari mavzusidagi bilimlarni ta’lim-tarbiya tizimida tutgan o’rni va ahamiyati.…………………………………………… 15
    1.1. Mahalliy musiqa uslublar sirasida Xorazm musiqa folklorining janr va ijro uslublari tavsifi. ………………………..………………………………………...15
    1.2. Xorazm musiqa folklorini maktab musiqa ta’limida o’rganish imkoniyatlari………………………………………………………………….…...22
    Birinchi bob bo’yicha xulosalar. ………………………………………….. …… 33
    II bob. Xorazm musiqa folklori namunalaridan estetik tarbiyada foydalanish texnologiyasi…….………………………………………………….33
    2.1. O’quvchilarni Xorazm musiqa folklor asarlari bilan tanishtirish mazmuni....36
    2.2. Maktab musiqa ta’limida Xorazm musiqa folklor na’munalarini tanlashga qo’yiladigan pedagogik talablar. ………………………………………………....46
    Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar…………..…………………………………….. 55
    III bob. Xorazm musiqa folklor asarlari vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalash jarayoni samaradorligi. …………………………………………...56
    3.1. Xorazm folklori musiqalarining tarbiyaviy ta’sirchanlik xususiyatini aniqlovchi me’zonlar. …………………………………………………………….57
    3.2. Xorazm musiqa folklorining tarbiyaviy ta’sirchanligi yuzasidan amaliy faoliyat natijalari. …………………………………………………………………66
    Uchinchi bob bo’yicha xulosalar. ………………………………………………...70
    Umumiy xulosa va tavsiyalar…………………………………………………...78
    Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….. 80


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi: Ona vatanni sevish uni ardoqlash, uni sevish, milliy qadriyatlarni hurmat qilish tuyg’usi- muqaddas tuyg’udir. Milliy qadriyatlarning g’oyaviy- estetik ifodasi bir qator badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq musiqa merosi, afsona va dostonlarda mujassamlashgan. Bu esa milliy ta’lim-tarbiya tizimini milliy madaniyat, milliy qadriyatlar zamirida shakllantirish har jihatdan to’g’ri ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham milliy- madaniy meros na’munalari va ularda ilgari surilgan g’oyalarni jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotidagi ahamiyati haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday fikr bildiradi: ,, Bu xazina insonga hayotda barqarorlikni ta’minlaydi, uning qarashlari shunchaki boylik orttirish yo’lida kun ko’rishga yo’l qo’ymaydi, fojealar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchilik kunlarida irodani mustahkamlaydi “ [1].
    Barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtma ta’lim muassasalari zimmasiga muayyan vazifalarni yuklamoqda. Ana shunday vazifakardan biri- o’quvchi-yoshlarga milliy-musiqiy meros, uning tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan Xorazm musiqa an’analari, ularning ijro xususiyatlari, musiqa namunalari mazmunida ilgari surilgan g’oyalar to’grisida dastlabki tushunchalar berish, kuy-qo’shiqlarga mehr uyg’otish, namunalarni o’rganish, kuylash ko’nikma va mlakalarini shakllantirishdan iboratdir.
    Xorazm musiqa folklori mahalliy xalqning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi, etno-psixologik xususiyatlari, hayot falsafasi, ijtimoiy qarashlari, maqsadi hamda uni amalga oshirish yo’lida tashkil etiladigan faoliyat yo’nalishlari, shaxsga talim-tarbiya berish an’analari asosida shakllangan bo’lib, asrlar davomida tarixiylik, vorisiylik tamoyillariga muvofiq, avloddan-avlodga o;tib krlayotgan milliy qadriyatdir.
    Mustaqillik yillarida Xorazm musiqa folklorini o’rganish, targ’ibot qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boorish, eng muhimi uni ta’lim sohasiga tadbiq qilish sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. O’zbekiston sarhadida qaror topgan 4 ta eng ustuvor ahamiyatga molik mahalliy musiqiy uslublar qatorida Xorazm musiqa folklorini o’rganish bo’yicha katta imkoniyatlar ochildi.
    O’zbek musiqa folklori, jumladan Xorazm musiqa folklori millatning ma’naviy-musiqiy boyligi bo’lish bilan birga uning mazmunida milliy urf-odatlar, an’analar, Xorazm mintaliteti o’z ifodasini topgan. Xorazm musiqa folklori o’zining musiqiyligi, o’ynoqiligi, raqsbobligiga ko’ra insonlarni shu jumladan o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalashda muhim didktik vosita sanaladi. Shuning uchun ham yosh avlodni ta’limni boshlang’ich bo’limlaridan Xorazm musiqa folklori bilan maqsadli tanishtirib borish ularda milliy san’at namunalarini xis etish, go’zallikga intilib yashash kabi xislatlarni shakllanishida muhim o’rin tutadi.
    Shu jihatdan Xorazm musiqa folklori asosida o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalashning pedagogik, psixologik, didaktik imkoniyatlarini tadqiq etish, ta’lim jarayonida o’quvchilar ma’naviyatiga singdirish usullari, vositalarini ilmiy asosda yoritish alohida dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.
    Muammoning o’rganilganlik darajasi. Milliy madaniy meros uning turfa janrlarida yaratilgan asarlar mazmunida ifodasini topgan g’oyalarning shaxs kamolotidagi o’rni va ahamiyati, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish masalalari Respublikamizdagi bir qator pedagog olimlar, san’atshunoslar tomonidan o’rganilgan. H.Nurmatov, Q.Mamirov, S. Annamurotova, S.X.Fayzulina, R.Tursunov, V. Meretskaya, G’.Jurayevlar, B.Madrimov ilmiy tadqiqot ishlari shular jumlasidandir.
    Xalq musiqa ijodiyoti, uning ommaviy janri hisoblanmish xalq qo’shiqlari vositasida yosh avlodni estetik tarbiyalash, yosh avlod ongo, shuuriga milliy an’analarimiz, urf-odat, marosim, qadriyatlarimizga ongli munosabatini shakllantirish R.Mamatqulov, I.Nisanov, B.Karomatova, D.Jamolova, B.Madrimov kabi pedagog olimlarning tadqiqot ishlarida tadqiqotning bosh mavzusi etib belgilangan.
    H.Bobomirzayevning ilmiy-tadqiqot ishida o’zbek xalq bolalar qo’shiqlaridan o’quv-tarbiya jarayonida mazmuni, M.Qo’shmatovaning tadqiqot ishida o’zbek folklor qo’shiqlari orqali talabalarni estetik tarbiyalash, I.Qudratov, E.Fayzullayevning ilmiy-tadqiqot ishlari bo’lajak musiqa o’qituchilar badiiy didini shakllantirish, badiiy- estetik tarbiyasini amalga oshirish o’zbek xalq qo’shiqlari misolida yoritib beriladi.
    Xorazm musiqa folklorini to’plash, nashr qilish borasida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirilgan. Bunga san’atshunos olimlar B.Matyoqubov, S.Ro’zimboyev, R.Yunusovlarning tadqiqotlarida Xorazm folklori namunalari, ijrochilik uslub va an’analari o’rganilgan
    A.Qushayev, G’.Turayevlarning dissertatsion ishlari mazmunida o’zbek xalq cholg’ularini o’rganish jarayonida xalq musiqasi namunalaridan foydalanish, xalq musiqasining o’quvchilar tarbiyasiga ta’siri muayyan darajada yoritib berilgan. Mazkur ilmiy-tadqiqot ishlarini o’rganish shuni ko’rsatdiki, mazkur ishlarning ilmiy qiymatini e’tirof qilgan holda Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalash muammosi alohida ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida tadqiq qilinmagan. Shunga ko’ra tadqiqotimiz mavzusini ,,Mahalliyn uslublarga xos musiqa folklori vositasida o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash (Xorazm folklori misolida) nomlanishda tanladik.

    Download 1,71 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash.

    Download 1,71 Mb.