• Tadqiqot metodlari
  • Himoyaga olib chiqiladigan holatlar
  • Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
  • Mavzu: Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash.




    Download 1,71 Mb.
    bet3/10
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #231206
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    mahalliy-uslublarga-xos-musiqa-folklori-vositasida-o-quvchi-yoshlarni-estetik-tarbiyalash-xorazm-musiqa-folklori-misolida

    Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar:

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash imkoniyatlari pedagogik nuqtai- nazardan ilmiy asoslansa ;

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash yo’naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni va amaliyotga tadbiq etilsa ;

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalash jarayonini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqilsa ;

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash bo’yicha ishlar amaliy tajribalar jarayonida sinovdan o’tkazilib, natijalar ilmiy jihatdan asoslansa tadqiqot maqsadi ijobiy yechimiga erishiladi.

    Tadqiqot metodlari : pedagogik kuzatuv, tahlil, anketa, savol- javob, qiyosiy taqqoslash, suhbat, pedagogik eksperiment, matematik statistika asosida natijalarni umumlashtirish, xulosalash.
    Tadqiqotning pedagogik asosi : Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Musiqa fani bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi, O’zbekiston Respublikasi prezidentining ta’lim, fan, madaniyat sohasidagi qaror, farmonlari, pedagogika, psixologiya, musiqa o’qitish metodikasiga oid ilmiy, uslubiy o’quv adabiyotlari, sharq mutafakkirlarining musiqa merosimiz, uning shaxs ma’naviy, ahloqiy va estetik tarbiyasidagi o’rni va ahamiyati borasidagi qarorlari, ilmiy tadqiqot manbalari.
    Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyasini shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyat mazmuni, ilmiy-nazariy asoslari.

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash jarayonining ilmiy- amaliy asoslari ( shakl, uslub, vositalar ) ;

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalanganligini aniqlovchi mezonlar ;

    • Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ;

    Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati.

    1. Tadqiqot natijalari Xorazm musiqa folklori vositasida umumta’lim maktablari o’quvchilarini estetik tarbiyalashga oid pedagogik yondashuv, ilmiy metodik tavsiyalar bilan boyitildi.

    2. Maktab musiqa darslarida Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash o’rni va ahamiyati ilmiy asoslandi.

    3. Musiqa darslari jarayonida Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash mazmuni, uning pedagogik, psixologik xususiyatlari tadqiq qilindi.

    4. Tadqiqot mazmuni va natijalaridan umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarini o’qitishda shuningdek, ilmiy ma’ruza, maqolalar yozishda, ta’lim muassasalarida xalq musiqa ijodi vositasida estetik, ma’anaviy-ahloqiy tarbiya ishlarida foydalanish mumkin.

    Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi.
    Ishning sinovdan o’tishi Dissertatsiyaning tuzilmasi va hajmi. Dissertatsiya kirish 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib umumiy hajmi_____betni tashkil etdi.

    Download 1,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash.

    Download 1,71 Mb.