|
Dissertatsiya ishining respublika ilmiy-tadqiqot ishlari ustuvor yo’nalishlariga bog’liqligi
|
bet | 2/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #231206 |
Bog'liq mahalliy-uslublarga-xos-musiqa-folklori-vositasida-o-quvchi-yoshlarni-estetik-tarbiyalash-xorazm-musiqa-folklori-misolidaDissertatsiya ishining respublika ilmiy-tadqiqot ishlari ustuvor yo’nalishlariga bog’liqligi. O’zbekiston RFITI ning X.T.F2 003 ,, Umumiy o’rta ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlarini va strategiyalarini belgilash “ ilmiy laboratoriyasining tadqiqot ishlari hamda Samarqand Davlat Universitetining ilmiy pedagogik tadqiqotlar rejasiga mos ravishda tanlandi.
Tadqiqot mazmuni. Umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarni mahalliy musiqa uslublariga xos namunalarni tinglash, kuylash jarayonida estetik tarbiyalash (Xorazm musiqa folklori misolida) ning didaktik asoslarini ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti. Umumta’lim maktablari musiqa darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarni Xorazm musiqa folklori vositasida estetik tarbiyalash jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Umumta’lim maktablari o’quvchilarini estetik tarbiyalashda Xorazm musiqa folklori vositasida estetik tarbiyalash mazmuni.
Tadqiqot vazifalari :
- Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori namunalari namunalari orqali o’quvchilarni estetik tarbiyalashda Xorazm musiqa folklorining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash ;
- Xorazm musiqa folklori namunalarining o’quvchilarni estetik tarbiyalashga tarbiyaviy ta’sirini aniqlovchi mezonlarni ishlab chiqish ;
- Xorazm musiqa folklor san’atini o’quvchilarni estetik tarbiyalashdagi samaradorligi yuzasidan tajriba sinov ishlarini o’tkazish ;
- Xorazm musiqa folklori vositasida estetik tarbiyalashning o’ziga xos shakl, usul, vositalarini aniqlash va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Tadqiqot mazmunida o’quvchi yoshlarni Xorazm musiqa folklori vositasida estetik tarbiyalash pedagogik muammo ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.
Xorazm musiqa folklorining o’quvchi yoshlarni estetik tarbiyalashdagi imkoniyatlari aniqlanadi.
Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalashning shakl, uslub, vositalari ishlab chiqiladi.
Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchi-yoshlarni estetik tarbiyalash jarayonini muvaffaqiyatli yechimini ta’minlovchi ilmiy-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
|
| |