II.Bob. Xorazm musiqa folkori namunalaridan estetik tarbiyada foydalanish texnologiyasi




Download 1,71 Mb.
bet6/10
Sana14.05.2024
Hajmi1,71 Mb.
#231206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mahalliy-uslublarga-xos-musiqa-folklori-vositasida-o-quvchi-yoshlarni-estetik-tarbiyalash-xorazm-musiqa-folklori-misolida

II.Bob. Xorazm musiqa folkori namunalaridan estetik tarbiyada foydalanish texnologiyasi.
2.1. O`quvchilarni Xorazm musiqa folklor asarlari bilan tanishtirish mazmuni.
Tadqiqot ishini olib borishda umumta’lim maktab o`quvchilarini Xorazm musiqa folklor asarlari bilan tanishtirishning shakl, vosita va usullarini ishlab chiqarish,amalda qo`llashga ustuvor e’tibor qaratildi.Bu jarayonda Xorazm musiqa folklorining ommaviy janrlari bo`lmish lapar, yalla, marosim qo`shiqlari, raqs kuylari, xalfachilikka oid aytimlari dostonchilik bilan bog`liq baxshi-ijrochilik uslublari bilan o`quvchilarni yaqindan tanishtirish jarayonida ularni badiiy-estetik tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratildi.
Xorazm folklor qo`shiq, raqs, xalfachilik aytimlarining maktab o`quvchilariga ruhiy-hissiy ta’sir etish xususiyatlari-musiqiy tasavvurlari ayni paytda musiqani emotsional-psixologik omillarining ahamiyati kuzatib borildi.
Folklor namunalarini (qaysi janrda bo`lmasin) tinglash, ayrim namunalarini o`rganish, raqs kuylarining xarakteri, qanday bayram, sayllarda ijro etilishi bilan tanishishi, doston qo`shiqlardagi g`oyaviy mazmunini anglash, xalq musiqasi ta`sirida shakllangan, ajdodlarimiz tomonidan og`izdan-og`izga o`tib kelgan xalqning boy madaniy-musiqiy merosini keyingi avlodlarga yetkazish yo`liga xizmat qiladigan yo`nalishlarining psixologik tamoillariga e`tabor qaratildi. Xorazm musiqa folklori haqidagi ma`lumotlar tarkibida uning qadimiy ildizlari, tarixiy shakllanishi, noyob va betakror namunalari xozirda ham o`z badiiyligini saqlab qolganligi, o`tmishda yashab o`tgan buyuk sharq allomalaring, xususan al-Farobiyning ,, Musiqa haqida katta kitob”, ,,Musiqa ritmlari haqida kitob” Abu Ali Ibn Sinoning ,,Donishnoma” , ,,Musiqa ilmi haqida risola”, Faxriddin ar-Roziyning ,,Ilmlar xazinasi” qomusiy asari, Urmaviyning ,,Davrlar kitobi”, mavlono Kavkabiyning ,,Musiqa haqida risola”, Abdurahmon Jomiyning ,,Musiqa haqida risola” kabi asarlarida musiqaning kishi ruhiga ijobiy ta`siri, inson qalbida musiqa sanatiga bo`lgan sadoqatini mustahkamlashdagi o`rni, ahamiyati haqidagi fikrlariga asoslanildi.
O`quvchilarda musiqiy tasavvurlarning shakllanishi Xorazm musiqa folklorining kishi ruhiyatini tinchlantiruvchi, ma`naviy ozuqa beruvchi namunalarini jamlash, u haqidagi o`qituvchining ta`limiy suhbatlari o`quvchilarda musiqa folkloriga qiziqish uyg`otish namunalarni tinglashga bo`lgan moyillikning paydo bo`lishiga unda ifodalangan nozik his-tuyg`ularini insoniy tuyg`ular bilan mutanosibligi, ijro etilayotgan folklor qo`shqlari mazmunida singdirilgan inson ichki kechinmalari, g`oyalarini qalban sezish o`quvchilarda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insoniy fazilatlarda sadoqatli bo`lish, mehnatga hayrixohlik munosabatlarining shakllanishiga ijobiy ta`sir etish ko`zda tutilgan holda ish olib borildi.
Xorazm folklor qo’shiqlari tarkibidan o’rin olgan xalfachilik va doston qo’shiqchiligi alohoda tarbiyaviy hamda ta’limiy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarni eng avvalo xalqimizni turmush tarzi, urf-odatlari, yurtni himoya qilishda xalq orzu qilgan qahramonlarni insoniy fazilatlariga xavas qilish, shu bialn birga estetik tarbiyalash, ular ma’naviyatiga milliy qadriyatlarni singdirish, milliy an’analardan habardor qilish va barkamol shaxsni shakllantirishda ijobiy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga egaligi bilan ahamiyatlidir.
,, Xalfa” ma’nosi arabcha so’zdan olingan bo’lib, ,,o’qimishli,ustoz” degan ma’nolarni anglatadi. Xalfa so’zi ikki ma’noda qo’llaniladi. Birinchisi diniy kitoblarni mo’qiydigan marosim va mavlud kabi tadbirlarda rahnamolik qiladigan, xalq orasida o’qimishli ma’rifat tarqatadigan otinoyi, ya’ni mulla (hamda savodli) ayollarning madaniy-ma’rifiy ehtiyojini qondirishga xizmat qiluvchi san’atkorlarga nisbatan qo’llaniladi.
Ikkinchisi, kuy-qoshiqlar to’qib, (xuddi baxshi-shoirlar kabi) ularni ijro etib, kerakli kerakli o’rinlarda diniy va dostonchilik qo’shiqalarini yodlab ijro etadigan, ayollar marosimlarida asosan xizmat qilagidan ayol san’atkorlar tushuniladi.
Xorazm musiqa folklorida xalfachilik san’ati alohida o’rin tutadi va nisbatan o’z mohiyatini yaxshi saqlab qolganligi bilan ajralib turadi. Erkak va ayol sozandalarning o’ziga xos ijrochilik bilan bog’liq xususiyatlari mavjud bo’lib ularni kuylash va turmush tarzida, to’y-marosimlarda bajaradigan vazifalari jihatidan sezilarli darajada bo’lsada, kuy, usul, ohang, musiqiy aytimlarning shakli matni jihatidan badiiy merosning umumiy xazinasini tashkil qiladi.
Xorazm vohasida xalfachilik san’atining keng rivojlanishi va ommalashishida bir qator taniqli ijodkorlarning nomlarini sanab o’tish lozim bo’ladi. Taniqli va mashhur xalfachi-san’atkorlar sifatida Qurbon ota Ismoilov (1890-1940), Safo Olloberganov (1882-1938), Madrahi Yoqubov (Sheroziy 1890-1973), Xonimjon xalfa, Onajon xalfa (1885-1952), Onabibi xalfa (Ojiza 1889-1952), Shukurjon xalfa (1851-1920), Xonqalik Durxonim xalfa (1881-1936), Qish xalfa (1884-1948), Ayimjon xalfa (1875-1955), Guljon qori xalfa (1874-1935), Oysha kulol xalfa (1880-1949), Sharifa no’g’ay xalfa (1892-1960), Yaqush xalfa Saidniyozova (1903-1972) lar o’z ijodlari bilan Xorazm musiqa folklori rivojiga salmoqli xissa qo’shgan xalfalardir.
Maktab musiqa ta’limida o’quvchilarni Xorazm musiqa uslubining xalfachilik janri, uning yetakchi namoyondalari, ular qoldirgan musiqiy merosning bugun kundagi davom ettirish, shu o’rinda xalfachilikda qo’shiq va cholg’u ijrochiligi uslubi qanday marosim va udumlarda aytilishi kabilar bilan tanishtirish, ushbu san’atga mehr uyg’otish muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Chunki, maktab musiqa darsliklari, dasturlarida o’quvchilarning o’zi yashab turgan tuman, voha xalqining muisqa merosi, atoqli baxshi,shoir, san’atkorlar, hayoti va ijodi bilan tanishtirib borishga alohida urg’u berilgan. Xususan xalfachilik san’ati va Xorazm vohasida ijod qilgan xalfalar tomonidan yaratilgan va xalqning turli maishiy-madaniy, diniy tadbirlarida kuylab kelingan qo’shiq, raqslar, dostonchilik aytimlari milliy musiqiy qadriyatlarimizning negizidir. Ular o’z navbatida o’quvchi-yoshlarning estetik didi, milliy qo’shiqlarda xalq qadriyatlarining ifodasini topishini anglashlariga bo’lgan munosabat va tafakkurni shakllantiradi.
Xorazm musiqa uslubidagi, ya’ni Xoarzm musiqa folkorida muhim o’rin tutuvchi yana bir adabiyot va san’atga bevosita bir turi borki bu doston ijrochiligidir. O’zbekistondagi har bir mahalliy uslublarda bo’lgani singari Xorazm musiqa uslubining o’ziga xos ijrochilik uslublari, an’analari va dostonlarning turkumlari saqlanib, an’anaviylik tusini olgan variantlari mavjud.
O’zbekistondagi mahalliy uslublarni alohida holda uslubiy, janriy xususiyatlarini nazariy-uslubiy tahlil qiladigan bo’lsak, Xorazm dostonchilik maktabida cholg’u va xonandalik bir-biridan farqli jihatlari bilan ajralib turishi aniq bo’ladi.
Dostonlar o’zbek xalq ma’naviy-ma’rifiy va musiqa san’atlarini qorishiq holda o’z mazmunida mujassamlashtirgan og’zaki an’anadagi badiiy ijod shakllaridan iborat bo’lib, unda doston matnidagi voqea-hodisalar, inson qalbida kechayotgan xissiy kechinmalarni ifoda etuvchi xalq badiiyatining og’zaki shakllaridan biri bo’lib, unda qo’shiq kuylash, musiqiy deklamatsiya qilish, voqea-hodisalarni bayon qilish kabi badiiy vositalari juda aniq misollarda namoyon bo’ladi. Dostonlarning badiiy ta’sir kuchi orqali ajdodlarimizning chatishib ketgan falsafiy, diniy, ahloqiy qarashlari, urf-odatlari, turmush tarzi badiiy btafakkur mahsuli sifatida bayon qilinadi.
Xorazm dostonchilik san’ati o’zining qadimi ildizlari, betakror ijrochilik uslubi, og’zaki an’anadagi shevasi hamda yorqin jozibali kuy va qo’shiqlari bilan ajralib turuvchi boy va murakkab, ayni damda mushtarak badiiy-musiqiy veqealiklardir. Ko’pchilik turkey xalqlarda bo’lgani Xorazm xalq dostonlari ham aralash, ya’ni hikoya qilish (matn) ba’zi hollarda she’riy (qo’shiq qilib kuylanuvchi) tarzda namoyon bo’ladi.
Xorazm dostonlarining tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda yuksak insoniy go’zalllik va baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo’li maqsad sari qat’iy intilish, sabr chidam matonat, mardlik, qahramonlik ko’rsatishdan iborat ekanligi madh etiladi. Dostonlardagi milliy g’urur tuyg’usi kuylovchi (baxshi-shoir) va tinglovchi o’rtasidagi estetik muloqot vositasi va ma’naviy muhit ta’sirida o’quvchining ongida shakllantiriladi.
Dostonlarda pedagogik tarbiya manbalari va vositalarining o’zaro ta’siri hamda aloqasi yaqqol namoyon bo’ladi. Bu esa o’z o’rnida o’quvchining har tomonlama shakllanish, unga estetik tarbiya berishga keng yo’l ochadi.
Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalashning shakl, vosita va usullarini umumiy o’rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida amal qilib kelayotgan tizimning ajralmas qismi bo’lishi lozim.
Tadqiqotni olib boorish jarayonida Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarga estetik tarbiya berishni metodik jihatdan quyidagicha etilishini maqsadga muvofiq degan fikrga keldik.

  1. Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalash jarayonida musiqa madaniyati darslarida nazariy-amaliy bilim hamda tajribalarni umumlashtirish va ta’lim tizimi oldiga qo’yayotgan talablardan kelib chiqib yanada yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rish.

  2. Xorazm musiqa folklorlari yani xalfachilik san`ati va dostonchilik qo`shiqlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini ochish hamda qo’shiqlarni musiqa darslarida foydalanish maqsadida tanlashda ularning ahloqiy-estetik tomonlarini e’tiborga olish, ijro uslublarini emotsional ta’sirchanligi, musiqiy ohangdorligi va uning o’quvchilar tomonidan to’liq idrok qilinishiga erishish.

  3. Maktab musiqa madaniyati darslarida o’quvchiga ijobiy, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishdan pedagogik muhit hamda shart-sharoitni vujudga keltirish, har bir janrga xos o’quv materialini tanlashda estetik tarbiya qonuniyatlariga amal qilish.

  4. Maktab musiqa ta’limi o’qituvchilarining Xorazm musiqa folklori namunalarini, xususan, xalfa va doston qo’shiqlarini ijro eta olish, tinglab idrok qilish unga o’z munosabatini bildirish kabi ko’nikma va malakarni uzluksiz takomillashtirib borishga erishish.

  5. Musiqa madaniyati mashg’ulotlarida xalq baxshichilik san’ati, dostonchilik qo’shiqlarini ijro qilish. Uslubi haqida, dostonlar turlari, taniqli aytuvchilari haqida o’quvchilarga yetarli nazariy va amaliy ma’lumotlar berish.

  6. O’quvchilarni estetik tarbiyalash maqsadida ularning musiqiy bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishi, estetik didi, musiqiy idroki, amaliy ijrochiligini sifat darajasini yuqori ko’rsatkichlarda shakllantirish.

Ma’lumki, umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarida Xorazm folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalashning quyidagi usul, vosita va metodlaridan ijodiy yondashgan holda foydalanish yaxshi samara beradi: ma’ruza, amaliy ijrochilik, ya’ni musiqa tinglash, tahlil qilish, mashhur namoyondalar hayoti va faoliyati yuzasidan suhbat, pedagogik treninglar o’tkazish, mashg’ulotlarda yangi pedagogik texnologiyalar, texnik vositalardan unumli foydalanish, ijro namunalarini video, audio, magnit yozuvlarini tinglash, she’riy bayon, folklor namunalari va xalfa aytimlarini kuylab berish.
Maktab musiqa darslarida o’quvchilarni Xorazm musiqa folklori vositasida estetik tarbiyalash uchun tanlangan shakl, usul va vositalar hamda o’quvchilarning musiqiy tayyorgarlik darajalarini aniq hisobga olgan holda ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirchanlik imkoniyatlari, jarayonning izchinligini ta’minlaydigan muhim omillardan biri sanaladi.
Musiqa o’qituvchilari musiqa mashg’ulotlarini olib borish jarayonida Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalash maqsadi va vazifalari nuqtai-nazaridan quidagilarga e’tibor qaratishlarini lozim deb bilamiz:

  1. Maktab musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning badiiy-estetik anglash imkoniyatlarini hisobga olish, rivojlantirish, aniq maqsad sari yo’naltira bilish;

  2. Musiqa mashg’ulotlari o’quvchilarga ma’naviy-ahloqiy tarbiya berishi bilan birga, ularni o’zbek milliy musiqasini turli vohalarda shakllangan o’ziga xos ijrochilik shakllari, uslublari, janrlar rang-barangligi bilan ischil tanishtirib borish;

  3. Xorazm musiqa folklorining o’ziga xos ijro usullari, shakllari, janrlari, xususan xalfa doston aytimlarini tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib berishga ko’proq ahamiyat qaratish;

  4. Musiqa darslarida Xorazm musiqa folklori vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalash samaradorligini oshirishda o’quvchilarga nisbatan o’qituvchilarning ijodiy yondashuvchanligi alohida ahamiyatga ega.

Xorazm folklorida muhim o’rin tutuvchi yana bir janr borki, bu xovalardir. Xovalar faqat Xorazm vohasiga tegishli bo’lib, shu yerda kuylanadi. Shu asnoda Xorazm vohasining musiqa folklori juda ham serqirra va ko’p tarmoqli bo’lib, ular tarkibida aytishuvlar va diyralishmalar ham paydo bo’lgan.
Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari kabi, asosan, xotin-qizlar ishtiroki bilan bog’liq turi yig’in, marosim va majlislarda o’z san’atlarini namoyon etishgan. Bunda xalfalar ijodi ikki shaklda-yakka va jamoaviy ansambl) tarzida namoyon bo’lgan.Shu bilan birga yakkaxon xalfalar motam marosimlarida ham ishtirok etib, unda ,,Ibrohim Adham’’, ,,Bobo Ravshan’’ kabi xalq kitoblarini ma’lum ohanglar asosida ,,O’qigan’’lar.
Ko’rinadiki, o’zbek xalq musiqa ijodiyotining yirik va o’ziga hos an’ana va uslublariga ega bo’lgan Xorazm musiqa folkloridagi o’yin-raqs kuylari, dostonchilik va xalfachilik kabi janrlar xalqmizning bebaho boyligidir. Mazkur musiqa san’ati asirlar mobaynida el ezozida yashab kelayotgan va bugungi kunda ham o’zining tarbiyaviy qimmatini saqlab qolgan ma’naviy-madaniy xazinadir. Bu boylikning insonlarni yaxshilik, oliyjanoblik, mardlik, vatanparvarlik g’oyalarini singdirishda o’z o’rni bor.
Mavzu, janr, ijro uslubi an’analari, cholg’ulari, ijro usuli, harakatlari, qo’shiq aytumlardagi o’ziga xos ,,sheva” turlicha bo’lgan mahalliy uslublarga xos musiqa asarlari bilan shu jumladan ,Buxoro, Samarqand, vohasida shakllangan o`lanlar, yor-yorlar, lapar, yalla, mavrigi, sozandachilik san`ati, dostonchilik ijodiyoti, mumtoz va maqom ashulalari, ularning mashhur namoyondalari ijodi, hayot faoliyati bilan muntazam har tomonlama chuqur tanishib borish o`quvchilarni milliy merosimizga samarali ta`sir etadi. Bu o`z o`rnida hozirda ta`lim-tarbiya oldida turgan asosiy ustuvor maqsadlardan bo`lgan yosh avlodga ajdodlarimizning asrlar osha orttirgan tajribalarini singdirish ularning insoniy fazilatlarini o`stirish, vatan va millat oldidagi burch,majburiyatni his etishga o`rgatish vazifalari mos keladi.
Xalq musiqasining ta`sirchanligini ta`minlovchi asosiy ko`rsatkichlaridan biri uning shaxs ichki kechinma va hissiyotlariga kuchli ta`sir ko`rsatishdadir. Pedagog-psixolog olimlarning o`rganishicha badiiy, musiqiy asarlarni hissiy-emotsional idrok qilish har qanday bilishning asosini tashkil etadi.
Badiiy-estetik tarbiya- Sharq xalqlari, jumladan, o`zbek xalqining ko`p ming yillik musiqiy-badiiy tafakkur mahsullari: afsona, rivoyat, maqom, alla, marosim qo`shiqlari, dostonlari, mumtoz va maqom ashulalarida o`z aksini topgan bo`lib, asosan mana shularning barchasi Xorazm musiqa uslubida ham o`z aksini topgandir.
Xalq musiqasi orqali madaniy-tarbiyaviy ishlarni olib borishning didaktik asoslari yetarlicha o`rganilgan va tadqiq etilgan bo`lsada umumta`lim maktablarida Xorazm musiqa uslubi haqidagi bilimlarni yetkazishning shakl, uslub va vositalarini amaliyotga tadbiq etish masalasi o`ziga xos dolzarblikka ega. Bu borada eng avvalo, Xorazm musiqa uslubi bilan o`quvchilarni izchil tanishtirib borishning maqsad va vazifalari mohiyatini belgilab olish lozim bo`ladi. Bu o`rinda quyidagilar ustuvor ahamiyat kasb etadi:

  1. O`quvchilar tomonidan mahalliy musiqiy uslublar haqida va umumiy xalq musiqa ijodi yuzasidan o`zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash;

  2. O`quvchilarda har bir mahalliy uslubning shu o`rinda Xorazm musiqa uslubining yetakchi xususiyatlari, musiqiy janrlari, an`analari, ijrochilik uslublari, haqidagi nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo`llay olish ko`nikma va malakalarini shakllantirish;

  3. Xorazm musiqa folkloriga mansub namunalarni tinglash, o`rganish, kuylash, davomida ularda umummusiqiy nazariy bilimlarni chuqur o`zlashtirilishini ta`minlash.

  4. O`quvchilarda xalq musiqasining mahalliy uslublariga, an`analariga nisbatan to`g`ri munosabatni qaror toptirish;

  5. O`quvchilarni musiqiy dunyoqarashi, tafakkuri,musiqiy madaniyatini takomillashtirish;

  6. O`quvchilarda musiqa san`atiga bo`lgan qiziqish, faollikni shakllantirish.

Ikkinchi bob bo`yicha xulosalar.

  1. Xorazm musiqa folklori umummilliy xususiyatga ega bo`lib, maktab musiqa ta`limida o`quvchilarni u haqdagi bilim va tushunchalar bilan tanishtirish, zarur ko`nikma va malakalar xosil qilinishi musiqa ta`lim va tarbiyasi oldiga qo`yilgan vazifalar sirasiga kiradi.

  2. O`zbekiston sarhadidagi mahalliy musiqiy uslublar bilan o`quvchilarni tanishtirish ularda o`zbek xalq musiqasining yaxlit xolda tushunchaa xosil qilishlari, keng qamrovli, rang-barang, o`ziga xos ko`p tarmoqli, shu bilan birga ijrochilik an`analariga ega ekanliligini anglash, idrok etishlalariga erishish milliy musiqiy ta`limning to`laqonliligini ta`minlaydi.

  3. O`quvchilar musiqa san`atida mahalliy uslublarni mahalliy aholi shevalariga, kiyinishi, urf-odat, sharoitlariga qiyoslab o`rganishlari, viloyatdagi musiqiy an`analar va musiqiy na`munalarni, ularni ijro etish uslublarini bilishlari maktab musiqa fani o`quv dasturi talablarida alohida ta`kidlanadi.Bu o`rinda Xorazm musiqa uslubi haqidagi bilimlarni o`quvchilarga yetkazishning o`ziga xos metodik tizimini ishlab chiqish alohida tadqiqiy izlanishlar olib borilishini taqozo etadi.

  4. Mahalliy musiqiy uslublarni dars jarayonida nazariy va amaliy o`rganish va bu faoliyatda o`quvchilarni umummusiqiy, musiqiy-nazariy savodxonligi va musiqa madaniyatini shakllantirish darajasi zamon talablaridan orqada qolmoqda.

  5. Mazkur holatni bartaraf etishning eng to`g`ri yo`li bu har bir mahalliy uslubni o`rganishda qo`llaniladigan ta`lim metodlari, pedagogik yondashuvlar, shart-sharoit va imkoniyatlarning pedagogik mezon va me`yorlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdir.

  6. Mazkur muammoni ijobiy yechim topishda ish tizimining samarali ish shakli,usullarini topish ularda o`z o`rnida va maqsadga muvofiq foydalanish lozim.


Download 1,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.Bob. Xorazm musiqa folkori namunalaridan estetik tarbiyada foydalanish texnologiyasi

Download 1,71 Mb.