• Birinchi bob bo’yicha xulosalar.
  • Xorazm musiqa folklorini maktab musiqa ta’limida o’rganish imkoniyatlari




    Download 1,71 Mb.
    bet5/10
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,71 Mb.
    #231206
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    mahalliy-uslublarga-xos-musiqa-folklori-vositasida-o-quvchi-yoshlarni-estetik-tarbiyalash-xorazm-musiqa-folklori-misolida

    1.2. Xorazm musiqa folklorini maktab musiqa ta’limida o’rganish imkoniyatlari.
    Folkor musiqasi har bir xalqning badiiy ijodining barcha sohalarini qamrab olishi bilan xalq xayotining o’ziga xos ensiklopediyasi hisoblanadi. Sharq xalqlari o’tmishdan xalq ichidagi iqtidorli va musiqaga ishtiyoqmand vakillari tomonidan og’zaki tarzda yaratilib, og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib, ijro mobaynida shakllanib, sayqallanib kelgan san’at turidir. Musiqa folklori har bir xalq, uning turli voha-hududlarida yashovchi xalqlarning har biriga xos, ya’ni ijro uslubi janrlari, cholg’ulari, ijro etilishi, raqs harakatlari, ijro jarayonida hatto ( ba’zi tadbirlar, to’y-tomoshalar, bayramlarda) kiyinish liboslari bilan ham muayyan darajada o’ziga xoslik kasb etadi. Musiqiy aytimlarda xalq hayotining turli ko’rinishlari- mehnat jarayoni (chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, kosibchilik, ayollarning yashash tarzi bilan bog’liq, chevarlik, tikuvchilik ), to’y- marosimlar mobaynida aytiladigan qo’shiq, yalla, laparlar shaklidan iboratdir. Ta’lim-tarbiya tizimida ulardan yoshlarni o’tmish ajdodlarimiz hayoti, turmush tarzi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish, avlodlar musiqiy vorisligini saqlab, milliy o’zlikni anglash qadriyatlarimizga sodiqlik maqsadlarida foydalaniladi. Umumta’lim maktablari ,,Musiqa madaniyati” darslarida folklor namunalariga asosiy urg’u qaratilmaganligi ham bejizga emas. Darslikka kiritilgan O’zbekistonning turli vohalariga xos folklor qo’shiqlari namunalari o’quvchilarda turli voha qo’shiqlari, etnik holati urf-odatlari haqida muayyan tasavvur va tushunchalar hosil qilish imkonini beradi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki xalq qo’shiq-kuylari o’zining ijro uslubi ohang-kuy tuzlishi, lad-tonalligi bilan bolalar qalbiga yaqin, ularni o’rganish va kuylash musiqa san’atining boshqa janrlardagi namunalariga nisbatan bir muncha yengil va qulayligi bilan ahamiyatlidir.
    O’quvchilarning musiqiy ijrochilik ko’nikma va malakalar, musiqa, unda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar mohiyati va mazmunini to’la idrok etishlari, kuylash imkoniyatlari cheklanganligi, umumiy musiqiy dunyoqarashi, estetik madaniyati ularning o’zi mansub bo’lgan xalqning madaniy merosini ijodiy o’zlashtirishi orqali shakllanadi. Yosh avlod tarbiyasi, xususan madaniy merosni o’zlashtirish, avlodlar musiqiy merosiga vorislik qila olishlariga erishish musiqa madaniyati darslarining eng muhim masalasi hisoblanadi. Bu shuni ko’rsatadiki umumta’lim maktablari musiqa o’qituvchilari eng birinchi xalq musiqa ijodiyoti, musiqa folklori va O’zbekiston sarhadidagi turli xalqlarga xos musiqa madaniyati bilan yaqindan tanish bo’lishi, kuylash va ijro uslublaridan habardoe bo’lishi lozim. Bola shaxsining folklor musiqasi bilan yaqindan tanishuvi uning mukammal shaxs bo’lib shakllanishi unda badiiy-estetik madaniyatning ayrim sifatlarini o’zlashtirish imkonini beradi.
    Maktab ta’limi oldidagi eng muhim vazifalardan biri o’quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish hisoblanadi. Musiqa madaniyati esa estetik tarbiyaning tarkibiy qismlaridan bo’lib, u o’z mazmunida qadriyatlarni birlashtiradi:

    1. Estetik ong

    2. Estetik munosabatlar

    3. Estetik idrok

    4. Estetik qiziqish

    Musiqa ta’limi jarayonida o’quvchilarda mazkur sifatlarni tarkib toptirish pedagogik masala sifatida o’qituvchidan birinchi navbatda o’quvchilarda xalq musiqasiga qiziqish, faol munosabat va estetik ehtiyojni uyg’otishni talab qiladi. O’quvchilar estetik madaniyat darajasiga o’zi yashab turgan madaniyat, atrof-muhit, insoniy munosabatlar, narsa-hodisalar, kiyimlar, o’yinchoqlar, oilaviy munosabatlarni teran idrok etmog’i, eshitilayotgan ona allasi, musiqiy aytimlar ( bolalar o’yin-qo’shiqlari, to’y-marosim qo’shiqlari va hakazo ) ni eng avvalo tinglash orqali idrok etadilar. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilar (xususan, boshlang’ich sinflar ) qo`shiq kuylash,musiqiy cholg`ularda ijrochilik,unga o`z munosabatini bildirish ta`rif berish,musiqaga mos raqs harakatlarini bajarish ko`nikmalariga ega bo`lishadi. Bunday vaziyatlarda o`quvchi musiqa darslarining faoliyatlarida o`zbek milliy cholg`u asboblarini ohang tembridan anglash,musiqa san’atining qaysi janrlarida qaysi asboblar ko`proq qo`llanishi, qo`shiq matnidagi tarbiyaviy imkoniyatlaridan atrof-muhitdagi kishilar bilan qanday muomala, munosabatda bo`lish haqida hayotiy tajriba orttirib boradilar,natijada o`zlari egallagan estetik madaniyat darajasini o`zlashtirishga muvaffaq bo`ladilar.
    Umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarining estetik tarbiya vositasiga aylanishida o`qituvchining, pedagogik mahorati, o`quvchilarni individual qiziqishi, tabiatan nimalarga qiziqishi,musiqiy qobiliyati, go`zal ovozi, talaffuzi, musiqiy eshituvini yaxshi o`rganib, ish yuritishi yetakchi ahamiyat kasb etadi.
    Musiqaning sehrli va buyuk qudrati shundaki, u har qanday tinglovchi, xuddi shuningdek o`quvchining ichki dunyosiga emotsional ta’sir etib, uning estetik hissiyotlarini junbushga keltiradi.
    O`quvchilarda Xorazm musiqa folklori to`g`risida beriladigan bilim va tushunchalar ularda shakllana boshlagan xalq musiqa folklori to`g`risida bilim, ko`nikma, malakalar milliy musiqa san’atining hayotiy voqea-hodisalar, insoniy munosabatlar g`oyaviy mazmunini tushunish, tahlil qilish hamda o`zlashtirish, ulardan zavqlanish, estetik bahra olish imkoniyatini kengaytiradi.
    Umumta`lim maktablarda o`quvchilarni Xorazm folkori bilan tanishtirish, shu orqali badiiy estetik tarbiyalash quyidagi vazifarda o`z ifodasini topadi:

    1. Maktab musiqa madaniyati darslarida o`quvchilarni milliy musiqamiz, shu orqali Xorazm musiqa folkloriga ham qiziqish uyg`otish, namunalarni kuylash ya`ni ijro uslublari haqida muayyan tushunchalarni shakllantirish.

    2. Har bir o`quvchida mahalliy musiqa uslublari, shu jumladan Xorazm musiqa uslubining eng xalqchil hamda ommabop turi hisoblanmish folklor qo`shiqlariga mehr muhabbat tuyg`ularini shakllantirish, namunalarni ifodali va hushohang Xorazmcha uslubda ijro etish ko`nikmalarini shakllantirish.

    3. Milliy hamda Xorazm musiqa folklori namunalarini ongli va hissiy idrok etish, ularda o`ziga xoslik, nafislikni milliy ifodaviylikni sezish va go`zallik nuqtai-nazaridan baholay olish malakalarini rivojlantirish

    - umummusiqiy bilim, ko`nikma va malakalarni o`stirish, milliy musiqa folklorlarining o`ziga xos uslubiy ijrochilik an`analari bo`yicha musiqiy-nazariy hamda amaliy taassurotlarni kengaytirishga erishish;
    - san’atdagi go`zallikni, matn va ohang ijrodagi o`zaro hamohanglikni sezish va estetik go`zallikni egallashga nisbatan barqaror ehtiyojni qaror toptirish;
    - musiqa madaniyati darslarida estetik qadriyat namunasi bo`lgan odob-ahloq fazilatlari,go`zallikka intilish, do`stlik vatanparvarlik, qahramonlik, rostgo`ylik kabi umuminsoniy g`oyalarni shakllantirish.
    Maktab musiqa ta’limida imkon qadar mavzu jihatidan turlicha bo’lgan bolalardan Xorazm musiqa folklori namunalarini o’rganish ishlari ma’lum dastur, reja asosida dars va darsdan tashqari to’garaklar mash’gulotlarida o’rganib borilishini yo’lga qo’yish, ijro etishga mo’ljallangan qo’shiq namunalari repertuarini shakllantirib borish, o’quvchilaring nafaqat estetik tarbiyalash, balki ularning milliy qadriyatlarimizga bo’lgan munosabatlarini barqarorlashtiradi, dunyoqarashini kengaytiradi va estetik fazilatlarini takomillashtirishga yordam beradi.
    Xalq musiqa ijodiyoti, xususan folklorshunoslik bilan shug’ullangan pedagog olimlarning qayd etishlaricha, ularning estetik tarbiya borasida aytgan fikrlariga tayangan holda aytish mumkinki, aynan Xorazm musiqa folklori Xorazm musiqa folklori vositasida maktab ta’limida o’quvchilarni estetik tarbiyalash vazifalari quyidagi tadbirlar vositasida amalga oshirilishi ta’lim jarayonining sifat-samaradorligini ta’minlashi mumkin:

    1. O’quvchi yoshlarda musiqiy nafosat, go’zallikka intilish va uni ardoqlashga nisbatan mayl, ishtiyoqni tarbiyalash;

    2. Musiqada ifodalangan g’oyaviy mavzu mazmunidan vatanni sevish, ardoqlash, himoya qilish, insonlardagi do’stona muloqot, insonparvarlik kabi fazilatlarga muhabbat va hurmat tuyg’usini shakllantirish;

    3. O’quvchilarda mehnatga muhabbat, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va nomoddiy ne’matlarga shukronalik munosabatini shakllantirish;

    4. O’quvchining jamiyat a’zolariga nisbatan xayrixohlik tuyg’usini o’stirish;

    5. Ta’lim ishtirokchilarining shaxs sifatida o’z-o’ziga nisbatan tanqidiy harakatlarini tarkib toptirish;

    6. Qo’shiqlarni idrok etish orqali uning kuychanligi, ohang va so’z uyg’unligi, xarakteri kabi xususiyatlarini, ularning estetik ifoda sifatidagi o’rni va ahamiyatini baholash, badiiy didlarini shakllanib borishga imkoniyat yaratish.

    Musiqa madaniyati mashg’ilotlarida Xorazm musiqa folklorini o’rganish vositasida o’quvchilarning musiqa madaniyatini shakllantirish, shu orqali estetik tarbiyalash bo’yicha mavjud tajribalarni o’rganish, umumlashtirish maqsadida respublikamizdagi ilg’or musiqa o’qituvchilarining, musiqa folklori, uning asosida estetik tarbiya ishlarini olib boorish bo’yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari kuzatilib tahlil qilinishi bir qator savollarga, muammolarga javoblarni izlash ehtiyoji tug’ildi:

    1. maktab musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning xalq ijodiyoti, xususan Xorazm musiqa folklorini o’rganish orqali ularni estetik tarbiyalashning maqsad va vazifalari nimalardan iborat va ular qay tarzda tavsiflanadi ?

    2. musiqa madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim mazmuni bilan bog’liq savollar qatorida umumta’lim maktabi musiqa madaniyati darslariga kiritilgan milliy musiqaning sertarmoq yo’llaridan biri bo’lgan Xorazm musiqa folklori, uning tarkibidagi eng muhim mavqeiga ega janrlar jumlasidan bo’lmish xalfachilik va dostonchilikning o’rni haqidagi qanday tizimlashtirilgan bo’lishi lozim ?

    3. musiqiy-estetik tarbiya jarayonining Xorazm musiqa folkloriga bag’ishlangan qismi qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan asoslanishi lozim. Bu o’rinda Xorazm folklor musiqasi vositasida tashkil etiladigan dars turi, o’quvchilarning qo’shiqchilik imkoniyatlariga xosligi ( ovoz diapazonini tembri, jamoaviy qo’shiq aytish mahorati, ansambllik) darsni olib boorish vaqti, hajmi, estetik tarbiya bilan bog’liqlik jihatlari va hakazo.

    Ushbu yo’nalishda Samarqand va Xorazm viloyatlarida ellikdan ortiq maktab musiqa darslari kuzatildi, o’qituvchi, o’quvchialar bilan suhbat-so’rovlar o’tkazildi, ularning fikrlari jiddiy tahlil etildi.
    Tadqiqotimizni bajarish davomida Xorazm folklor musiqasi vositasida estetik tarbiyani amalga oshirishda ham bir qator pedagogik muammo va yechimini kutayotgan muammolar borligi aniqlandi. Ularni mazmuni mohiyatiga ko’ra 4 guruhga bo’lib ko’rsatishni ma’lum deb topdik:

    1. guruh. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarning estetik tarbiyasini shakllantirishdagi pedagogik qiyinchiliklar. Bu o’rinda estetik tarbiya mohiyatini, unga qo’yilayotgan zamonaviy talablar, estetik tarbiyaviy jarayon usullari, vositalari, ularning farqli jihatlarini ajrata olishlik. O’zbek milliy musiqasi, musiqa folklori, Xorazm folkloriga to’g’ri tavsif bera olmaslik, ularning pirovardida o’zbek milliy musiqasi doirasida bir butunlikni tashkil etish to’g’risida o’quvchilar aniq tushuncha ma’lumot berishga oid qiyinchiliklar kiradi.

    2. guruh.O’quvchilarning musiqani to’g’ri emotsional idrok eta olmasliklari. Ma’lumki, umumta’lim maktablariga kelib o’qiyotgan bolarda musqiy qiziqish qobiliyatini, musiqiy diqqat, xotira, sezgi, tasavvur, asarni idrok qilish malakalari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Ularda kuylash ( vokal- xor) malakalari, musiqiy asarda nima ifoda etilayotganligini anglab yetmaslik kabi pedagogik qiyinchiliklar bo’lishi tabiiy. O’qituvchi oldidagi eng muhim vazifa ushbu qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etib borishga erishishdir.

    3. guruh .O’zbekiston sarhadidagi har bir vohaning o’ziga xos milliy folklor musiqasi mavjudligi, ulardagi o’xshash va farqli jihatlar, ijro uslublari, shoirlari, mashhur namoyondalari hayoti qanday vaqtda, qanday holatda, kimlar tomonidan ijro etilishi, xususan Xorazm folklorining ajralib turuvchi ijro uslubi, an’analari, qo’shiq aytimlar, raqslardagi rang-baranglik, ta’sirchanlik, jozibadorlikni aniq farqlay olmaslik va kuylash, ijro etish bilan bog’liq qiynchiliklar.

    4. guruh.Xorazm musiqa folklorida uchraydigan yalla, lapar, xalq qo’shiqlari xalfachilik va dostonchilik qo’shiq aytimlari ijrosining o’ziga xoslik xususiyatlari, raqs harakatlarining boshqa vohalardan farqli jihatlari to’liq tushunishga oid murakkabliklar.

    Tadqiqotni bajarish davomida olib borgan kuzatuv va tahlillar ilmiy-uslubiy ilmiy tadqiqotlarni o’rganish, tahlil qilish shuni ko’rsatdiki musiqa madaniyati darslariga kiritilgan Xorazm folklor namunalari juda ham kam. Ular o’rganish uchun ajratilgan soatlar ( umuman musiqa darsi uchun ) yetarli emas. Bularning barchasi milliy xalq qo’shiqlari, raqslari, dostonchilik aytimlari haqida to’liqroq nazariy va amaliy bilim, malakalarga ega bo’lish imkonini bera olmaydi. Bu esa milliy folklor qo’shiqlarni musiqa mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga o’rgatishda eng avvalo, zarur pedagogik shart-sharoit, ko’rgazmali va texnik vositalari, eng muhim folklor qo’shiqlarini o’rgatishda bolalarda shunga mos kayfiyatni xosil qilish muhim ahamiyatga ega. To’g’risini aytganda folklor namunalari bilan ishlashda bolalar ruxiy olamiga yaqinroq bo’lgan ertaklar, tez aytishlardan boshlab boalalrga xos o’yin qo’shiqlari, hayvonlar o’simliklar, ertak qahramonlari obrazlari ifoda etilgan, shuningdek to’y-marosim, alla qo’shiqlaridan repertuarga pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri bo’ladi.
    Alla aytimlari inson tug’ilgandan keyin uning qulog’iga, bolani tinchlantirish uchun aytiladigan xalq og’zaki ijodi janridir. Alladagi mehr, mazmun, ezgu tilaklar va mayin ohangdorlik bola tafakkuriga o’ziga xos ijobiy ta’sir etadi. Xorazm musiqa folklorida shunday janrlar ham borki, ularni o’rganish ma’lum ma’noda yoshlarning ma’naviy tarbiyasida o’ziga xos ijobiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Bolalar o’yin qo’shiqlari ham bevosita Xorazm folklorida mavjud. Bu kabi folklor namunalari va ularni ijrosi bilan bog’liq tartib-qoidalar o’sha jarayonni ifodalovchi so’zlar, iboralar va she’rlar bolalar tarbiyasi va kamolga yetishuvi uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. Xorazm musiqa folklorida shunday namunalar ham borki, undagi g’oyaviy mazmunini to’liq tushunish ham emotsional ta’sirchanlik, xalq aytimlariga xos milliy o’ynoqi, jozibador, g’oyat kuychan jozibador musiqa sehri bolalarni beextiyor o’ziga tortadi, unda estetik xis-tuyg’ularni uyg’otib, musiqa olamiga olib kirib ketadi. Bolalarda musiqa san’atiga qiziqish, ishtiyoqni rivojlantiradi. Barcha milliy folklorda bo’lgani kabi musiqa folklorida ham xalqning urf-odatlarini o’zida mujassam etgan namunalar ham borki, misol tariqasida bir paytning o’zida bir necha musiqiy san’at turlari shoirlik, xonandalik, raqs kabilarni jamlagan to’y-marosimlarning boshlanishidayoq xalq og’zaki ijodi, adabiy mahorati, notiqlik san’ati unda namoyon bo’ladi. To’y marosimida hofizlar, yallachilar, xalfalar yor-yor bilan bog’liq yalla, laparlar kuylashadi. Xorazm musiqa uslubidagi folklor ijod namunalari haqida bir jihatni unutmaslik kerak, u ham bo’lsa ma’lum darajada qadim-qadimdan yaqin bo’lgan qo’shni xalqlar bo’lmish turkman va ozarbayjon xalq musiqa san’ati bilan mushtarak jihatlari (so’z talaffuzi-sheva, cholg’u sozlarida) amavjud.
    Xorazm musiqa folklorining o’ziga xos jihatlaridan yana biri uning cholg’u sozlarida ham namoyon bo’ladi. Cholg’u sozlarning o’xshashligi ayrim cholg’ularni qo’llanishida aytib o’tilgan xalqlarning yaqinligi seziladi. Masalan bulamon damli-puflama cholg’usi bu uslubda keng qo’llanib kelingan. O’zbekistondagi boshqa mahalliy uslublarda uchramaydi.
    Xorazmda Kavkazning mashhur tor cholg’usi ham keng qo’llanilib keladi. Xorazmlik xalq xonandalari, hofizlari, hattoki doston kuylovchi baxshilari ham bu cholg’udan mohirlik bilan foydalanishadi. Bu cholg’uni Xorazmda ,,soz” deb ham atashadi.
    Xorazm musiqa uslubida xususan folklor kuy-qo’shiqlarida qadim zamonlardan buyon raqs va umuman olganda xalq ijodiyoti namunalari xisoblanmish o`yin harakatlari bilan bog`liq cholg`u kuylari salmoqli o`rin egallaydi. Bayram, to`y-marosim kabi turli marosimlarda ijro etilib kelingan va hozirda ham xalq e’tiborida o`z qadr-qimmatini saqlab kelayotgan, yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo`lgan kishilar tomonidan sevib ijro etiladi.
    Birinchi bob bo’yicha xulosalar.
    Xorazm folklor qoʼshiqlari tarkibidan oʼrin olgan lapar, yalla, o’lan, termalar, yor-yor, allalar, xalfachilik va doston qoʼshiqlari alohida taʼlim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʼlib, oʼquvchilarni estetik tarbiyalash, ularga milliy qadriyatlarni singdirish, milliy anʼanalardan xabardor qilish va barkamol inson shaxsini shakllantirishda ijobiy taʼsir koʼrsatadigan xususiyatlarga ega. Folklor qoʼshiqlarini tinglaganda hosil boʼladigan tasavvurlar taʼsirida turli yosh guruhlarga mansub oʼquvchilar chuqur hissiy hayajon, quvonch, joʼshqinlik va ichki koʼtarinkilik singari hissiy holatlarni oʼz faoliyatlari davomida namoyon qila oladilar.
    Xorazm musiqa folklorida xalfachilik sanʼati muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼquvchilarning estetik didi, qadriyatlarni anglashi va oʼziga xos yangi – milliy badiiy estetik dunyoqarashini shakllantiradi. Shu bilan bir qatorda, “Madaniy–maʼrifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy sanʼat, chinakam goʼzallik ruhida tarbiyalash maskanlari boʼlmogʼi lozim. Gʼoyaviy–badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarmizga yot asarlarning yetakchi oʼrinni egallab olishiga yoʼl qoʼymaslik muhim ahamiyatga ega.
    Xorazm musiqa folklori vositasida oʼquvchilarni estetik tarbiyalashning shakl, vosita va usullari umumiy oʼrta taʼlim maktablarining Musiqa madaniyati darslarida amal qilib kelayotgan tizimning ajralmas qismi boʼlishi kerak.
    Xorazm musiqa folklori vositasida oʼquvchilarga estetik tarbiya berish jarayonini quyidagicha tashkil etish maqsadga muvofiqdir:
    1. Xorazm musiqa folklori vositasida oʼquvchilarni estetik tarbiyalash jarayonida Musiqa madaniyati darslarida nazariy va amaliy bilim hamda tajribalardan foydalanish.
    2. Xorazm musiqa folklori, yaʼni xalfa va doston qoʼshiqlarining tarbiyaviy imkoniyatlarini ochish hamda qoʼshiqlarni tanlashda ularning axloqiy–estetik tomonlarini eʼtiborga olish, ijro uslubi emotsionalligi, musiqiy ohangdorligi va uning oʼquvchilar tomonidan idrok qilinishiga eʼtibor qaratish.
    3. Musiqa madaniyati darslarida oʼquvchiga ijobiy tarbiyaviy taʼsir koʼrsatadigan pedagogik muhitni vujudga keltirish, har bir oʼquv materialini tanlashda estetik tarbiya qonuniyatlariga amal qilish.
    4. Musiqa oʼqituvchilarining Xorazm musiqa folklori namunalari xalfa va doston qoʼshiqlarini, lapar, yalla, terma, o’lanlarni ijro eta olish koʼnikmalarini takomillashtirish.
    5. Musiqa madaniyati mashgʼulotlarida xalq baxshichilik sanʼati, doston qoʼshiqlarini ijro qilish uslubi haqida oʼquvchilarga yetarli nazariy maʼlumotlar berish.
    6. Oʼquvchilarni estetik tarbiyalash maqsadida ularning musiqiy bilim, koʼnikma va malakalarini rivojlantirish, estetik did, idrok kabi sifatlarni shakllantirish.


    Download 1,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorazm musiqa folklorini maktab musiqa ta’limida o’rganish imkoniyatlari

    Download 1,71 Mb.