|
Mavzu: Mahalliy uslublarga xos musiqa folklori vositasida o’quvchi- yoshlarni estetik tarbiyalash.
|
bet | 8/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #231206 |
Bog'liq mahalliy-uslublarga-xos-musiqa-folklori-vositasida-o-quvchi-yoshlarni-estetik-tarbiyalash-xorazm-musiqa-folklori-misolidaIkkinchi bob boʻyicha xulosalar
1. Xorazm musiqa folklori umummilliy xususiyatga ega boʻlib, maktab musiqa taʼlimida oʻquvchilarni u haqidagi bilim va tushunchalar bilan tanishtirish, zarur koʻnikma va malakalar hosil qilinishi musiqa taʼlimi va tarbiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalar sirasiga kiradi.
2. Oʻzbekiston sarhadidagi mahalliy musiqiy uslublar bilan oʻquvchilarni tanishtirish ularda oʻzbek xalq musiqasining yaxlit holda tushuncha hosil qilishlari, uning keng qamrovli, rang-barang, oʻziga xos koʻp tarmoqli, shu bilan oʻziga xos ijrochilik anʼanalariga ega ekanligini anglash, idrok etishlariga erishish milliy musiqiy taʼlimning toʻlaqonliligini ta'minlaydi.
3. Oʻquvchilar musiqa sanʼatida mahalliy uslublarni mahalliy aholi shevalariga, kiyinish, urf-odat, marosimlariga qiyoslab oʻrganishlari, viloyatdagi musiqiy anʼanalar va musiqiy namunalarni, ularni ijro etish uslublarini bilishlari maktab musiqa fani oʻquv dasturi talablarida alohida taʼkidlanadi. Xorazm musiqa uslubi haqidagi bilimlarni oʻquvchilarga yetkazishning oʻziga xos metodik tizimini ishlab chiqish alohida tadqiqiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
4. Mahalliy musiqiy uslublarni dars jarayonida nazariy va amaliy oʻrganish va bu faoliyatda oʻquvchilarni musiqiy, nazariy savodxonligi va musiqiy madaniyatini shakllantirish darajasi zamon zamon talablaridan orqada qolmoqda.
5. Mazkur holatni toʻgʻrilashning eng toʻgʻri yoʻli bu har bir mahalliy uslubni oʻrganishda qoʻllaniladigan taʼlim metodlari, pedagogik yondashuvlar, shart-sharoit va imkoniyatlarning pedagogik mezon va meʼyorlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdir.
6. Mazkur muammoni ijobiy yechim topishida ish turining samarali ish shakli, usullarini topish, ulardan oʻz oʻrnida va maqsadga muvofiq foydalanish lozim.
III. Xorazm musiqa folklor qo’shiqlari vositasida o’quvchilarni estetik tarbiyalash samaradorligi.
3.1. Xorazm folkor musiqalarining tarbiyaviy ta’sirchanlik xususiyatlarini aniqlovchi mezonlar tavsifi.
Shaxsning insoniy munosabatlar tizimini umumiy shaklda aks ettiruvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, yetarlicha shakllangan sifatlarini xarakterlovchi xususiyatlari majmuasi tarbiyalanganlik deyiladi. Tarbiyalanganlik darajasi deganda o’quvchilarda mavjud bo’lgan ahloqiy meyorlar va ko’nikmalarni amaliyotga qo’llay olish darajasi tushuniladi. O’quv-tarbiyaviy jarayonda tarbiyalash natijasi tarbiyalash tadbirlari o’tkazilgandan keyin birdaniga namoyon bo’lmaydi.
Tarbiyalanganlik darajasini xisobga olish va baxolash -tarbiyaviy ishlar tizimining zaruriy bo’g’inidir. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash asosiy maqsad bo’lmasdan, balki tarbiyalash jarayonini boshqarish va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi muhim imkoniyatdir.
O’quvchilarning ahloqiy tarbiyalanganlik darajalari ularning ahloq me’yorlarini va xulq qoidalarini bilish va uzlashtirish darajalari bilan aniqlanadi. Insonning xulki - uning ahloqiy sifatlari va ma’naviy kiyofasining obyektiv ko’rsatkichlaridir.Tarbiyalanganlik darajasini baholash mezoni - namunaviy ko’rsatkichlar tizimidir. Faoliyat natijalari ko’rsatkichlari bilan namunaviy ko’rsatkichlarni taqqoslash, mos kelishlik darajasini aniqlash o’lchash deyiladi.
Har qanday me’zon qandaydir ko’rsatkichlardan tashkil topadi. Bunday ko’rsatkichlarni aniqlashda psixologik - pedagogik adabiyotlarda turlicha yondoshuvlar mavjud:
Tarbiyalanganlik darajasini miqdoriy jihatdan aniklash.
Tarbiyalanganlik darajasini sifat jihatdan aniklash.
Tarbiyalanganlik darajasini axlokiy normalarni bilishiga va uzlashtirish darajasiga karab aniklash.
Tarbiyalanganlik darajasini odatlar, qiliklar va harakatlarga qarab aniqlash.
5.Tarbiyalanganlik darajasini aniqlashning boshqa yondashuvlari. Faoliyat natijalarini baholash, aniklash, sinflashtirish, qiymatlarini tartiblash uchun asos bo’ladigan belgilar yoki ko’rsatkichlar mezon sifatida qaraladi.
atrofdagilarning axvolini xis silish;
mehribonlik va rahmdillik ko’rsatish;
qayg’urish, gam chekish, havotirlanish;
g’am-g’ussaga sheriklik dardkashlik;
Ma’naviy-ahloqiy intellektual (ong, aqliy) ko’rsatkichlarga asoslangan mezonlar:
ma’naviy - ahloqiy tushunchalarning mohiyatini bilish;
ijtimoiy hayotda xodisa va jarayonlarga baho bera olish;
jamiyatning ma’naviy - ahloqiy qadriyatlarni anglash;
ma’naviy-ahloqiy hulq meyorlarini bilish;
ma’naviy-ahloqiy qarashlar va ishonch muayyan hayotiy vaziyatlardan saqlab qolishga tayyorgarligi.
Ma’naviy - axloqiy hulk ko’rsatkichlariga asoslangan mezonlar:
atrof - muhitga ijobiy munosabati
ma’naviy -ahloqiy hulqi va odatlarining shakllanganligi
uzlashtirilgan bilimlari bilan hulkining mos kelishi;
atrof- muhitdagi moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan munosabati;
jamoasidagi jipslik darajasi;
erkin tanlov holatida ma’naviy - ahlokiy kadriyatlarni amalga oshirish, ularga sodiq bo’lish, saqlash.
Keyingi paytlarda nisbatan aniqroq mezonlar sifatida shaxsga yo’naltirilgan tarbiyalash g’oyasiga asoslangan kursatkichlar taklif etilmokda. Bunday ahloqiy tarbiyalanganlik mezonlari kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun quyidagicha aniqlangan:
Ustuvor ahloqiy talablar va vajlarning mavjudligi.
2. O’zlashtirilgan ijtimoiy va shaxsiy axamiyatga ega bo’lgan ahloqiy qoida, me’yor va prinsplar xamda ahloqiy sifatlarning uzlashtirish darajasi.
3. Ahloqiy ko’nikma, malaka va odatlarning turg’unligi.
Ahloqiy tarbiyalanganlik darajasining yana boshqa bir muhim "o’lchovi" ning mezoni sifatida kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ahloqiy tushunchalarni uzlashtirish va tasavvur qilish darajasi olinadi.
Eng yaxshi insoniy fazilatlarga quyidagilar kiradi: Vatanni sevish, xalqini sevish, insonni sevish, do’stlik, muhabbat, yaxshilik, haqiqat, adolatlilik, mehnatsevarlik, bilimga intilish.
Ba’zi o’quvchilarda, ayniksa 5-sinf o’quvchilarida hayajonlanish, uyatchanlik kuchli buladi|. Shu bois, uning yaxshi ovozi, jrochilik qobiliyati bo’lsada, uni ko’pchilik oldida namoyish qila olmaydi, ovozi qaltiraydi, so’zlarni esidan chikaradi, musiqadan yoki usuldan j chiqib ketadi. Ushbu kamchilikni bunday o’quvchini ko’pchilik oldiga,sahnaga muntazam chiqarib borish yo’li bilan tuzatish mumkin;
O’zbek xalqining eng mashxur qo’shiqlari, dostonlarini mashhur xalq artistlari, baxshilari ijrosidagi namunalarini zamonaviy texnika vositalari orqali namoyish etish va eshittirish orqali o’quvchilarning ijrochilik malakalarini o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkin, taniqli san’atkorlar, hofizlar bilan uchrashuvlar o’tkazib turish, ular bilan suhbatlar uyushtirish, so’ngra bevosita qo’shiq, doston tinglash kabi tadbirlar samarali ish shakllaridan hisoblanadi. Bunday tadbirlarda o’quvchilarning ma’naviy-estetik tafakkuri, mahorati va iste’dodi rivojlanishi uchun imkon tug’iladi, ahloqiy madaniyati shakllanadi.
Ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy tarbiyadagi ta’sirchan vositalardan biri ommaviy, ya’ni havaskorlik to’garaklarida uyushtiriladigan estetik tadbirlarga o’quvchilar ommasini iloji boricha ko’prok qamrab olishdir. Bu g’oyaviy estetik va ma’naviy bilimlarni mustahkamlab borishda ularni amaliyot bilan bog’lashni unutmaslikni, onglilik bilan emotsionallik doimo bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’lishini unutmaslikni talab etadi.
Xalq og’zaki ijodiyotini o’rganish jarayonida o’zbek xalq qo’shiqlari Xorazm folklor qo’shiqlari vositasida o’quvchilarni shakllantirishda faqat san’at tadbirlari bilan cheklanib qolish mumkin emas. Shuning uchun umumiy o’rta ta’lim maktabiga taniqli yozuvchilar, san’atkorlar, olimlar, bastakorlar, xonandalar, tanikli musiqa mutaxassislarini, axloqiy madaniyat va ma'rifat hodimlarini taklif qilib, ular bilan suhbatlar, uchrashuvlar o’tkazildi. Yozuvchilarning hozirgi o’zbek adabiyoti, xalq ahloqiy madaniyatida kechayotgan jarayonlar, ijodiy uylar, keyingi paytlarda yaratilgan asarlar haqidagi fikrlari, o’quvchilar bilan o’tkazilgan savol-javoblar, bastakorlarning qo’shiq, kuy yaratish borasidagi suhbatlari, xonandalarning o’z repertuarlaridagi eng yaxshi qo’shiqlarni ijro etishlari kabi holatlar ma’naviy-estetik tarbiyani tashkil etishga qaratilgan tadbirlarning g’oyaviy mazmunini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadbirlar shunchaki bir tadbir doirasidan chiqib, o’quvchilar bilan uchrashuv mehmonlar bilan jonli muloqotga aylanib ketdi. Qizg’in muloqot jarayonida o’quvchilar o’zlarinin qiziqtirgan savollarga javob oldilar, bu esa ularning ongiga, xissiyotiga, dunyoqarashiga ta’sir qilib, ahloqiy madaniayatini yanada boyitadi.
San’atkor, baxshi va xokazolar bilan uchrashuv, shuningdek, cholg’u asboblari borasidagi turkumli suhbatlar o’quvchilarning xalq qo’shiqlari xususan, Xorazm folklori qo’shiklari sohasidagi bilimlarini kengaytiradi va axloqiy madaniyat, ma’naviy tarbiya uchun ma’lum zamin yaratadi.
O’zbek xalq qo’shiqlari, xususan Xorazm folklori vositasida o’quvchilarda ahloqiy madaniayatni shakllantirish maqsadida darsni tashkil etishda o’quvchilarning nechanchi sinfda o’qishlariga alohida e’tibor berish va ular bilan musiqiy asarni o’rganishda soddadan murakkabga utish prinsipy asosida ish olib borish lozim. Shuning uchun baxshichilik, dostonchilik tugaraklariga, xalq musiqa hamda qo’shikchilik san’atiga bagishlangan ma’ruza va suhbatlar hamda fakultativ mashg’ulotlarga jalb etilgan o’quvchilarning' ma’naviy-estetik
dunyoqarashlarining shakllanganlik darajasiga karab, ularni bir necha guruhga buldik. Shu jarayonda har bir guruh imkoniyatlari va xususiyatlariga qarab ular bilan ish olib borish rejasini tuzdik. Bu tarzda ish yuritish tizimi asta-sekin estetik tarbiya ishining istiqbol maxsus kurs dasturi, aniq ish shakli, shuningdek, repertuar tizimining izchil vositasiga aylanadi.
Qo’shiq va dostonlarni kuylashda tanlangan o’quvchining ovoz imkoniyatlaridagi uziga xos xususiyatlari xisobga olinishi.kerak. Maxsus kursni joriy qismida musiqachi- o’quvning ovoz imkoniyatlarini sinab ko’rish jarayonida, ko’pchilik havaskorlar uchun odat bo’lgan, ya’ni, uzining imkoniyatlariga mos bo’lmagan, xalq qo’shiqchi va baxshilari ijro etgan murakkab asarlarni kuylashga urinishlarining guvohi bo’ldik. Masalan, havaskor yoshlarning ko’pchiligi xalq ijodi namunalari bo’lmish xalq dostonlaridan olingan qo’shiqlar «Sallona-sallona» («Oshik Garib va SHoxsanam» dostonidan), «Qizlar» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Salom kelibdi» («Gurug’li» dostonidan), «Bulbul ko’rdim» («Tohir va Zuxra» dostonidan), «Yor qora ko’zlaring na tilar mandan» («Sayod va Hamro» dostonidan), «Sayodxon bog’dadir-bog’da» («Sayodxon va Hamro» dostonidan), «Qaydin galding» («Baxrom va Gulandom» dostonidan), «Nasixat» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Bog sayliga kelaylik» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Zuryod» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Bormi» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Barigal» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Nolish» («Oshiq G’arib va Shohsanam» dostonidan), «Namasan» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Oshiq bulib...» («Oshiq G’arib va Shohsanam» dostonidan), «Dardingdan» («Oshiq G’arib va Shoxsanam» dostonidan), «Xo’sh qol» («Oshiq G’arib va Shoxsanam» dostonidan), «Qora ko’zli bir pari» («Oshiq G’arib va Shoxsanam» dostonidan), «Orzu aylab» («Tohir va Zuxra» dostonidan), «Unutma» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Ishonma» («Maxtumquli» dostonidan), «Qadrini na bilsin» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Go’rgali galdim» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Qurbon bo’layin» («Oshiq Najab» dostonidan), «Bosh ustina» («Go’ro’g’li» Dostonidan), «Nokas nonning qadrin bilmas» («Go’ro’g’li» dostonidan), shuningdek, el orasida ma’lum vaqt mashhur bo’lgan estrada xonandalarining qo’shiqlarini ijro etishga urinadilar. O’z-o’zidan ravshanki, bu urinda to’ylarda aytiladigan sho’x yallalarning ta’siri katta. Chuqur anglamasdan: ijro etish natijasida dostonlarning ma’naviy mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatish hollari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim o’quvchilar dostonlarning so’zlarini buzib ijro etadilar, kuylardagi to’xtalishlarga ahamiyat berishmaydi, usulga tushmaydilar. Bu esa ular bilan jiddiy va muntazam ravishda, chidam bilan ish olib borishni talab etadi. Shu yo’sinda ayrim qo’shiqlarni o’quvchilarga o’rgatish uchun maxsus tayyorgarlik muddatining bo’lishi taqozo etiladi.
O’zbek xalq musiqa san’atining ko’plab yirik namoyondalari jahon va
Sharq madaniyati tarixida chuqur iz koldirdilar. Bunga kuplab misollar keltirish mumkin. Ular boshlagan ishni izdoshlari va shogirdlari muvaffaqiyat bilan davom ettirib kelmoqdalar, turli avlod san’atkorlari xaqida ma’lumot berganda bu jihatlarni ham nazardan qochirmaslik lozim.
Urgut tuman 7-umumta’lim maktab o’quvchilari bilan olib borilgan tajriba- sinov ishlari jarayonida xalqimizning mashhur san’at arboblari, xalq baxshilari xaqida bir qator suhbatlar o’tkazdik. O’zbek musiqa san’atining rivojiga katta xissa qo’shgan adabiyot va san’at namoyandalari ijodiga bag’ishlangan suhbatlar xam o’quvchilarda ahloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Biz ma’ruza va suhbatlarni mashhur qo’shiqchi san’atkor va baxshilarning asarlarini, ular ijro etgan qo’shiqlarni namoyish etish metodi bilan birgalikda olib bordik. Bunda turli yillarda chikarilgan plastinkalar, magnitofon yozuvlaridan foydalandik. O’quvchilarga mazkur qo’shiq ijrochilari haqidagi kitoblar va maqolalarni o’qish, radio va teleko’rsatuvlarni kuzatib borish tavsiya qilindi. O’zbek milliy musiqa madaniyatini boyitgan baxshilar ijodi xaqidagi qiziqarli ma’lumotlar va ular yaratgan qo’shiqlarni tinglash, iqtidorli o’quvchilar ijrosida kuylanishi o’quvchilarni qo’shiqchilik va baxshichilik va ularni yirik namoyondalair ijodiga qiziqishlarini oshirishga sabab bo’ldi.
O’quvchilar bilan o’tkazilgan shunday mazmundagi suhbatlar,va ma’ruzalardan keyin ular bilan sinfdan tashqari amaliy mashg’ulotlar tashkil etilar ekan, ularda o’zbek xalq qo’shik va dostonlari ijrosi bo’yicha bilim va ko’nikma xosil qilishni ikki yo’nalishni kuzda tutgan va ularga amal qilgan holda olib bordik:
I. O’quvchilarning musiqiy-nazariy tayyorgarligi. Bu o’rinda uzbek xalq, to’grisida tegishli tushunchalar hosi qilish va ularni mustahkamlab borish amalga oshirildi.
II. O’quvchilarning Xorazm folklor qo’shiq va dostonlar ijrosi bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
O’quvchilarga Xorazm folklor qo’shiq va dostonlarini o’rgatish, turli tadbirlar jarayonida ish olib borishning qulay hamda samarali metodlaridan: ijro etib ko’rsatish san’atkorlar, hofizlar bilan bevosita muloqotlar, ustoz-shogirdlik an’analarini tiklash kabi samarali milliy uslublardan foydalanish zarur. Chunki fakat nazariy uslublarga zo’r berish o’quvchilardagi qiziqishni so’ndirishi mumkin va qilingan barcha ishlarning bilim darajasida qolishiga olib keladi.
Tajriba-sinovdagi ishlarning yuqoridagi yo’nalishlarini amalga oshirish maqsadida Urgut 7-umumta’lim maktablarda «Milliy musiqa» to’garaklarini tashkil qildik. Ularni kelajakda mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan jamoaga aylantirishni ko’zlab ish tutdik. Shuning uchun to’garak a’zolari o’quvchilar davrasida ilk bor konsert berganlarida yoki biror tadbirda qatnashganida uning qiziqarli o’tishiga harakat kilindi. Bu esa, birinchi navbatda, tuzilgan repertuar rejasiga bog’lik buladi. Biz to’garak mashg’ulotlari va ular orqali o’tkaziladigan turli tadbirlar mobaynida o’quvchilarni ahloqiy madaniy tarbiyalashni kuzda tutganimiz uchun, avvalo, uning a’zolari sonini kupaytirishga xarakat kildik. To’garak faoliyatida 6-8 kishidan iborat sozandalar guruhi, 12-15 kishilik raqqosalar guruhi va mumtoz qo’shiq ustalari ishtirok etishiga xarakat kildik. Shu bilan birga xalq qo’shiklari, termalari, yor-yor, qo’shiq va dostonlaridan tashqari vokal-xoreografik kompozitsiyalarni ham kiritishni, shu tariqa xalqimizning o’tmishi va hozirgi milliy musiqiy, ma’naviy hayoti haqida muayyan tasavvur berishi lozim bo’lgan dastur yaratishni o’zimizning asosiy vazifamiz deb bildik. Buning uchun ijodiy jamoa xar jihatdan tayyorlangan va puxta zaminga ega bulishi lozim edi.
Shuni alohida qayd etish joizki, dastur fakat uzbek qo’shiq va kuy raqslaridan iborat bo’lib qolmasdan, u qardosh xalqlarning musiqiy asarlaridan namunalarni o’ziga qamrab oldi. O’z navbatida, o’quvchilar o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ahloqiy, madaniy tarbiyaning baynalminallik xususiyatiga ega bo’lishini taminlashga imkon berdi.
To’garakdagi yosh qo’shiqchi va hofizlar safini shakllantirishda milliy cholg’u asboblariga katta e’tibor qaratildi. Milliy, cholg’u asboblaridan
Bugungi kunda yoshlar orasida dutor, tanbur, gijjak, chang, doira bilan birga ommalashib ketgan. elektroorganlarni ham ijro doirasiga kiritdik. Bu bilan ansamblning o’zbek cholgu ijrochiligidagi milliy o’ziga xoslikni zamonaviy to’laligicha namoyon etish ko’zda tutildi.
Biz o’zbek milliy mumtoz musiqiy asarlarini, jumladan, xalk qo’shiqlarini o’rganishga ishtiyoqmand yoshlarni to’plab, ular bilan tugarakda ish olib borar ekanmiz, xalq orasida mashhur bo’lgan qo’shiqlar bilan birgalikda san’atga bir yoqlama qarashning oqibati tufayli xalqimizning xotirasidan unutilib ketgan tarixiy o’tmishda ardoqlanib tinglangan diniy qo’shiqlarni tiklashga, ularni to’plab, zamonaviylashtirib ijro etishga intildik (Masalan, Xuvaydo so’zi bilan aytiladigan qo’shiqlarni). Bu borada keksa xalk san’atkorlarining ijodlarini o’rgandik va juda kup qo’shiqlar hozirda ijro etilmasdan unutilganligini aniqladik. Bu asarlar sirasiga kirgan qo’shiklar ijrochidan katta mexnat va qobiliyatni talab etganligi, yengilning ketidan quvish tufayli mazkur asarlar unutilib ketishiga sabab bulganligini xam aniqladik.Hozirgi yosh, iqtidorli, taniqli xonandalarning ijodi va uzbek milliy musiqa asarlarining nodir namunalari bilan o’quvchilarni tanishtirish, ularni yoshlar repertuariga olib kirish, kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida tadqiqot jarayonida quyidagi holatlarga alohida axamiyat;berildi:
Mazmunli va qiziqarli repertuar. Unga Xorazm xalqining asrlar sinovidan o’tib kelayotgan qo’shiqlaridan eng yaxshi namunalarinn tanlab, topib kiritish. Mehnat, do’stlik insonparvarlik g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan sevgi, muhabbat, sadoqat mavzusidagi qo’shiqlarga keng o’rin berildi.
1. Umum ishiga halal beradigan lokaqd, nopok, kimsalarning xatti-harakatini fosh etuvchi tanqidiy va hajviy qo’shiklar xam dasturga kiritildi.
2. Jamiyatimizda. keng nishonlanadigan xalq bayramlari Navro’z, Qurbon hayit, Mustqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Xotin-qizlar kuni va turli sanalar bilan bog’lik shodiyonalarga atalgan asarlar xam ijro uchun tayyorlab qo’yildi.
3. O’zbekiston tarixining muhim bosqichlarida yaratilgan bosqinchilarga qarshi qahramonlikni madh etuvchi, jasoratga chorlovchi, xalqlar do’stligini tarannum etuvchi qo’shiqlarga asosiy e’tibor qaratildi.
4. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, ijtimoiy xamkorlik g’oyalari tarannum etilgan qo’shiqlar, dustlik va qardoshlikni kuylovchi doston va kompozitsiyalar kiritildi.
5. O’quvchilarda qardoshlik tuyg’ularini tarbiyalash uchun
baynalminallik g’oyalari bilan sug’orilgan qo’shiqlardan iborat zamonaviy
qo’shiqlar kiritildi.
«Milliy musiqa:» to’garagi repertuariga o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda quyidagi qo’shiqlar, dostonlar kiritildi:
1. Dostonlaridan olingan qo’shiqlar «Sallona-sallona» («Oshik Garib va SHoxsanam» dostonidan), «Qizlar» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Salom kelibdi» («Gurug’li» dostonidan), «Bulbul ko’rdim» («Tohir va Zuxra» dostonidan), «Yor qora ko’zlaring na tilar mandan» («Sayod va Hamro» dostonidan), «Sayodxon bog’dadir-bog’da» («Sayodxon va Hamro» dostonidan), «Qaydin galding» («Baxrom va Gulandom» dostonidan), «Nasixat» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Bog sayliga kelaylik» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Zuryod» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Bormi» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Barigal» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Nolish» («Oshiq G’arib va Shohsanam» dostonidan), «Namasan» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Oshiq bulib...» («Oshiq G’arib va Shohsanam» dostonidan), «Dardingdan» («Oshiq G’arib va Shoxsanam» dostonidan), «Xo’sh qol» («Oshiq G’arib va Shoxsanam» dostonidan), «Qora ko’zli bir pari» («Oshiq G’arib va Shoxsanam» dostonidan), «Orzu aylab» («Tohir va Zuxra» dostonidan), «Unutma» («Tohir va Zuhra» dostonidan), «Ishonma» («Maxtumquli» dostonidan), «Qadrini na bilsin» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Go’rgali galdim» («Go’ro’g’li» dostonidan), «Qurbon bo’layin» («Oshiq Najab» dostonidan), «Bosh ustina» («Go’ro’g’li» Dostonidan), «Nokas nonning qadrin bilmas» («Go’ro’g’li» dostonidan).
2. Qardosh xalqlar qo’shiqlari: Tojik xalk qo’shiklari: «Duxtari oshiq», «Sari ko’xi baland», «Diliman»; Rus xalk kushiklari: «Katyusha», Kalinka», «Molodaya», «Oy, vesna-vesna», «Jdi menya, i ya vernus», Moskovskoe vechera», Ukrain xalq qo’shiqlari «Tixo vod rechkoyu», Sigan xalk kushiklari «Ochi cherniyme» va h.k.
Har bir qo’shiq, dostonning mavzusi, uning. mazmuniga o’quvchila e’tibori qaratildi. Har bir qo’shiq, doston ma’naviy tarbiyaviy ta’sirga ega bo’lishi, tomoshabin va tinglovchilarni loqayd qoldirmasligi, kishilar xotirasiga tez o’rnashadigan, yoqimli bo’lishiga. erishildi. Qo’shiq va dostonlarning ijro jihatlarini, oxanglardagi nozik tebranishlar va boshqa holatlarni sinchkovlik bilan tushuntirish, murakkab joylari ustida qunt bilan ishlash tashkil qilindi.
Xorazm xalq qo’shiqlari vositasida o’quvchilarni ahloqiy shakllantirish bilan birga ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to’laqonli tashkil etish ham doimo e’tiborimizda bo’ldi. O’quvchilar turli konkurslar xamda Respublikamiz Mustakilligi kuniga bag’ishlangan bayram tantanalarida qatnashib, o’z san’atlarini namoyish qildilar. Tadqiqot ishimizni samarali ta’sir etishi uchun yanada sermazmun ish shakllari va uslublaridan foydalandik. Bular bizning so’nggi yillarda olib borgan tajriba ishlarimizning asosini tashkil kildi. Bu haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz:
Ashula va raqs to’garagining qatnashchilaridan tashkari folklor ansambli, xor tugaragi, turli tadbirlarga mo’ljallab tuzilgan xavaskorlar jamoalari ishtirokchilariga ommaviy kushikla o’rgatish va shu tariqa xalq qo’shiqlarining ommaviylik kasb etishiga erishish;
nafosat tarbiyasi mavzusida, xalq kushiklari va uning ijodkorligi tugrisida ma’ruza va suxbatlar utkazish, musiqiy ma’ruza konsertlar uyushtirish,: taniqli jamoalar va san’atkorlar bilan uchrashuv o’tkazish;
o’quvchilarni san’atni tushunishga o’rgatish, ularda bu boradagi sastlabki ko’nikmalarni o’stirish va rivojlantirish. Buning uchun murakkab san’at asarlari (balet, opera, simfoniya, vokal-xoreografiya, musiqali drama, hajviy drama) haqida tegishli mavzularda ma’ruza va suhbatlar o’tkazib, so’ngra o’quvchilarni ommaviy ravishda o’sha asarlar bilan tanishtirib borish. Masalan, xalq dostonlari asosida yaratilgan sahna asarlari, klassik qo’shiqlar bilan tanishtirishdan oldin ularga daxldor mavzularda nazariy bilimlar berildi, ya’ni kerakli manbalar asosida ma’lumotlar berildi, suhbatlar, savol-javoblar o’tkazildi. Yurtimizdagi muzeylar, san’at dargohlari uyushtirilgan tematik ekskursiyalar, nazariy bilimlarni aniq sahna asarlarini ko’rish orqali, tanikli xonandalar ijrosida xalq qo’shiqlari namunalarini eshitish bilan yanada mustahkamlandi.
San’atning murakkab turlari haqidagi suhbatlar o’zining samarali ta’sirini ko’rsatdi. Bu tadbirlar natijasida o’quvchilarning milliy mumtoz musiqiy asarlar, qo’shiq va dostonlarga qiziqishlari ortib, bu esa ularning ahloqiy madaniy shakllanishlariga turtki buldi.
Mashg’ulotlarda turli mavzulardagi asarlarni ommaviy tinglash joriy etildi. Bu o’z navbatida, o’sha asarlarning o’quvchilar kalbi va ongiga yetib borishi va ularda milliy g’urur, vatanparvarlik tuyg’ulari shakllanishiga imkon tug’diradi.
Munozara va bahslar quyidagi mavzularda o’tkazildi:
Hozirgi texnika nihoyatda rivojlangan bir davrda bizga xalq og’zaki ijodidagi milliy mumtoz qo’shiqlar, dostonlar kerakmi?
Baxshichilik san’atining inson ruxiyatiga ta’siri haqida qanday fikrdasiz?
Qo’shiq va dostonlardagi milliylik va baynalminal jihatlarni qanday izohlaysiz?
Siz milliy xalq qo’shiqlarisiz hayotni qanday tasavvur etgan bo’lardingiz?
Hozirgi kunimizda o’zbek xalk qo’shiqlarining mohir ijrochilarilarning ijodi hakida nimalarni bilasiz?
Qo’shiq va dostonlar zamonaviy qo’shiqlar bilan hamohanglikda
yashay oldimi? Qaysi birini ko’proq sevasiz?
Munozara va bahslar mavzularining xilma-xil bo’lishiga alohida e’tibor berdik. San’atkorlar qo’shiq ustalari va baxshilar bilan uchrashuv, suhbatlar, munozaralarni yanada qiziqarli va mazmunli bo’lishiga xizmat qiladi. Pedagogik tajriba davomida yosh qo’shiqchi o’quvchilar quyidagi faoliyatni amalga oshirdilar: turli kecha bayramlarda chiqishlar qilishdi, nazariy ma’lumotlarga oid ijodiy hisobotlar yozishdi.
|
| |