O’RTA OSIYA ZIYOLILARINING MEHNAT TARBIYASI HAQIDAGI
FIKR MULOHAZALARI
Karimov Orif Obloqulovich
1
, Qo’chqarov Javohir
2
1
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi,
2
Texnologik ta`lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi
e-mail: orifkarimov2020@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada O’rta Osiyo ziyolilarining mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari
bayon qilingan.
Kalit so’zlar: kasb, hunar, mehnat, mehnat tarbiyasi, ulug’lilik, havas, hasad, hikmat.
***
Аннотация. В статье рассматриваются взгляды среднеазиатской интеллигенции на
трудовое воспитание.
Ключевые слова: профессия, род занятий, труд, трудовое воспитание, величие,
зависть, ревность, мудрость.
***
Abstract.This article discusses the views of Central Asian intellectuals on labor education.
Key words: profession, occupation, labor, labor education, greatness, envy, jealousy, wisdom.
Hozirgi kunda ta`lim-tarbiya
tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq
og’zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkir ijodigacha yoshlarni mehnat
sevar bo’lib yetishi, kasb-hunar o’rganish mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat
insonni ulug’lash masalalariga alohida etibor berilganligiga guvoh bo’lamiz.
Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy
Abdulla Avloniy va shu kabi mutafakkirlarimizning farzand tarbiyasi va uning
kamolati to’g’risida o’zasarlarida to’xtalib,
yoshlarni odob-axloqli, jismoniy
barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarligi hamda va tanparvarlik tarbiyasiga alohida
etibor berib kelingan. Dunyo tamali mehnat asosiga qurulgan. Buni bexuda deb
bilganlar zalolatga, bu yo’ldan yurganlar esa saodatga yuz buradilar. Mehnat hayot
chirog’iga moy quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. Bu hikmatni yoshlarimiz unutmasa
ishlari o’ngidan keleveradi.
O’zingni mehnat kuni ovuting,
Ne g’am kelsa davrondin, osontuting.
Hazrat Navoiyning bu baytlariga osetin xalqining “ko’p ishlovchi ko’p
yashaydi”, degan maqolini ilova qilsa bo’ladi. Maqol oddiy gapga o’xshaydi, yani,
ko’p ishlovchi jismonan baquvvat bo’ladi, har turli hastalik uni osonlik bilan yenga
olmaydi. Maqolga yana bir ma’no yashiringan: ko’p ishlovchi odam o’zidan ko’p
yaxshiliklar meros qoldiradi va uning nomi o’limdan keyin ham yashab qoladi. “Bu
kashfiyotni falonchi olim qilgan”, “Bu ko’prikni falonchi usta qurgan”, “Bu bezakni
falonchi zargar yasagan”, “Bu bo’z yerlarni falonchi dehqon obod qilgan” kabi. Og’ir
mehnatning shirin mevalari mana shular bo’ladi.
Mehnat tarbiyasi barcha zamonlarda va barcha jamiyatlarda buyuk huquq,
buyuk zarurat hisoblagan. Madaniyat yuksakligi mehnatga bo’lgan muhabbatga
bog’lanadi. O’zgacharoq ta`bir bilan aytsak, madaniyat qanchalik yuksak bo’lsa,
mehnat shunchalar yuksak qadrlanadi. Chunki mehnat hamisha inson hayoti va
madaniyatining asosini tashkil etgan. Agar hayot kemasi mehnat langariga
suyanmasa, hamma shamollaru dovullarga dosh berolmaydi.
Bunday tarifalarni
ko’pchilik biladi. Ammo bu haqiqatlarni yoshlar ongiga qanday singdirish kerak?
Shiorlar bilanmiyo aniq harakatlar bilanmi? Dunyoda tirik jon borki, hammasi
harakatda, hammasi mehnat bilan band. Lekin inson bilan boshqa tirik jonlar orasida
“ong”, “vijdon”, “halollik” degan tushunchalar bor. Shunday ekan biz insonga xos
tushunchalar asosidagi mehnatni, faqat o’zigaemas, jamiyatga ham naf keltiradigan
mehnatni nazarda tutushimiz kerak.
Beruniy mehnat tarbiyasi haqida quydagicha fikrlarni meros qilib qoldirgan.
Mehnatga o’rgangan odam saodatga erishadi. Chunki mehnat bilan band odamning
yomonlik qilishga vaqti qolmaydi. Mehnatni sevish, g’ayrat
va matonat bilan
ishlashning uchta shirin mevasi bor: tan salomatligi, ko’ngil rohati, aql va zehning
ortishi. Mehnat insonni uch balodan asraydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzuqlikdan,
muxtojlikdan. Mehnat mehmon bo’lmagan yer hech qachon baxt-saodat o’rni
bo’laolmaydi. Inson mehnatdan to’xtasa, kamolatdan ham to’xtaydi. Chunki kamolat
saroyining poydevori ham, devoir ham mehnatdir. Mehnat hosili bilan yashagan
inson o’z erkiga hokim, yulg’ichlik bilan boylik to’plagan hasis esa o’ziga zolim.
Hikmat ahli aytganidek, vujudimiz – yerniki, sharafli ishlarimiz – elniki! “Insonning
tilak va xohishlari mehnat tufayligina amalga oshrilishi mumkin, - deb yozganlar
Beruniy hazratlari.
Shon shavkatga, martabaga mehnatsiz erishgan kishi hurmatga
loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan kishi ma`lum bir muddat ichida rohat
vafarog’atda yashaydi, yaxshi kiyinadi. Ammo u ulug’lik libosidan maxrum,
yalang’och kimsadir”. Yaxshinomni mehnat bilan ortirish kerak, yaxshi nom chiroyli
so’zlar uchun, vadalar uchun berilmaydi. Balki mehnat natijasi uchun, mehnatga
astoydil qo’yilgan mehr uchun beriladi.
Bir narsaga diqqat qilish kerak: harom luqma topayotgan ham mehnat qiladi.
Lekin uning mehnati jamiyatga naf bermagani, aksincha boshqa birovlarga zarar
keltirgani uchun savodan mahrumdir. Bu hayrli mehnat doirasiga kiritish nojoizdir.
Asalari,
qovoqari ham, it pashsha ham mehnat qiladi. Lekin mehnatlarining natijasi
qanday?
Quvvati va toqati yetmagan ishga kirishib, o’ziga zahmat va mashaqqatni
yuklash ham to’g’ri emas. O’ziga va xalqqa manfaati tegmaydigan ishlar bilan
mashg’ul bo’lib, umrni zoye ketkazishdan saqlanish kerak. Har bir ishga samimiy
do’stlarning ittifoqi va maslahatlari bilan kirishilgani ma`qul. Kishi kuchi yetadigan
ishga mayl qilmay, nomunosib ishga qadam qo’ysa, oqibatda uddasidan chiqaolmay,
pushaymon yeydi.
Abu Ali Ibn Sino o’z asarlarida kishilar halol mehnat qilishaga hamda mehnat
hayot uchun eng zarur omil ekanligini ta’kidlaydi. “Tadbirli manozil” asarida barcha
jamiyat a`zolarini dehqonchilik, hunarmandchilik,
chorvachilik bilan shugullanib,
xalqqa foyda keltirishlari kerakligini uqtiradi. Ibn Sinoning fikricha, mehnatsiz hayot
kechirish kishini jismoniy va ruhiy tomondan ezadi. Bunday hayot kechirish yomon
oqibatlarga olib kelishini tushuntirib, ota onalarning o’z bolalariga yoshligidan
boshlab mehnat tarbiyasini berish zarurligini aytadi. Uning fikricha, bolaga
yoshligidan boshlab ma`lum bir kasbga o’rgatish lozim. Chunki bola kasb-hunarni
ma`lum darajada o’zlashtirib bo’lgandan so’ng uni o’sha paytlardan boshlab, o’z kasb
hunaridan foydalanish, yani, halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishga o’rgatish
kerak.
Abu Nasr Farobiy bolalarni yoshligidan boshlab mehnat va mehnatsevarlik
ruhida tarbiyalash hamda o’ziga yoqqan ish bilan mashg’ul bo’lishi, asta sekin o’zi
qiziqqan biron bir kasbni egallashi zarurligi hamda barcha hunarlarni bir yo’la
egallab bo’lmasligini ifodalab, shunday deydi: “Har bir kishiga biriktirilgan ma`lum
bir ish bo’lishi kerak, toki u kishiga o’ziga biriktirilgan ishni kechiktirmasdan o’z
vaqtida bajarsin”.
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida mehnat insonni
bezaydigan muhim sifat ekanligi, yalqovlik va dangasalik esa insonga mos xususiyat
emasligini alohida ta`kidlab o’tadi. U mehnatni yaxshi yoki yomon bo’lmasligi va
bolalarni har bir ishni bajarishga o’rgatish kerakligi
bu esa bolalarni yuksak
kamolotga olib chiqishga va saodatga erishishga yaqindan ko’mak berishini
takidlaydi.
Buyuk mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi xususidagi fikrlari bugungi kunda
ham muhim ahamiyat kasb etib, bolalarni mehnatsevar qilib tarbiyalashda vosita
bo’lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.Hasanov Mutafakkirlar mehnat tarbiyasi haqida. Toshkent. O’qituvchi.
2003-yil
2. T.Malik Saodat saroyining kaliti Toshkent “Yangi asr avlodi” 2018-yil
3. A. Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq T.: “O’qituvchi” 1992-yil
4.Оришев Ж.Б.,Оришева З.Х. Ёш авлодни касб-хунарга йўналтиришда
шарқона қарашлар ва педагогик масалалар // “Абай Қўнанбоев ва шарқ
мутафаккирларининг педагогик қарашлари” мавзусидаги халқаро илмий-
амалий анжуман материаллари. Жиззах. 2020 й. Б.83-85
5. Ziyonet.uz