Mening maqsadim…




Download 21,1 Kb.
Sana07.04.2020
Hajmi21,1 Kb.
#10192
Mening maqsadim… (Esse) Respublikamizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan o`quvchilarning ma`naviy dunyosini har tomonlama boyitish va uni to`g`ri shakllantirish, ularni odob- axloqli, go`zallikni qadirlaydigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu o`rinda maktabda tasviriy san`at darslarining o`rni beqiyos kattadir “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta`lim mazmuniga pedagogik va axborot texnologiyalarini keng qamrovda olib kirish vazifasi qo`yilgan edi.Hozirgi kunda pedagog uchun nafaqat professional mahorat,uning faoliyatini osonlashtiradigan dasturiy-texnik vositalarni o`zlashtirish va qo`llash,balki o`qitishi lozim bo`lgan fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalanish ham muhimdir. Texnologiya tushunchasi yunoncha so`z bo`lib,san`at,mahorat degan ma`nolarni anglatadi.
Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) - yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda - mil. av. 14- 12-asrlardan mil. 1 -4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili).
Ta`lim texnologiyasi tushunchasi esa ta`lim berish san`ati,ta`lim berish mahorati degan ma`nolarni ifodalaydi.Yangi pedagogik texnologiya deyilganda ta`lim berish san`atini ishga solib,uni samarali tashkil etish ,uni jahon andozalari darajasiga ko`tarish tushuniladi. O`quvchilarga tasviriy san`at fanini o`rgatish,ularni tarbiyalash,malakasini har tomonlama oshirish vazifasidan kelib chiqib,bilish nazariyasiga asoslanib,o`z tamoyillarini ishlab chiqish lozim.Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan tashqari tamoyillar bo`lib,o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi o`quv mehnatning yo`nalishlarini belgilab beradi. Tasviriy san`at darslarida asosiy diqqat bolaning rasm chizishiva uni turli ranglarda ishlashni tarkib toptirish ,ya`ni ranglardan to`g`ri foydalanish malakalarini shakllantirishga qaratilgan.Ta`limda yangi ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etish ustuvor masala.Ta`limning bu usuli o`quvchini faollashtiradi.Bu esa mavzuning ongli o`zlashtirishga yordam beradi.Mashg`ulot jarayonida muammoli ta`limni amalga oshirish ham shu maqsad yo`lida xizmat qiladi. Men o`qituvchiman.Men 30 yildan buyon o`qituvchilik qilaman .Ish faoliyatim davomida darslarni samarali o`tishi ,o`quvchilar faol bo`lishi uchun har bir darsimga puxta tayyorlanaman. O`quvchilar ongida bo`shliq bo`lmasligi uchun harakat qilaman.Mening vazifam malakali,yetuk,har tomonlama barkamol insonlarni tarbiyalashdir. Ma`lumki ,pedagogik texnologiya o`quvchini mustaqil o`qishga,bilim olishga qiziqtirish, fikrlashni o`rgatishga xizmat qiluvchi jarayondir.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Darhaqiqat, har bir dars,har bir mavzuning o`ziga xos texnologiyasi mavjud. Men o`qituvchi bo`lib shuning uchun ishlayman... Har bir insonning hayotda o`z oldiga qo`ygan maqsadi,ana shu maqsad asosida tug`ilgan orzulari,orzularga erishish uchun harakatning vujudga kelishi,natijada qaysidir kasb yoki hunarning etagidan tutishni xohlaydi.Men ham o`z orzularimning ijobatini ayni shu kasbim-o`qituvchilik sohasida topishni xohladim.Chunki barkamol avlodni tarbiyalash har qanday kasb egasiga ham nasib qilavermaydi.Men o`z xarakterimda bolajonlikni ,yosh avlodga mehr-muhabbatli bo`lishni ko`raman.Shuning uchun bo`lsa kerak,o`qituvchilik kasbini tanladim. Hozirgi kunda o`qituvchidan yuksak dunyoqarash hamda kuchli bilim talab qilinadi. O`qituvchi nafaqat o`z kasbining ustasi,balki zamon bilan hamnafas bo`lishi lozim. Shunday ekan,o`qituvchi bugun ”qotib qolmasligi”kerak.Doimo harakatda va ialanishda bo`lishi lozim. Mening pedagogik dunyoqarashim... Men zamon talabi bilan hamnafas fikr yurituvchi yosh avlodni chin insoniy fazilatlarni o`zida mujassam etgan inson sifatida tarbiyalashga ahd qilgan insonni haqiqiy pedagog deb bilaman.Chinakam pedagog doimo izlanishda bo`lishi kerak. Tasviriy san`at o`quv fani madaniyatimizning tarkibiy qismlaridan biri sifatida o`quvchilariga badiy- estetik didning uyg`un rivojlanishiga hizmat qiladi va o`quvchi shahsi uchun muhim bo`lgan ijodiy qobilyatni shakllantiradi . O`quvchilar tevarak atrofni, borliqni kuzatib, uni ongli idrok etsagina, ularning estetik his tuygu`lari shunchalik barqaror bo`ladi. O`rta maktab talimda tasviriy san`at fanining o`rni beqiyosdir.Prezidentimiz ta`kidlaganidek ”Dunyodagi jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo,tasviriy san`atning betakror jozibasi bilan singadi.Demak,o`quvchilarga o`tmish madaniyatiga ,ona zaminiga ,vatanparvarlik,insonparvarlik g`oyalari avvalo, tasviriy san`atni o`qitish jarayonida amalga oshiriladi.Bugungi kun pedagogi darslarda manzularni rasmlar, video lavhalar, kompyuterlar orqali yoritib berishga harakat qilishi lozim.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
AKTdan dars jarayonida shuning uchun foydalanaman... Mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimi islohi ko`p jihatdan o`qituvchi faoliyatiga,uning kasbiy nufuzini oshirishga bog`liq. Pedagogik mahorat,o`qituvchiga o`quv faoliyatiga ham,o`qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo`lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidir.Yosh avlodga to`g`ri ta`lim-tarbiya berish vazifasini malakali pedagogik mahorat hamda nutq madaniyatiga ega bo`lgan o`qituvchi kadrlar to`laqonli amalga oshirishi mumkin. O`quvchining yetuk kasb egasi sifatida shakllanishida uning shaxsiy sifatlari muhim ahamiyatga ega.Shaxsiy sifatlar individning oila va uzluksiz ta`lim tizimida,asosan,adabiy ta`lim orqali oladigan tarbiyasi jarayonida rivojlantiriladi. XXI asr axborot texnologiyalari asri.O`qituvchi turli yangiliklardan,internet,Ziyonet ta`lim portali,uzedu.uz,kitob.uz saytlari orqali tanishib borishi lozim. Ma`lumki,pedagogik texnologiya o`quvchini mustaqil o`qishga ,bilim olishga qiziqtirish,fikrlashga o`rgatishga xizmat qiluvchi jarayondir.Axborot kommunikatsiya texnologiyaning darsda qo`llanilishi zamon talabi hisoblanadi.Darsda AKTdan foydalanganda o`quvchi faol bo`ladi,o`quvchining zerikishga vaqti bo`lmaydi.Til va adabiyot metodikasida yangi texnologiyalarni qo`llash va interfaol usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
AKTdan dars jarayonida shuning uchun foydalanaman: -Ta`lim sifatining samaradorligini oshiradi; -O`quvchilarning mavzuni o`zlashtirishi osonlashadi; -O`quvchilarning diqqat-e`tiborini jalb qiladi; -XXI asr texnologiyalar asri.
Download 21,1 Kb.




Download 21,1 Kb.