Maktab musiqa ta’limida Xorazm musiqa folklor na’munalarini o’rganish uslublari




Download 1,71 Mb.
bet7/10
Sana14.05.2024
Hajmi1,71 Mb.
#231206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mahalliy-uslublarga-xos-musiqa-folklori-vositasida-o-quvchi-yoshlarni-estetik-tarbiyalash-xorazm-musiqa-folklori-misolida

2.2. Maktab musiqa ta’limida Xorazm musiqa folklor na’munalarini o’rganish uslublari.
Biz mazkur tadqiqotimizni olib borish jarayonida o’z kuzatuvlarimiz natijasida shunga ishonch hosil qildikki, maktab musiqa darslarining asosiy uch faoliyatida Xorazm musiqa folklor namunalariga o’rin ajratish o’quvchilarni darsda faolligi, qiziqishlarini oshirishga samartali ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilar ma’lum bir folklor namunasini o’qituvchi ijrosida yoki kompyuter, magnitafon orqali tinglaydilar. Bunda o’quvchilarga qo’shiqning o’ziga xos jozibali Xorazm qo’shiq, yalla, raqslariga xos usuli o’ziga xos emotsional taassurotni hosil qiladi. Shundan so’ng o’qituvchi kerakli manbalarga tayangan holda qo’shiq mazmuni, mohiyati, qanday holatlarda kimlar tomonidan va raqs jo’rligi (yoki jo’rsiz) ijro etilishi haqida muxtasar ma’lumotlarni ixcham,lo’nda va tushunarli holda bayon qiladi.
Shundan qo’shiqni bevosita o’rgatish ustida ish olib boriladi.Bu jarayonda o’quvchining yallachilik, laparchilik uslublaridan yaxshi habardor bo’lishi muhim ro’l o’ynaydi. O’quvchilarning esa qo’shiqning har bir so’zi, aytilish ohangi, hattoki shevasini diqqat bilan eshitish hamda emotsional ko’tarinkilik bilan uni o’rganishga kirishishlari zarur bo’ladi.
Umumta’lim maktablari musiqa darslarida Xorazm folklorini boshlang’ich sinflar va yuqori sinflarda o’rganishning xilma-xil uslublari mavjud. Musiqa o’qituvchisining har bir namunani ohangi, rimi, shakl-mazmunidan kelib chiqib dars davomida yangi-yangi va o’ziga xos tarzda, aynan o’rganilayotgan asar xarakteriga mos tarzda o’zining uslublaridab o’rinli foydalanib mashg’ulotlarni olib borishi darsni samarali kechishini ta’minlaydi. O’quvchi-yoshlarni Xorazm folklor namunalari orqali badiiy-estetik tarbiyalashda asosan tanlab olingan qo’shiqlarda mahalliy uslubga xos xalqona ruh mavjud bo’lib, bu narsa o’quvchilarni xalqimizning milliy musiqa san’ati nihoyatda xilma-xil turli ijrochilik uslublari bilan yaqindan tanishib borishlarini ta’minlaydi. O’rganilayotgan qo’shiqning g’oyaviy-badiiy mazmuni, ijrochilik uslubi, nihoyatda xalqchil milliy bezaklarga boyligi, cholg’u sozlarining qo’llanishi o’quvchilarda qo’shiqni to’g’ri idrok etish, qiziqish bilan tinglash, taqlid qilib o’rganish ijro etish, shu bilan bir qatorda asarlarning badiiy saviyasiga baho berish ko’nikmalarini shakllanishiga imkon yaratadi.
Musiqa darslarining jamoa bo’lib kuylash, musiqa tinglash faoliyatlarida xususan Xorazm folklor namunalari bilan ishlashning tashkiliy uslubiy asoslariga qisqacha bo’lsada to’xtalib o’tamiz.
O’qituvchi darsning jamoa bo’lib qo’shiq kuylash qismida namunani o’rganish va ijro etish oldidan quyidagicha ish tutishi bir muncha qulay va samaralidir. Xususan, namunani plakatda yozib tayyorlangan ko’rinishini, albatta nota yozuvi bilan hamma uchun ko’rinarli joyda (doskada) aks ettiradi. Qo’shiq texnika vositasi orqali tinglanadi. Shundan so’ng o’qituvchining qo’shiq haqida qisqacha mahalliy suhbati bo’ladi. Bu o’rinda qo’shiqning folklor janriga, xususan Xorazm musiqa uslubiga xosligi, lapar,qo’shiq, yallaga xos tarzda kuylanishi, matnning adabiy-badiiy mazmuni, raqs jo’rligida aytilishi, unda qanday sozlar qo’llanishi, qanday tempda ijro etilishi haqida so’zlab beradi. (Nota yozuvi- № 1)

Gul o’glona gul o’glon,
Gul qadrini bil o’g’lon.
Gul qadrini bilmasang gar (ay)
Chamanda bulbul o’g’lon
Naqorat
Oramijon nigorim,sarvi ravon nigorim
Na qoldi manda toqat, na qilsang ixtiyoring.
Dog’lara qor tushibdi,
Ko’nglima yor tushibdi
Yora bichilgan ko’ylak
Yoqasi dor tushibdi.
Naqorat

Bir ko’rsatib o’zingni


Qo’yding mani balog’a
Na gunoyim bor adi
Chakding o’zing panog’a
Naqorat

Bu tahliliy suhbat o’quvchilar tomonidan o’quvchilar tomonidan ijro etiladigan asarlarni hayojon bilan qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi ushbu qarashlar birlamchi tavsifga ega bo’lsada ammo o’qituvchining jonli va mohirona ijrochiligi yoshlarda milliy musiqaga bo’lgan talab istaklarni yanada orttiradi. Masalan: boshlang’ich sinflarning bo’g’inlarida o’qituvchi tomonidan mohirona ijro etilgan (Gul o’g’lon) namunasi, shuningdek uni yuqori saviyada tahlil etish orqali o’quvchilarning ongiga yetkaza bilish oldimizga qo’yilgan maqsadni zabtb etish bilan barobardir. Jumladan asarni amaliy jihatdan mohirona ijrosidan so’ng undagi ,,xona” va ,,bozg’oy” kuy tuzilmalarining o’rni ularni ijro davomidagi rivojlanishi to’g’risidagi tushunchalar bolalarda katta qiziqish uyg’otadi. Xususan, ,,xona” (forscha, tojikcha- uy) nisbatan tugal kuy tuzlimasi bo’lib, kuy sadolanishi davomida bir qator muhim vazifalarni bajarishi, ijro davomida ,,bozgo’y” kuy tuzilmasi bilan navbatma-navbat almashinib turishi, ularda har gal rivojlanish alomatlari bo’lgan o’zgarishlar yuzaga kelishi, ,,xona” ning ,,peshrav” (forscha-tojikcha, oldinga intiluvchi) shakliga kirishi ,,bozgo’y”ni kuy harakati davomida o’z qiyofasini o’zgartirmasligi va asarni ,,bozgo’y” bilan tugallanishi kabi tushunchalar tahlillar o’quvchilarni musiqaga bo’lgan qiziqish va munosabatini tubdan o’zgartiradi. Demak, o’qituvchi milliy tafakkurni shakllantirishda mohirona ijrochi bo’lishi bilan birga musiqaning nazariy qirralarini mukammal bilishi lozim. Albatta, bu qarashlarning aksi esa yosh o’smirni teskari yo’nalishga og’ib ketishiga imkon yaratadi. Masalan: maktab o’quvchilarining har qanday bo’g’inda, yevropa musiqiy lad jabhasini tadbiq etsak o’z-o’zidan o’quvchilar shu yo’nalish bo’yicha tarbiyalana boshlaydilar. Jumladan, yevropa musiqasidagi ko’p ovozlik, ularni asosan konsonans akkordlarga tayanishi, asosiy ovozning silliq harakat qilmasligi, jo’rnavoz asboblarining turli akkorlarning ijro etish to’g’risidagi tushunchalar, shuningdek jonli ijro orqali namunalarni tinglash kabilar yoshlarni teskari yo’nalishga boshqaradi. Natijada, o’zbek yigit-qizlari milliylikdan uzoq parda-ohanglarda qo’shiqlar kuylab milliy o’zligidan uzoqlashishi aniq.


Xususan, milliy musiqiy namunalarni tinglash va ularni tahlil qilishning o’ziga xos bo’lgan uslublari mavjudki, bular quyidagilarni o’zida qamrab oladi:

  1. Ushbu jabhaga darsning 10-15 daqiqa vaqti ajratiladi;

  2. Sinfdagi umumiy vaziyat tinch va osoyishta, ammo tantanovorholatda bo’lishi;

  3. Boshlang’ich sinflardagi o’quvchilarning diqqati tez charchab qolishlarini inobatga olib, o’quvchilar tomonidan quyidagilarga e’tibor berib borishlarini ta’kidlash;

  1. Dinamikaning rivojlanib borishi.

  2. Kuyning ohangini neslab qolish.

  3. Ijro davomida qanday musiqa asboblari jo’rnavozlik qilmoqda va hakozo. (agar musiqa gramyozuv yoki magnitofon orqali eshittiralayotgan bo’lsa).

Umuman jamoa bo’lib kuylash jarayonida milliy musiqiy ta’lim ko’p qirrali holatlarda namoyon bo’lsada, ammo birgina ushbu qismda oldimizga qo’yilgan maqsadga erishishimiz ancha mushkuldir. Shu bois, musiqa darslarining har bir qismida milliy musiqiy ta’limning mavjud unsurlaridan foydalanishni oldimizga maqsad qilib qo’ymog’imiz lozim.
Musiqa tinglash jarayonida Xorazm folklor qo’shiqlarini tinglash, tahlil qilish va o’rganish borasida quyidagicha ish tutish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’z-o’zidan ayonki musiqa darslari san’at darslaridir. Bu darslarda o’quvchilar faqat qo’shiq o’rganish yoki nazariy bilimlarni egallash bilan cheklanmasdan turli janrlar, mavzulardagi milliy, qardosh va chet el musiqalari bilan yaqindan tanishib borishadi. Albatta, bu o’rinda milliy musiqa namunalariga asosiy o’rin beriladi. Bolalarda turli mavzu, xarakter, janrdagi qo’shiq yoki kuylarni eshititsh, tahlil qilish, o’rganishda amaliy ijroga nisbatan uni tushunish, idrok qilishlari ahamiyatli va bir muncha yengilroqdir. Musiqa asarlarini jonli ijroda yoki texnik vosita tinglash, asarning yaratilishi (xalq og’zaki ijodi yoki bastakor ijodiga mansubligi), ijro etilish holati, uslubi, lad-parda tuzilishi, kimlar tomonidan ijro etilishi haqida jonli hikoya darsni mazmunli, hayajonli, qiziqarli o’tishini ta’minlaydi. Albatta, har bir tinglanayotgan, o’rganilayotgan asar muayyan darajada tarbiyaviy ta’sirchanlik kasb etishi lozim. Ikkinchidan namuna o’quvchilarda musiqa darslari ya’ni, musiqa san’atiga qiziqish va havas uyg’otishi lozim. Pala-partish ijro etilgan asarlar bolalrda musiqaga yoshlikdan beparvolik xissini uyg’otadi va aksicha yaxshi ijro etilgan asar, to’g’ri qilingan tahlil va o’quvchining asar, uning mualliflari, mohir ijrochilari, cholg’ular jo’rnavozligi haqida mazmunli hikoyasi ularda yaxshi taassurot qoldiradi. Natijada, shu musiqa asariga o’quvchilarda iliq kayfiyatni hosil qiladi. Ayniqsa, u o’quvchi tomonidan milliy tafakkurni shakllantirish tamoyili asosida amalga oshirilsa o’quvchilarda milliy musiqamizga munosabat, qiziqish ha ehtiyojlarini qondirishda kuchli tarbiyaviy vosita bo’lib qoladi.
O’qituvchi qo’shiqni jamoa bo’lib kuylashga o’rgatishda agar u boshlang’ich sinflarda bo’lsa qo’liga tayoqcha bilan kuy yo’nalishini drijorlik ishoralari singari ko’rsatib borishi. Agar qo’shiwda raqs jo’rligi bo’ladigan bo’lsa raqs elementlarini o’z hatti-harakatlarida ko’rsatib berishi lozim.
Jamoaviy tarzda qo’shiq kuylashning yana bir turi solfedjiolashdir. 4, 5- sinf o’quvchilarida notaga qarab, varaqdan kuylash malakalari ancha shakllangan bo’lishini hisobga olsak, namunani o’rganishda uning nota yozuvini solfedjio uslubida kuylash va shundan so’nggina so’zi bilan o’qituvchi ishorasiga tayanib kuylash ma’quldir. Bolalar bu jarayonda musiqiy o’quv bilan musiqiy nutqning balandlik, lad-tuzilishi va ijro ritmik xususiyatlarini tsuhungan holda kuylab, ularda ashulachilik malakalari sezilarli darajada rivojlana boradi.
Folklor namunalarini milliy cholg’u sozlaridan foydalangan holda, xususan doira usuli vositasida kuylash ritmik harakatlar va raqs elementlarini bajarishda muhim o’rin tutadi. Zero qo’shiq o’rganishda har bir o’quvchini alohida kuzatib borish, ansambllikning ritm, dinamika, melodik, talaffuz (diksiya) kabi turlariga e’tibor berib borish lozim bo’ladi. Mazkur fikrlarimizni ilmiy jihatdan asoslash uchun quyidagi namunalarni 5,6-sinf o’quvchilariga o’rganish uslubini izohlaymiz.
№ 2.


Xorazm xalq musiqa folkoriga mansub ushbu namuna bolalar musiqiy didiga juda yaqin bo’lib, bu uni o’rganishda qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. O’rgatish jarayonida qo’shiqning sho’xchan, o’yinga mos yengil ohangi, ritmi, shakli, matn so’zlarini Xorazmcha shevada talaffuz qilish, qo’shiqdagi ovoz yo’nalishlari, musiqa bilan ohangning mushtarakligi kabilar maxsus mashqlar orqali amalga oshiriladi. Zero, bunday mashqlarsiz o’quvchilarning darhol qo’shiqni talab darajasida o’rganishlari va kuylashlari qiyin kechadi.
Jumladan, murakkab usullar toifasiga kiruvchi 6/8 o’lchovida notaga olingan № 3. Nota yozuvi keltiriladi. Qo’shiqni o’rganishda o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish, uning ritmik yo’nalishini turli uslublar orqali ularning ongiga singdirish asosiy vazifa hisoblanadi. Asarning ohangi xotirada yaxshi o’rnashib olganidan so’ng, uning har bir shaklini 1,2,3 va 1,2,3 tarzida sanalish amaliy tarzda ko’rsatib beriladi va birgalikda bir necha bor takrorlanadi. Shuningdek, qo’shiq so’zlaridagi bo’g’inlarni nota (cho’zim) xissasiga aynan mos kelishi, ammo ularning ayrim cho’zimlaridagi farqlar ko’rsatib beriladi. Shuningdek, qo’shiqning yoki namunaning shakl qo’shiqning asosiy ritmik negizini tashkil qilish ham alohida tushuntiriladi. Bu o’rinda ritmik ko’rinishni chapak va qulay o’rta parda hisoblangan ,,lya” tovushi orqali mashq qilib kuylash maqsadga muvofiqdir.
№ 3.

Musiqa tinglash faoliyatida Xorazm musiqa folkloriga mansub namunani o’quvchilar estetik olami va ma’naviy ongiga singdirish ham katta ahamiyatga ega. Bu o’rinda musiqa o’qituvchisining ijrochilik va kasbiy malakaviy tayyorgarligi asosiy o’rinn tutadi. O’qituvchi tinglanadigan namunani nota yozuvini ko’rinarli joyga osib qo’yadi. Oldingi namunaning videosi kompyuter, magnitafonda eshittirish uchun ovozli yozuv tayyorlab qo’yiladi. Qo’shiq nomi e’lon qilinadi va texnik vosita orqali video tasviri yoki musiqaning o’zi eshittiriladi. Shundan so’ng namunaning xalq og’zaki ijodiga yoki muayyan bastakor ijodiga mansubligi, matn muallifi haqida qisqa va mazmunli suhbat-hikoya qilinadi. Qo’shiqning mashhur ijrochilari haqida ham to’xtalib o’tilsa yanada yaxshi bo’ladi. So’ngra qo’shiqning xarakteri qaysi ladda yozilganligi, o’lchovi, tempi, dinamikasi, kuylashda qanday milliy bezaklardan foydalanganligi, asarda uchraydigan murakkabliklar, qaysi milliy cholg’ular jo’rligidan foyfdalanilganligi haqida muxtasar, asosli tushunchalar beriladi. Shu bois ham musiqa darsi kompleks dars turiga kiradiki, buni unutmaslik kerak. Bu tajriba sinov ishlarimizda №3, №4, №5 qo’shiqlarni shu tartibda o’rgatdik.
Umuman Xorazm xalq folklor namunalarini umumta’lim maktablari ,,musiqa madaniyati darslariga metodik jihatdan oqilona tadbig’i milliy musiqiy ta’limning asosiy mezonini belgilaydi.

Download 1,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab musiqa ta’limida Xorazm musiqa folklor na’munalarini o’rganish uslublari

Download 1,71 Mb.