|
O’zbekistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari
|
bet | 2/4 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #156334 |
Bog'liq 4-MAVZU IQTISODIYOTDA TOVAR VA PUL 5. O’zbekistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari. - «Milliy valyuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir.
- Respublikamiz o’z mustaqilligini e’lon qilgan bo’lsada, dastlabki yillarda sobiq Ittifoq pul birligi – rubl hududida amal qilish ob’ektiv zarurat sifatida tan olindi.
- O’zbekistonni o’z milliy valyutasining muomalaga kiritish zarurligi 1993 yilda dastlab Rossiyaning, keyinchalik MDH boshqa qator mamlakatlarining o’z milliy valyutasini muomalaga kiritishi bilan yanada kuchaydi.
- O’zbekistonning o’z milliy valyutasini muomalaga kiritish ikki bosqichda amalga oshirildi:
- Birinchi bosqich 1993 yilning noyabr oyidan 1994 yilning iyunigacha bo’lgan davrni,
- Ikkinchi bosqich esa 1994 yilning iyun-iyul oylarini o’z ichiga oldi.
Muomaladagi eski pul birliklarining amal qilishini to’xtatish bosqichlari: - -1993 yilning 15 noyabridan boshlab 1992 yil namunasidagi 5000 va 10000 rubl qiymatdagi pul belgilarining amal qilishi to’xtatildi;
- - 1993 yilning 1 dekabridan boshlab SSSR Davlat bankining 1961-1992 yillardagi 200, 500 va 1000 rubl qiymatidagi pullarining barcha ko’rinishdagi to’lovlar sifatida qabul qilinishi to’xtatildi;
- - 1993 yilning 15 dekabridan boshlab 50 , 100 rubl qiymatdagi pul belgilarining amal qilishi to’xtatildi;
- - 1994 yilning 1 yanvaridan boshlab 1, 3, 5, 10 va 25 rubl qiymatdagi pul belgilari muomaladan chiqarildi;
- - 1994 yilning 15 aprelidan boshlab O’zbekistonning barcha hududida Rossiya Banki banknotlarini muomalada bo’lishi to’xtatildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi hududida «so’m-kupon»ning muomalada bo’lish tartibini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorida 1993 yilning 6 dekabridan boshlab 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so’m qiymatidagi «so’m-kuponlar» mamlakatimiz hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida tan olindi . - «So’m-kupon»ning muomalaga kiritilishi quyidagilarga imkon yaratdi:
- birinchidan, milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini optimallashtirish uchun respublika ichki iqtisodiyotidagi barcha real omillarni to’la aniqlash va hisobga olish;
- ikkinchidan, mustaqil moliya-kredit va narx siyosatini yuritish bo’yicha muayyan tajriba orttirish;
- uchinchidan, milliy pul birligini joriy etish strategiyasi va mexanizmini o’rganish, inflyatsiya jarayoniga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish, o’zaro hisob-kitoblar mexanizmini yo’lga qo’yish va hokazo.
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning 111-moddasiga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-XII-sonli qaroriga muvofiq, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta – «so’m» muomalaga kiritildi.
|
| |