|
4-mavzu. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv reja
|
bet | 1/2 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 25,65 Kb. | | #273804 |
Bog'liq 4-ma\'ruza
4-MAVZU. BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIGA KOMPETENSION YONDASHUV
Reja:
1.Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darsi mavzulariga qo‘yilgan talablar.
2. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limi tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlari va mazmuni.
3. Barcha materiallarni o‘rganishdagi uzviylik va uzluksizlik.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Boshlang`ich sinfda texnologiya darsi, texnologiya kursining tuzilishi, o`ziga xos xususiyatlari, mazmuni, mavzulararo uzviylik va uzluksizlik, ko`rgazmalilik, nazariy bilim,texnologiya darsida kompetension yondashuv
Boshlang`ich sinfda o’tiladigan har bir texnologiya darsi ta’limiy va tarbiyaviy xarakterga egadir. Ta’lim jarayoni o’z navbatida o’quvchilarga axloqiy, ma’naviy, g`oyaviy-siyosiy, texnologiya, estetik, iqtisodiy, ekologik va jismoniy tarbiyani ham berib boradi. Tajribalardan ma’lumki, pedagogik talablar asosida tashkil topgan har qanday yaxshi dars o’quvchilarni mazmunli va samarali bilimga ega bo’lishlarini, e’tiqod va amaliy harakatlar birikmasi sifatida esa vatanparvarlik g`oyalarini, ularning hayotiy nuqtayi nazarini, ishiga cheksiz sadoqatini shakllantiradi. Pedagogik talablar asosida o’qitiladigan texnologiya darslarining ahamiyati yana shundaki, dars davomida o’quvchilarda puxta bilim hosil bo’ladi, texnologiyaga ijobiy munosabat tarbiyalanadi va ularga texnologiya ko’nikmalari hamda malakalari singdiriladi. O’quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, shakllangan malakalar va hosil bo’lgan ko’nikmamalar ularni moddiy ishlab chiqarish sohasidagi amaliy faoliyatga va kasbni ongli tanlashga tayyorlaydi. Texnologiya darsining xususiyatli tomonlaridan biri shundaki, o’qitish vazifasi faqat uyg’un birlikdan tashkil topgan ta’limni emas, balki mazkur sinfni, umuman har bir o’quvchining alohida xususiyatlarini nazarda tutuvchi eng yuqori aniqlilik ham bo’lishi kerak. Ma’lumki, boshlang`ich sinfda ta’lim oluvchi o’quvchilar yosh xususiyati, idrok etish qobiliyati, xotiralashi, texnologiya sohasida tayyorgarliklari, tengdoshlari bilan munosabati, qiziqishlarining har xilligi, xatti-harakatidagi madaniyat shakllari, tartib-intizomiga ko’ra bir-birlaridan farqlanadilar. Shu bois, har bir dars tuzilishi o’quv materialining maqsadi va mazmuni, o’quv faoliyatining tashkil etilishiga qarab aniqlanadi. Zamonaviy texnologiya darslari mazmuni, o’quv faoliyatini tashkil etish usul va shakllari qanday talablarga javob berishi kerak?
Bu borada ta’kidlash joiz, texnologiya darslari mazmuniga qo’yiladigan eng muhim talab - o`quvchilar faolligini oshirish maqsadiga qaratilgan bo’lishi kerak. Talabning bunday qo’yilishi o’quv jarayoni davomida o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Bu o’z navbatida, o’quvchilarda kundalik xatti-harakatning asosi sifatida keng dunyoqarash va axloq asoslarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligidan dalolat beradi. Texnologiya dars mazmunining ilmiy asosda bo’lishi eng muhim talablardan hisoblanadi. Zamonaviy boshlang`ich sinf texnologiya ta’limi boshqa predmetlar ta’limi singari o’quvchilarni nafaqat nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish va bunday bilimlardan faqat hodisalar o’rtasidagi mavjud aloqalarni tushuntirishda doimo foydalanib qolishgina emas, balki texnologiya turlari bo’yicha puxta bilim berib o’quvchilarda texnologiya qilish malakalarini shakllantirib borish xarakterli bo’lib borshi kerak. Texnologiya darsi mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan biri - darsning hayot, o’quvchilarning shaxsiy tajribasi, texnologiya bilan chambarchas aloqador bo’lmog`idir. Ilg’or o’qituvchilar o’quvchilarga nazariy materialni o’rgatishda ularning shaxsiy tajribasi va kuzatishlari bilan uzviy bog`lab dars o’tadilar. Berilyotgan yangi ma’lumot va shu ma’lumot bilan bog’liq boshqa materiallar aloqalari o’quvchilarning boshlang`ich tasavvurlar tiziniga mantiqan qo’shiladi. Bu usul pedagogika va psixologiya ta’limi talabiga ko’ra, predmet nazariyasini ongli o’zlashtirish shart ekanligini bildiradi. Mehat darslarida o’rgatiladigan o`quv materialining o’quvchilarga tushunarliligi va ularga nisbatan ko’nikma va malaka hosil qilinishi dars mazmunining asosiy yutug`idir. Amaliyotlarda buning aksi ham tez-tez ko’zga tashlanib qoladi. O’qituvchining o’quv materialini tushunarsiz tarzda bayon etishi, aniq misollarda tushuntira olmasligi natijasida o’quvchilarni mexanik xotirlab qolishga, qiziqishining pasayishiga, ularning umumiy rivojlanishining sustlashuviga olib keladi. Ma’lunki, o’quvchining o’quv faoliyati undan faol fikr yuritib ishlashni talab qiladigan etib tashkil etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Texnologiya ta’limida ham shunday yo’l tutulishi zarur.
Zero, bunday ta’lim o’quvchining texnologiya haqida, texnologiyaga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga oid aqliy qobiliyatlarini har kuni mashq qildiradigan, texnologiya bilan muntazam shug’ullanib turish jarayoniga aylanadi. Texnologiya bolalarni mantiqiy fikrlarning xilma-xil shakllari, xulosalar va isbotlar bilan ta’minlab turadi. Texnologiyani to’g’ri anglatish aqlan faol faoliyatga asoslangan har ishdan bolalar katta qoniqish hissiyotga ega bo’lishlariga olib keladi, albatta. Ular texnologiyalari evaziga o’zlari yaratgan «kashfiyot»lardan quvonadilar va faxrlanadilar, o’zlarining ijodiy tashabbus va fantaziyasini namoyon qilishga harakat qiladilar. Bundan zamonaviy darsga qo’yiladigan muhim talab o’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishdir degan xulosa kelib chiqadi. Pedagogika o’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini quyidagi usullar vositasida faollashtirisni nazarda tutadi:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda har bir o’quvchining iloji boricha mustaqil ishlash hissasini maksimal ta’minlash;
2. Bu maqsadda o’qitishning alohida va umumiy shakllarini biriktirish usullari bilan birga maxsus didaktik tarqatma materiallardan foydalanish;
3. Faoliyat turlarining o’rganilayotgan material bilan to’g`ri munosabatini ta’minlash;
4. Dastur materiallari asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o’ziga xos konkurslar o’tkazish.
Bu usullarni texnologiya darslari jarayonida ham tatbiq qilish maqsadga muvofiq. Bolalar darslar davomida texnologiya va politexnik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lsin. Xilma-xil amaliy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va odatda ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo’lgan predmetlar yasashni o’rganib borsinlar. O’qituvchining asosiy vazifasi o’quv yili davomida darslar mazmuni, o’quvchilarga tushuntirish shakl va usullari, amaliy ishlarni bajarish yo’llarini aniq reja asosida ishlab chiqishidir. O’qituvchi ish rejasida bo’lishi kerak:
bolalarning predmetlarni yasash va bolalar kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan ishlarni bajarish; - jamoa birligini, sinfdagi tartib va tozalikni yo’lga qo’yish; - tabiatdagi mashg’ulotlar, matematika, ona tili darslaridagi o’quv ishlari; - bayramlar o’tkazish, bolalarning texnik ijodiy konstruksiyalash, qo’l texnologiyasining har xil turlariga bo’lgan qiziqishlarini qondirish va rivojlantirishda egallagan bilim, ko’nikma, malakalarini kengaytirish va takomillashtirishni izchil biriktirishni ta’minlasin. O`qituvchi har qanday, hatto eng oddiy predmetni yasash jarayonida ham o’quvchilarga qiyin va politexnik bilim hamda ko’nikmalarning butun bir majmuasini berishni nazarda tutishi lozim. I. Detallarni belgilab olish va tayyor qilishga kirishishdan oldin bolalarga narsalarni yasash yoki biror ishni bajarish bo’yicha o’z texnologiya faoliyatlarini oldindan rejalashtirishni o’rgatish va singdirish lozim.
Bu:
a) darsda hal etilishi lozim bo’lgan vazifani va uning ahamiyatini yaxshi tushunish; b) ishning xarakterini, mahsulot konstrukstiyasini-qism yoki detallar sonini, ularni mahsulotga biriktirish usullarini, kerakli materiallar, o’lchamlar, shakl, mahsulot va detallar proporsiyasini aniq tasavvur qilish;
v) detallarni yasash va ularga ishlov berish usullari; o’lchash va hisoblash, materialda razmetka qilish tartibi, ishlov berish, detallarni yig`ish, yakuniy bezak berish va ishni umumiy baholash tartibini aniqlash;
g) texnologiyani qanday tashkil etishni, ish joyini tayyorlashni, ishni kichik jamoa o’rtasida taqsimlashni aniqlash demakdir. Oldindan rejalashtirish bosqichi texnologiya jarayonida bolalarning bilish faolliklarini rivojlantirish, ularning aqliy ko’nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish manbayiga aylanishi uchun juda muhimdir. Oldindan rejalashtirish texnologiya ta’limi dasturuning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
II. Texnologiya darslarida bolalar detallarni belgilab olish bo’yicha tayyor qilish, namuna, chizma, berilgan texnik shart va o’lchamlar asosida to’gri hamda aniqligini tekshirishni, detallarni bir biri bilan va mustahkamlash usuli turlicha bo’lgan mahsulotda biriktirishni, tayyor mahsulotni bezashni mustaqil bajaradilar.
III. Texnologiya faoliyatining barcha bosqichlarida ham bolalar oldiga ijodiy, hatto eng oddiy bo’lsa-da, xarakterli topshiriqlar qo’yilishiga alohida e’tibor berish zarur. Ba’zi hollarda bu mavjud tajriba, bilim, ko’nikmalarni yangi sharoitlarda qo’llashni talab qiluvchi topshiriq bo’lishi mumkin. Boshqa hollarda esa, bolalarga ular uchun yangi, ilgarigi tajribalarida uchramagan topshiriq, ya’ni predmet ayrim elementlarining yechimini topishni talab etuvchi topshiriq beriladi. Bolalarga oddiy konstrukstiyaga ega bo’lgan predmetlarning texnik shartlarini tuzishni, o’lchamlarini aniqlashni, chizma yoki belgilab olingan(razmetkas)ini bajarishni ham topshiriq qilib bersa bo’ladi.
IV. O`quvchilar:
-ish joyini to’g`ri tayyorlashlari va ish vaqtida uni tartibli saqlashlari; asboblar,
- to’g`ri ish qomatini egallab, uni ish davomida saqlashlari;
- detallarni tayyorlash va mustahkamlashda ishlatiladigan materiallardan turli, tartibli, ehtiyotkorlik bilan foydalanish usullarini egallashlari;
- materiallarni tejamkorlik bilan sarflab, shaxsiy gigiyena hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
V. Texnologiya darslarida bajarilgan har bir ish va predmetdan bolalarning politexnik bilim doiralarini kengaytirishda foydalanish zarur. Bu:
- bolalarni umumta’lim predmetlari darslarida egallagan bilim va ko’nikmalarini texnologiya jarayonida qo’llashga o’rgatish;
- turli materiallarning xususiyatlari, ularning kelib chiqishi, nimalarga mo’ljallanganligi hayotda qo’llanishi haqidagi bilimlarni egallashlariga yordam berish;
- oddiy asboblarning ish prinsiplari bilan tanishtirish;
- texnologiyada egallangan bilim, ko’nikmalarni umumta’lim predmetlari darslarida qo’llashga o’rgatish demakdir. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining texnologiya darslarida bajaradigan ishlarning to’g’ri, sifatli va mazmunli bo’lishi ko’p jihatdan ular tomonidan egallangan nazariy bilimlar natijalariga bog’liq. Nazariy bilimi yaxshi bo’lgan o`quvchilar amaliy masalalarni hal etish uchun muhim bo`lgan turli materiallarning xususiyati va sifati (yumshoq-qattiq; yengil-og`ir; zich-g`ovak; mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), shuningdek, har bir materialning ishlov berishdagi qarshilik xususiyatlarini to`g`ri tushunb ishni sifatli va mazmunli bajaradi. Texnologiya darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi – ularning o`rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini avvalo, nazariy jihatdan tushunib olishi, ularni mustaqil aniqlash malakasiga ega bo’lishi, darsdan darsga yanada aniqroq va kengroq nazariy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Masalan, darsda o`qituvchi o`quvchilar qog`oz turlari va ularni bir-biridan farqlash haqida, qog`ozning ko`pgina vazifaga ega material ekanligini, qog’ozning umumiy xususiyatlari, qo`llanish va undan foydalanilishining cheksiz imkoniyatlarini ta’riflab, tushuntirib beradi. Amaliy ishlarda qog’ozdan foydalanish texnologiyalarini o’rgatadi. O`quvchilar shu tariqa qog’oz xususiyatlarini farqlash, boshqa materiallarga o`xshash xususiyatlarni izlash va topish, ularning aniq amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asta-sekin o`rganib boradilar. Bularning barchasi bolalarda buyumni konstruksiyalashtirish va uni to`g`ri bajara olish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Mеhnat darslarida o’quvchilarga nazariy bilim berishda buyum, material, ulardan foydalanish, tayorlash texnologiyalarini ko’rsatib izohlanishi amaliy ishlarni bajarishda yaxshi natija beradi. Bu buyum-narsani xuddi namunadagidеk yasash uchun namuna bo’ladi. Bolalar o’qituvchining nazariy ta’riflashini tinglaydi va amaliy ko’rsatib borishini sinchiklab qarab, buyumni yasash yo’llarini qunt bilan izlaydilar. Masalan, birinchi sinf mеhnat darslarida, odatda tayyorlanishi kеrak bo’lgan buyum-narsaning namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari uchun rеal, buyum-narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar unga qarab, mazkur buyum-narsa qanday qilinganligini, qanday qilib xuddi mana shunday qilinganligini, qanday qilib xuddi namunadagidek tayyorlash mumkinligi o’ylaydilar. Mеhnat mahsuloti muayyan buyum-narsalar tayyorlangandan kеyin u qanday bo’lishi, tayyor buyum holidagina еmas, balki qismlarga bo’lingan holda qanday qismlardan iboratligini, qanday birikkanligini ham, tasavvur еta olish malakasini tarkib toptirish muhimdir.
|
| |