|
Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv. Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 16,31 Kb. | | #102927 |
Bog'liq Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv
Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv. Reja
Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv.
Reja
1.Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darsi mavzulariga qo‘yilgan talablar.
2.Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta ’limi tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlari va mazmuni. 3.Barcha materiallami o ‘rganishdagi uzviylik va uzluksizlik
“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari
sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga
bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega
bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh,
kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks
etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini ѐrita olishi
zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga ѐndosh g‘oyalar yuzasidan so‘z
yuritiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga
psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. SHu sababli
kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda
mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar
bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni
bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil
rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga
egalik”ni anglatadi.Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida
bilim,malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil
yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini
nazarda tutadi. SHuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini
doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim
ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish,
ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo
etadi.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita
“qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy
bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka,
mahorat va iqtidorni namoѐn eta olish”ni ѐritishga xizmat qiladi.
|
| |